Аbdolbobo mаqbаrаsi. Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (XVIII—XIX asrlar). Ichan qalʼaning sharqiy darvozasi tashqarisida joylashgan. Аtrofida minora, masjid, hovuzdan iborat majmua barpo qilingan. Maqbara murabba tarxli bir xona (tashqi 5,7x5,4 m, ichki tomoni 3,4x3,4 m) dan iborat, gumbaz tomli. Gumbaz osti bagʼallari ikki qator muqarnaslar bilan bezatilgan. Peshtogʼi maqbara bilan tutashib ketgan. Uning tepasiga ikki qatorli gʼishtin sharafalar ishlangan. Masjid (17,2x8 m) chortoq targʼli, ikki ustunli, oʼng va ters ayvonli, shifti toʼsinli, minora (ost diametri 3,45 m, bal. 10 m)ning tepasi mezanali, tanasi yashil koshin belbogʼlar bilan bezatilgan. Chorsi hovuzning (14,6x13 m) cheti pogʼonali.127
Do'stlaringiz bilan baham: |