Qiymat nazariyasi. U.Pettining merkantilistlar g’oyasiga bo’lgan salbiy yondashuvi nafaqat boylikning mohiyatini va uni ko’paytirish yullarini tahlil qilishda, balki tovarlar qiymatining yaratilish tabiatini va bozorda ularning qimmati darajasiga ta`sir etuvchi omillarni aniqlashda xam o’z ta`sirini ko’rsatdi. Bu boradagi uning tadqiqotlari keyinchalik uni qiymatning mehnat nazariyasining birinchi muallifi deb tan olinishiga sabab bo’ldi . Umuman olganda, qiymatning mehnat nazariyasi klassik iqtisodiy maktabning asosiy belgilaridan biri xisoblanadi.
U.Petti nazariyalarining birida aytilishicha, tovar qiymati kumush qazib oluvchi mehnat bilan yaratiladi va uning «tabiiy bahosi» xisoblanadi; kumush qiymatiga tenglashtirilgan tovarlar qiymati esa ularning «xaqiqiy bozor bahosi» xisoblanadi. İkkinchi bir joyda qayd qilinishicha, tovar qiymati mehnat va er ishtirokida yaratiladi. .
Do'stlaringiz bilan baham: |