Allayarov A. I. O’rmonov H. B. O‘zbekistondagi ziyoratgoh obidalar



Download 7,76 Mb.
bet112/166
Sana25.01.2022
Hajmi7,76 Mb.
#409292
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   166
Bog'liq
O\'zbekistondagi ziyoratgoh obidalar (risola) o1 (2)

Sayid Olovuddin maqbarasi

Xorazmlik Safarzoda Bobojon o‘g‘lining Xorazm avliyolari haqidagi qo‘lyozmasida shunday deyiladi, “Bu kishi XIII asrda tug‘ilgan Xorazm o‘zbeklaridandur. U yigitlik chog‘ida maktab, madrasani tugatib, maktabdorlik qilgan va masjidlarning maktabxonasida bolalarni o‘qitadurgan mulla bo‘lgan Pahlavon Mahmudni ham maktabda o‘qitgan ustozi sanaladi”. Maqbaraning go‘rxonasida muqaddas hisoblangan ajoyib sirkor

dahma joylashgan, dahma juda chiroyli yashil ko‘k va oq rangli koshinlar bilan qoplangan. Bu koshinlardagi barcha naqsh gullari bo‘rtmaligi bilan odatdan tashqari bir go‘zallik kashf etadi. Bunday koshinlar Xivada yagona bo‘lib, uning tengdoshi va o‘xshashi Ko‘hna Urganchda Shayx Najmiddin Kubro, Samarqanddagi Shohi Zindadagi Qusam ibn Abbos qabrida uchraydi. Maqbarani shayx Sayid Olovuddinning shogirdi va muridi naqshbandiya mazhabining taniqli namoyandasi so‘fi Amir Kulol (1380 yilda vafot etgan va Shahrisbzda Amir Temur tomonidan dafn qilingan) qurdirgan.

Maqbara tuzilishi bir oz beo‘xshov. Undagi yirik kosali burchak muqarnasi, do‘ppisimon, sakkiz rahli gumbaz nihoyatda sodda ko‘rinishga ega. Lekin maqbara ana shu beqiyos dahma tufayli mashhur bo‘lib ketdi. Soddagina maqbara bilan rang-barang bezatilgan hashamatli dahma o‘rtasidagi tafovutning kattaligidan, dahma boshqa joydan keltirilgandek tuyuladi.

Dahma shakli monumental binoga o‘xshatib yasalgan. Asosi-zinali supa shaklida yasalgan, burchaklariga ustunchalar qilingan, dahmaning yuzasi sirkor sopol bilan qoplangan. Dahma devorlari ornamentli po‘ta bilan hoshiyalangan bo‘lib, o‘rtasida esa pannolar joylashgan. Dahma ustida ikkita sag‘anacha bor. Mayda o‘simliksimon gullar juda haqqoniy tasvir etilgan bo‘lib, shakli o‘sha davr uy-ro‘zg‘or asboblaridagi bezaklarga o‘xshab ketadi. Dahma koshinlarida ishlatilgan gullar, yirik shakl ichida mayda chiziqchalar hammasi birlikda shinam va jozibali ko‘rinish kasb etadi. Rang-barang jimjima ornamentlar fonida sag‘anachalarning kichik yuzlaridagi oppoq yozuvlar ajralib turadi.

Mashhur shayxlarning qabrlari ustidagi maqbaralar davr o‘tishi bilan ziyoratgohga aylanib qolgan. Xiva xoni Olloqulixon (1825-1842) unga e’tiqod bog‘lab, o‘z davrida uning maqbarasi ustida oliy imoratlar bino qilib anchagina vaqf eri ajratgan. 1825 yilda maqbara butunlay ta’mirlanib, ziyoratxonaning nuragan peshtoqining ravoqli qanotini bir oz qisqartirib qaytadan ishlangan. Ichkaridagi tokchalar berkitilgan, xona sahniga g‘isht terilib devorlar esa ganch suvoq qilingan. Devorda tush bilan yozilgan 14 misra she’r bor bo‘lib, undagi yozuvlardan ma’lum bo‘lishicha, bino ta’miri Olloqulixonning farmoni bilan Xubbiqulixo‘ja o‘g‘li Hamidxo‘ja boshchiligida bajarilgan ekan.123



1957 yilda I.Notkin va V.Bulatova tomonidan ilmiy jihatdan o‘rganilgan. Xiva shahrining 2500 yillik yubileyi arafasida maqbarada ta’mirlash ishlari o‘tkazildi.124


Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish