Abdulla avloniy asarlarida bola shaxsi shakllanishining ijtimoiy-pedagogik xususiyatlari



Download 62 Kb.
bet1/7
Sana04.06.2022
Hajmi62 Kb.
#636417
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abdulla avloniy asarlarida bola shaxsi shakllanishining ijtimoiy


ABDULLA AVLONIY ASARLARIDA BOLA SHAXSI SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI


MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. ABDULLA AVLONIY ASARLARI PEDAGOGIK O’ZIGA HOSLIGI

    1. Abdulla Avloniy asarlariasarlarining ilmiy pedagogik tavsifi

    2. Abdulla Avloniy asarlariasarlarida ta’lim-tarbiya masalalarining o’rni

II BOB. ABDULLA AVLONIY ASARLARIDA BOLA SHAXSI SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI
2.1. Abdulla Avloniy asarlarida bola shaxsi shakllanishini yoritilganligi
2.2. Abdulla Avloniy asarlarida ijtimoiy masalalarni ochiqlanganligini pedagogik ahamiyati
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI

KIRISH

Milliy o‘zlikni shakllantiradigan uchlik – o‘tmish, bugun va kelajak hamma davrlarda xam zamonning ziyolilari, xalqning kelajagi uchun qayg‘uradigan fidoyilarning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Ayni kunda xam bu xaqiqatni yanada teran anglash, yangi rivojlanish bosqichida milliy boy tajribadan samarali foydalanish masalasiga davlat darajasida katta ahamiyat qaratilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning: “Xususan, milliy o‘zligimizni anglash, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz lozim. Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz-avliyolarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy g‘urur va iftihor tuyg‘ularini kuchaytirishga alohida e'tibor qaratishimiz kerak”ligi haqidagi fikrlari buning yorqin isbotidir.
O‘zbek pedagogikasiga hissa qo‘shgan taniqli ma’rifatparvar adib
Abdulla Avloniy pedagogik fikr taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan, o‘z asarlarida o‘zbek xalqining eng yaxshi an’analarini, ta’lim-tarbiyaga oid muhim hayotiy masalani aks ettirgan pedagog, olimdir. Tarixida Abdulla Avloniy birinchi marta pedagogikaga «Pedagogiya», ya’ni bola tarbiyasining fanidir», deb ta’rif berdi. Tabiiy bunday ta’rif Abdulla Avloniyning pedagogika fanini yaxshi bilganligidan dalolat beradi.
Abdulla Avloniy pedagog sifatida bola tarbiyasining roli haqida fikr yuritib«Agar bir kishi yoshligida nafsi buzulib, tarbiyasiz, axloqsiz bo‘lib o‘sdimi, allohu akbar, bunday kishilardan yaxshilik kutmoq yerdan turub yulduzlarga qo‘l uzatmak kabidur», - deydi. Uning fikricha, bolalarda axloqiy xislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning atrofidagi kishilar g‘oyat katta ahamiyatga ega.
«Turkiy guliston yoxud axloq» kitobi ma’rifatparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qiladi. Abdulla Avloniy kitobda ilm to‘g‘risida bunday deydi: «Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidur. Ilm inson uchun g‘oyat oliy, muqaddat bir fazilatdur. Zeroki, ilm bizga o‘z ahvolimizni, harakatimizni oyina kabi ko‘rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkur qilmoq, ... Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidur...». Avloniy ilmni umuman emas, balki uning amaliy va hayotiy foydalarini aytib, «Bizlarni jaholat, qorong‘ulikdan qutqarur. Madaniyat insoniyatni ma’rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe’llardan, buzug‘ ishlardan qaytarur, yaxshi xulq va odob sohibi qilur... Alhosil butun hayotimiz, salomatimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, g‘ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilma bog‘lidur». Adibning obrazli ifodasiga ko‘ra, ilm bamisoli bodomning ichidagi mag‘iz. Uni qo‘lga kiritish uchun mehnat qilish, ya’ni chaqib uni po‘chog‘idan ajratib olish kerak.
U ilmning jamiyat taraqqiyotidagi rolini yaxshi tushunadi. Shuning uchun ham u, yoshlarni ilm sirlarini bilishga, hodisalar mohiyatini yechishga, kitob mutolaa qilishga chaqiradi. Uning fikricha, ilm agar jamiyat manfaatiga xizmat qilmasa,
xalq farovonligi yo‘lida qo‘llanmasa, u o‘likdir. Abdulla Avloniy o‘z ilmini amalda qo‘llay oladigan kishilarga yuksak baho beradi, ularni dono insonlar, deb ataydi.
Mazkur qo‘llanma adibning pedagogik qarashlarini yanada chuqurroq tahlil etilishida hamda adibning hayoti va ijodini o‘rganishda foydalaniladigan man’ba bo‘lib hizmat qilsa ajabmas.

Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish