Abdulla avloniy asarlarida bola shaxsi shakllanishining ijtimoiy-pedagogik xususiyatlari


Abdulla Avloniy asarlarida ijtimoiy masalalarni ochiqlanganligini pedagogik ahamiyati



Download 62 Kb.
bet6/7
Sana04.06.2022
Hajmi62 Kb.
#636417
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abdulla avloniy asarlarida bola shaxsi shakllanishining ijtimoiy

2.2. Abdulla Avloniy asarlarida ijtimoiy masalalarni ochiqlanganligini pedagogik ahamiyati

Milliy oʼzlikni shakllantiradigan uchlik – oʼtmish, bugun va kelajak hamma davrlarda ham zamonning ziyolilari, xalqning kelajagi uchun qaygʼuradigan fidoyilarning diqqat markazida boʼlib kelgan. Аyni kunda ham bu haqiqatni yanada teran anglash, yangi rivojlanish bosqichida milliy boy tajribadan samarali foydalanish masalasiga davlat darajasida katta ahamiyat qaratilmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning: “Xususan, milliy oʼzligimizni anglash, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini oʼrganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama qoʼllab-quvvatlashimiz lozim. Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz-avliyolarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuygʼularini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratishimiz kerak”ligi haqidagi fikrlari buning yorqin isbotidir.


Uchinchi Renessansga erishish oʼz navbatida, yangi Renessans pedagogikasini yaratishni talab etadi. Bu esa, milliy Uygʼonish pedagogikasi atoqli vakillarining ilmiy-pedagogik, adabiy merosini chuqur oʼrganish, innovatsiya va tarixiy tajriba oʼrtasidagi vorisiylikni hisobga olishni taqozo etadi. Milliy Uygʼonish pedagogikasining asoschilaridan biri Аbdulla Аvloniydir.
Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlari bugungi kunda o‘zbek milliy maktabini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Abdulla Avloniy ijodiy merosini chuqur o‘rganishga qiziqish ortib bormoqda.
Abdulla Avloniy bolalar uchun ham bir qancha she’r va masallar yozgan. Shoir bu asarlarida maktab yoshidagi bolalarning fikr doirasini kengaytirish, ularda maktab va kitobga, mehnatga, tabiatga, Vatanga muhabbat uyg‘otishni maqsad qilib qo‘ygan. Uning ko‘pgina she’rlari zamirida Vatanni sevish g‘oyasi yotadi. Shoir bu she’rlarida Vatanni sodda va samimiy misralarda tasvirlaganki, faqat o‘sha 10-yillarning o‘rtalaridagina emas, balki bugungi maktab yoshidagi bolalar ham ulardan katta estetik zavq olishlari mumkin. Darhaqiqat, shoir Vatan ta’rifini boshlab, “Tog‘laridan konlar chiqar,
Yerlaridan donlar chiqar…
Havosi o‘ta yoqumlik,
Cho‘llari bor toshlik, qumlik,
Toshkand emas, toshqand erur,
Kesaklari gulqand erur”, deya bolalarda ona diyorga katta mehr uyg‘otishga erishadi.
Ma’rifatchilik va ijtimoiy mavzu Abdulla Avloniy she’riyatida markaziy o‘rin egallaydi. Shoir ilm-fanning fazilatlarini zavq bilan kuylaydi. “Maktab”, “maorif”, “ilm”, “fan” kabi tushunchalar shoir she’rlarida ezgulikning betimsol ramzi, obrazi darajasiga ko‘tariladi, “jaholat” va “nodonlik” esa zulmat va yovuzlik timsoli sifatida talqin qilinadi.
Abdulla Avloniyning “Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi Islom” asari ham mavjud. Ushbu asar boshlang‘ich maktablarning o‘quvchilariga mo‘ljallangan. Bu asar birinchi marta 1910-yilda Munavvarqori tomonidan Toshkentda Il’in bosmaxonasida bosilgan. Mustaqillik yillarida esa Zokirxon Afzalov SHokirxon o‘g‘li tomonidan 1994-yilda “Fan” nashriyotida chop etilgan. Risolada Odam alayhissalomdan Muhammad alayhissalomgacha o‘tgan payg‘ambarlarning qissalari va zuhuri islom zikr etilgan.
Islom tarixi fanida payg‘ambarlar tarixi, payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning hayotlari va Islom dini tarixi, shuningdek, ilk xalifalik davri tarixi uch bosqichda o‘rganiladi. Nasiruddin Rabg‘uziyning “Qissayi Rabg‘uziy”, Alisher Navoiyning “Tarixi anbiyo va hukamo” asarlari payg‘ambarlar tarixiga oid bo‘lsa, Alixonto‘ra Sog‘uniyning “Tarixi Muhammadiy”si ikkinchi va Rizouddin ibn Faxruddinning “Xulafoi roshidin” asari uchinchi davrni o‘z ichiga oladi. Abdulla Avloniy asari mana shu uch davrni mujassamlashtirgan. Adibning asosiy ko‘zlagan maqsadi millat kelajagi bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich sinfdanoq qisqacha bo‘lsada Islom tarixi bilan tanishtirish, diniy ma’rifatlarni oshirish, ularning qalblariga iymon nurini singdirish bo‘lgan. Abdulla Avloniyning bu asari tahsinga sazovordir.
U o‘zbek xalqi madaniyati, ma’rifati bilan bir qatorda qo‘shni afg‘on xalqi ijtimoiy-siyosiy hayotidа ham 1919-1920-yillarda muhim rol o‘ynagan. Sho‘ro hukumatining Afg‘onistondagi siyosiy vakili va konsuli vazifasini bajargan.
Abdulla Avloniy asarlar yozish bilan bir qatorda maktablar ochish, xalqni savodxon qilishi, o‘zbeк xotin-qizlarini o‘qitish, o‘qituvchilar va ziyoli kadrlar tayyorlash bilan shug‘ullanadi. U 1923-1924-yillarda eski shahardagi xotin-qizlar va yerlar maorif bilim yurtlari mudiri, 1924-1929-yillarda Toshkent harbiy maktabida o‘qituvchi, 1925-1934-yillarda O‘rta Osiyo Kommunistik universiteti, O‘rta Osiyo Qishloq xo‘jaligi maktabida, O‘rta Osiyo Davlat universitetida dars berdi. Pedagogika fakultetining til va adabiyot kafedrasi professori va mudiri bo‘lib ishladi.
U 1933-yilda o‘zbek maktablarining 7-sinfi uchun “Adabiyot xristomatiyasi” tuzib, nashr ettirdi. Abdulla Avloniy “Hijron”, “Nabil”, “Indamas”, “Shuhrat”, “Tang-riquli”, “Surayyo”, “Shapaloq”, “CHol”, “Ab”, “CHig‘aboy”, “Abdulhaq” taxalluslari bilan tanqidiy va ilmiy maqola, 4000 misradan ortiq she’r ijod qilgan.
Abdulla Avloniy 1927 yilda “Mehnat qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi. 1930-yilda unga “O‘zbekiston xalq maorifi zarbdori” faxriy unvoni berildi.
Hozirda mustaqil O‘zbekistonimizda Abdulla Avloniy nomida bir qator maktablar bor. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bolalar adabiyoti bo‘yicha uning nomida mukofot ta’sis etgan. Toshkent ko‘chalaridan biri, Respublika o‘qituvchilar malakasini oshirish markazi va mahallalardan biri uning nomida. Respublika o‘qituvchilar malakasini oshirish markazida Abdulla Avloniy muzeyi tashkil qilingan. Bularning barchasi pedagogika faniga o‘zining yuksak hizmatini qo‘shgan Abdulla Avloniyning ilmiy-ijodiy yo‘lini yanada abadiylashtirish va uni kelajak avlod uchun me’ros sifatida saqlash yo‘lidagi bunyodkor sa’y-harakatlarning yorqin na’munasi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Maʼlumki, jadidlarning asosiy maqsadini “Turkistonni faqat ilmu-maʼrifatgina ijtimoiy-madaniy, siyosiy-iqtisodiy tanglikdan xalos etadi”, – degan bosh gʼoya tashkil etgan. Аna shu sababli ular oʼz gʼoyalarini xalq ichida keng targʼib qilish maqsadida ona tilida taʼlim beradigan yangi usul maktablarini ochishgan, maktablar uchun darsliklar yozishgan, gazeta-jurnallar chop ettirishgan, teatr truppalarini tashkil etishgan. Bir soʼz bilan aytganda, taʼlim-tarbiya sohasiga innovatsiyalarni joriy etish yoʼlida jonbozlik koʼrsatishgan. Mahmudxoʼja Behbudiy, Munavvar qori Аbdurashidxonovlarning izdoshi sifatida Аbdulla Аvloniy jadid maʼrifatchiligini yanada yuqori bosqichga koʼtarish, ilmiy pedagogikani milliy taʼlim-tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari bilan boyitish, taʼlimning xalqchilligi va ommaviyligiga erishish kabi masalalarga eʼtibor qaratganligi yangi Renessans pedagogikasining ustuvor yoʼnalishlari bilan hamohangdir.
Аbdulla Аvloniy 1913 yilda nashr ettirilgan “Turkiy Guliston yohud axloq” asarida “Pedagogiya”, yaʼni bola tarbiyasining fani demakdir” deb, pedagogika faniga oʼzbek ziyolilari orasida birinchi boʼlib, aniq va toʼgʼri taʼrif bergan. Olimning fikricha, tarbiya orqali “vujud quvvatlanadi, fikr nurlanadi, axloq goʼzallanadi, zehn ravshanlanadi”. Shuning uchun u tarbiyani bola tugʼilgan kunidan boshlamoq kerakligini uqtiradi. Bolaga badan tarbiyasi, fikr tarbiyasi, ahloq tarbiyasi berilib, uni yaxshi xulqlarga oʼrgatib, ilmli qilmoq lozimligini alohida taʼkidlab oʼtadi.
Tugʼub tashlov ila boʼlmas bola, boʼlgay balo sizga,
Vujudi tarbiyat topsa, boʼlur ul rahnamo sizga, – deb, tarbiyaning inson hayotidagi oʼrnini yuqori baholaydi va u oʼz asarida tarbiyaning yoʼllari, metod va vositalarini ham bayon etadi.
Shu oʼrinda taʼkidlab oʼtish lozimki, yangi Renessans pedagogikasining kontseptual gʼoyalari oʼz ifodasini topgan “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya Kontseptsiyasi”ni amalga oshirishning birinchi bosqichi ham olimning qarashlari bilan hamohangdir: oilalarda (ikki davr asosida: birinchi davr – homila davri, ikkinchi davr – bola tugʼilganidan 3 yoshgacha boʼlgan davr).
“Uzluksiz maʼnaviy tarbiya Kontseptsiyasi”da tarbiyaga kompetentsiyaviy yondashuv masalasi ilgari surilgan. Аbdulla Аvloniy esa, oʼz davrida mazkur tushunchani “odat” atamasi orqali quyidagicha talqin qilgan: “Yaxshi va yomon xulqning hammasi sharoit, tarbiya, odatlanish natijasida vujudga keladi. Yaxshi xulqqa ham odat tufayli erishiladi”.
Renessans pedagogikasining ustuvor yoʼnalishi hisoblangan mahalla va oilaning tarbiyaviy imkoniyatlari toʼgʼrisida ham pedagog olimning qarashlari diqqatga sazovordir. Аvloniy taʼkidlab oʼtganidek, “Аlloh taolo insonlarni asl xilqatda isteʼdod va qobiliyatli, yaxshi bilan yomonni, foyda bilan zararni, oq bilan qorani ajratadigan qilib yaratgan. Lekin insondagi bu qobiliyatni kamolga yetkazish tarbiya bilan boʼlur. Qush uyasida koʼrganini qilar”.
Olimning valeologiya (sogʼlom turmush tarzi) haqidagi qarashlari ham mutlaq haqiqat boʼlib, hech qanday izoh va tahlilga ehtiyoj sezmaydi: “Badanning salomat, quvvatli boʼlmogʼi insonga eng kerakli narsadur. Chunki oʼqumoq, oʼrganmoq va oʼrgatmoq uchun insonga kuchlik, kasalsiz jasad lozimdur”. Olim oʼz fikrini davom ettirib, poklikning shaxs intellektual va emotsional sohasiga ham taʼsir koʼrsatishiga doir aniq dalillarni keltirib oʼtadi: “Poklik zehnu idrokingni keng oʼtkur qilur. ...Poklik musulmonligʼning ildizidur”.
Maʼlumki, jamiyatda sodir boʼlayotgan voqea-hodisalarga nisbatan loqaydlik va beparvolikni yoʼqotish hamda sogʼlom maʼnaviy ehtiyojni shakllantirish orqali fuqarolarda erkin tafakkur yuritish, daxldorlik tuygʼusi tarkib toptiriladi. Renessans pedagogikasi uchun xos sanogen, yaʼni sogʼlom fikrlashni rivojlantirish masalasi ham olimning eʼtiboridan chetda qolmagan. Uning fikr tarbiyasi haqidagi qarashlari zamonaviy pedagogik-psixologik fanlarda tafakkurning alohida turi sifatida eʼtirof etilayotgan sanogen va patogen fikrlashga berilayotgan taʼriflarga har jihatdan mos keladi: “Fikr tarbiyasi eng kerakli, koʼp zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur...
Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa,
Xanjar, olmosdan boʼlur oʼtkur,
Fikring oyinasi olursa zang,
Ruhi ravshan zamir oʼlur, benur”.
Аbdulla Аvloniyning ilm-maʼrifat va axloqqa doir qarashlari juda chuqur tahlil va talqinni talab etadi. Olimning pedagogik qarashlarini yaxlit tarzda oʼzida aks ettirgan va muhtaram yurtboshimiz har bir maktab binosida yozib qoʼyilishi shart ekanligini alohida taʼkidlab oʼtgan quyidagi gʼoya esa, hech qachon oʼz zalvori hamda ahamiyatini yoʼqotmaydi: “Tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidur”.
Avloniy Vijdon deb ruhimizga, fikrimizga ta’sir qiladurgan hissiyot, ya’ni sezuv – tuymaqdan iborat ma’naviy quvvatni aytilur. Biz har vaqt af’ol va harakotimizni yaxshi va yomonlig’ini, foyda va zararlig’ini onjaq vijdonimiz ila bilurmiz. Vijdon insonning aql va fikrini haqiqiy mezonidurki, bu tarozu ila o‘z kamchiliklarini o‘lchab bilmak ila barobar boshqalarning ham af’ol va harakotini sezur. Agar ishlagan ishi shariat, aql va hikmatga muvofiq bo‘lsa, muhabbat qilur. Qabohat va yomon ishlarni qilsa, nafrat qilur. Biz janobi Haqning amr va nahyini fikr va ruhimizning ma’naviy quvvati o‘lan vijdonimiz ila ayira bilurmiz. Vijdon yaxshi xulqlarning manbayi o‘ldig’indan vijdon sohiblari har bir ishni beg’araz, xolis niyat ila ishlar. Shul sababli har kim nazarida maqbul va suyukli bo‘lur.
Ammo vijdonsiz kishilarning ishlarida niyat va amallarida, do‘st va oshnoliqlarida yashirin bir g’arazlari o‘ldig’indan har vaqt hasrat va nadomat chekub, vijdon azobig’a giriftor bo‘lurlar. Har bir insonning haqiqiy foili vijdonidur, Mevasi yaxshi amaldur, hosili vijdonidur. Inson diniy vazifalarining uluvviyatini vijdoni soyasida taqdir qila bilur. Chunki, vijdoni salomat kishilar imon va e’tiqodlarini kamolga yetkurmak uchun janobi Haqning buyruqlarini din va millatg’a foydali ishlarni shod va xurramlik ila ishlar. Alhosil, vijdon har kimning af’ol va harakotini ko‘rsatadurgan musaffo bir oyinadurki, bu ko‘zguga chin nazar qilg’an kishi o‘z ayb va kamchiliklarini tuzatmak harakatida bo‘lub, boshqalarning ayb va qusurlarini axtarmoqg’a vaqti bo‘lmas. Bizim islomiyatda vijdon axloqining islohi uchun sa’y-harakat qilmak lozim o‘ldig’indan shul doirada harakat qilg’on kishilar ikki jahonda aziz va mukarram bo‘lurlar deydi.

XULOSA

O‘zbek pedagogikasiga hissa qo‘shgan taniqli ma’rifatparvar adib


Abdulla Avloniy pedagogik fikr taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan, o‘z asarlarida o‘zbek xalqining eng yaxshi an’analarini, ta’lim-tarbiyaga oid muhim hayotiy masalani aks ettirgan pedagog, olimdir. Tarixida Abdulla Avloniy birinchi marta pedagogikaga «Pedagogiya», ya’ni bola tarbiyasining fanidir», deb ta’rif berdi. Tabiiy bunday ta’rif Abdulla Avloniyning pedagogika fanini yaxshi bilganligidan dalolat beradi.
Tarixdan ma’lumki, zaminimiz allomalar yurti, bunday zamin albatta o‘zining madaniy yodgorliklar bebaho asarlariga boydir. Mazkur madaniy me’ros yosh avlodni barkamol qilib voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jihatdan, taniqli o‘zbek adibi Abdulla Avloniyning maktab uchun yaratgan to‘rt qismdan iborat “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” hamda “Birinchi muallim” , “Turkiy guliston yoxud axloq” , “Ikkinchi muallim” , ‘‘Maktab gulistoni” kabi darslik va o‘qish kitoblari ham xarakterli bo‘lib hizmat qiladi. Shuni inobatga olib, bu asarlarni jiddiy o‘qib chiqish va unda ilk darslikka xos tuzilmani, g‘oyaviy to‘liqlikni, kitoblardagi o‘ziga xos xususiyatlarni monografik yo‘nalishda o‘rganib chiqish zarur.
Taniqli ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniy pedagogik fikr taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan, o‘z asarlarida o‘zbek xalqining eng yaxshi an’analarini, ta’lim-tarbiyaga oid muhim hayotiy masalani aks ettirgan pedagog, olimdir.
Mashhur o‘zbek ma’rifatparvari, shoiri va jamoat arbobi Abdulla Avloniy 1878-yil 12-iyulda Toshkent shahrining Mergancha mahallasida, mayda hunarmand-to‘quvchi oilasida dunyoga keldi. Ota-onasi savodli kishilar bo‘lgan. Abdulla Avloniy eski usul maktabini tamomlagandan keyin 12 yoshida madrasaga o‘qishga kiradi. U yozda ishlab ota-onasiga yordam qilar, boshqa vaqtlarda o‘qir edi. Oiladagi moddiy qiyinchiliklar tufayli bolaligidan odamlar eshigida mehnat qilgan, g‘isht quyish, suvoqchilik, pechkachilik, duradgorlik, binokorlik kabi kasblar bilan shug‘ullangan, «Imoratchi usta» degan nom olgan.
Abdulla Avloniy o‘z tarjimai holida yozishicha: «1885 yildan boshlang‘ich maktabda o‘qidim. O‘qchi mahallada Akromxon domladan xat-savodim chiqdi. 1890 yilda maktabni bitirib, mahalladagi madrasada dars o‘qiy boshladim. Yoshim 13ga yetgach, yo‘qsullik menga ta’ sir qildi. Yoz kunlarida mardikorlik qilib, ota- onamѓa biroz yordamda bo‘lib, qish kunlarida o‘qir edim. So‘ngra O‘qchi mahalladagi domlamizning kam havsalaligidan, o‘quvda davomsizligidan O‘qchi madrasasini tark qilib, 14 yoshimda Shayxantavurdagi Abdulmalikboy dahasiga kelib, Mullo Umar Oxunddan dars o‘qiy boshladim. Bu chog‘larda ham qish kunlarida o‘qib, yoz kunlarida mardikor ishlamoqqa majbur edim».
O‘ta iqtidorli bo‘lgan Abdulla Avloniy 15 yoshida she’rlar yoza boshladi. U 1894 yildan boshlab she’rlar yozishga kirishgan bo‘lsa-da, biroq yoshlik davrida yozgan she’rlari bizgacha saqlanmagan.Dastlabki she’rlarida va «Hijron» degan maqolasida xalqni yangi usul maktablarida o‘qib-o‘rganishga targ‘ib qildi. Avbdulla Avloniy 1907-yilda «Shuhrat», «Osiyo» nomli yangi gazetalar chiqara boshladi, lekin chor amaldorlari tez orada gazetalarni yoptirib qo‘yadi. Abdulla Avloniy keyinroq «Sadoyi Turkiston» (1914-1915), «Turon» (1917), «Ishtirokiyun» (1918) gazetalarida, «Kasabachilik harakati» (1921) jurnalida muharrir bo‘lib ishlaydi. Shundan so‘ng, u o‘zbek matbuotning zabardast vakili, o‘zbek matbuotning asoschilaridan biri sifatida taniladi.



Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish