11-sinf insho namunasi Mavzu



Download 26,67 Kb.
bet2/2
Sana08.07.2022
Hajmi26,67 Kb.
#757681
1   2
Bog'liq
11 sinf insho A Oripov sherlarida rangin tuygular tasviri Husayin

* * *
O'quvchilar aslida to'g'ri yoldan uchayotgan oqqushlar, to'g'ri bo'lib unayotgan navnihollardir. Ularning badiiy didini tarbiyalash kerak.
* * *
Ekologik tarbiya, ekologik madaniyat qalbda bo'lmasa qiyin... Ekologiya ko'pchilikning ishi. Kimki, ezgulik qilmoqchi ekan, shu ishga bosh qo'shsin, tabiatimiz musaffoligi uchun, tozalik uchun, ozodalik uchun kurashsin.

Abdulla Oripov xalqimizni dunyo adabiyotining sara namunalari bilan tanishtirish borasida ham talay ishlarni amalga oshirgan. U Dantening "Ilohiy komediya" asarini, L. Ukrainka, T. Shevchenko, N. Nekrasov, Q. Quliev, R. Hamzatov singari shoirlarning she'rlarini mahorat bilan o'zbekchaga o'girgan.


Xulosa qilib aytganda, Abdulla Oripov she'rlaridagi beadad samhniyat, tuyg'ular chinligi kishini beixtiyor o'ziga asir qiladi. Shoir she'rlari kayfiyat va hissiyotning yaxlit obrazlaridir. U inson tuyg'ularini, hissiyotini shu qadar chuqur bilgani va ifoda eta olganidan ayrim misralarining o'ziyoq she'rxonda muayyan kayfiyat hosil qiladi. Shoirning quyidagi misralari bunga yorqin misol bo`la oladi:

Komillik yo'lida chekib ranj, alam,


Bir umr tinmadi qo`limda qalam.
Senga ham "Komil bo`l", dedi Yurtboshim,
Axir komillikka ne yetsin, bolam.

2-variant 1-savol


Shoir yurak –
Pok tilagi,
Imonidir basharning.
Armon to’la yurakdagi
Isyonidir basharning
«Ruhlar isyoni» dostoniga isyonkor bengal shoiri Nazrul Islom hayoti, fojiali qismati asos qilib olingan. «Otashin bengal shoiri Nazrul Islomning qahramonona va fojiali taqdiri ko’pdan meni hayajonga solib kelar, u haqda biron narsa yozish xalida yurardim», – deydi muallif. Shu maqsadda u shoir hayoti va ijodini astoyidil o’rgandi, shoir hayotiga oid faktlar bilan yaqindan tanishish niyatida Hindistonga bordi, shoir yashagan joylarda bo’ldi, shoirni shaxsan tanigan, bilgan kishilar bilan suhbat qurdi.
Ma’lumki, Nazrul Islom XX asr boshlarida chaqindek yaraqlab, she’riyatda o’chmas iz qoldirgan, isyonkor she’rlari bilan butun Hindiston yarim orolini larzaga solgan, hayotini Hindiston chet el mustamlakachilari zulmidan ozod etish ishiga, xalqlar birdamligi, erki, baxti yo’lida fido etgan dovyurak shoirdir. Tazyiq, hibs, qiynoqlar ostida shoirni hali o’ttiz beshga yetmagan navqiron yoshida, ayni ijodi qaynagan paytida es-hushidan ayiradilar. Oradan yillar o’tdi, shoir vatani Hindistonda katta o’zgarishlar yuz berdi. Nazrul Islom orzu qilgan kunlar keldi, mustamlakachilar yurtdan quvildi. Hindiston mustaqillik, tinchliksevarlik, ijtimoiy taraqqiyot yo’liga tushib oldi. Bir vaqtlar tahqirlangan, jabrlangan shoir hayotda o’rnini, qadrini topdi, el ardog’iga sazovor bo’ldi. Afsus, endi uning aql-hushi joyida emas, shu ahvolda u qirq yil ardoqda yashadi. Yurtidagi o’zgarishlarni, o’ziga ko’rsatgan ehtiromlarni sezmadi, bilmadi, uni tark etkan es-hush bir lahza bo’lsin qaytmadi.
Erkin Vohidov dastlab shoir boshidan kechgan shu hayajonli voqealarni hikoya qiluvchi bir she’riy qissa yozdi. Biroq bu asardan ko’ngli to’lmadi. «O’ylab qarasam, – deydi u, – unda men Nazrul Islom hayotiga oid ko’pchilikka tanish faktlarni shunchaki belletristik yo’lda sharhlash, hikoya qilib berish bilan cheklangan ekanman».
Shoir dostonni yozishdan kuzatgan maqsadi haqida shunday deydi: «Ruhlar isyoni garchi Nazrul Islomga bag’ishlangan bo’lsada, asar faqat otashin shoir hayoti ifodasidan iborat emas. Unda men shoir hayoti bahonasida o’zining, umuman, shoirlik, insonlik, fidoyilik, erk tashnaligi haqidagi, erkka tashna ijod ahlining zamonasi, xalqi bilan murakkab munosabati haqidagi, qolaversa, inson hayotining ma’nosi, hayotning ham shafqatsiz, ham adolatli, haqiqati haqidagi o’y mushohadalarimni kitobxon bilan baham ko’rishga intildim» Doston haqsizlik va adolat, istibdod va erk orasidagi mangu kurashda iste’dod egasining o’rni haqidagi falsafiy mushohadalar bilan boshlanadi. Chin iste’dod egasining tabiati yaralishdan nohaqlikka, adolatsizlikka, istibdodga qarshi isyondir deb sanaydi muallif:
Nazrul Islom dunyoga shoir bo’lib, ya’ni davrining pok tilagi, imoni, armon to’la yurakdagi isyoni bo’lib tug’ildi. Milliy ozodlik bo’sag’asida turgan el-yurt shunday isyonkor shoirga muhtoj edi, «Zamon uning yonib turgan yuragini so’radi» Shoir hali tug’ilmasdan burun o’z yurtidan judo etilgan edi: el-yurti mustamlakachi zobitlar oyog’i ostida toptalib yotibdi. Jaholatda qolgan xalq zolim- zobitlarga qarshi turish o’rniga, hind-u musulmonga ajralib, bir-birining go’shtini yeyish, qirish bilan ovora. Muallif Hindiston tarixining shu qora kunlarinialam bilan qalamga olar ekan, yana shoir va uning fuqarolik burchi haqidagi bahsga ko’chib, deydi:
Har nechakim zo’r iste’dod,
Toshqin ilhom,
Xalqing yotsa chekib faryod,
Yaramasang kuniga.
Shoir esang,
Shoir bo’lib
Nega kelding hayotga?
Eling yotsa dardga to’lib,
Kelolmasang najotga?!
Ne shoirsang Tashbehlaring
Bormi asli keragi.
Bo’lmasa el g’ami – darding,
Yuraging – el yuragi?!
Shoirni, ayniqsa, faqat o’z joni tinchini o’ylandigan, jur’atsiz, qo’rqoq, munofiqlar aqidasi tashvishga soladi. Haqsizlikni ko’ra-bila tura indamaslik, layoqaydlik xiyonatdir. Fasus, u jaholat tufayli karaxt, ko’r-u karga aylangan olomon ta’qibiga uchraydi: shoirni g’alayonning sababkori deb ataydilar. Shu tariqa el uchun jonini, jahonni berishga tayyor fidoyi shoir el dushmaniga aylanadi, hibsga olinadi.
Dostondagi Nazrul Islom qismati, unga daxldor rivoyatlar, shoirning ehtiroslarga to’la o’y-mushohadalari bilan tanishar ekansiz, asarni yozishdan maqsad faqat bengal shoiri hayoti, Hindistonda kechgan voqealar, qadim rivoyatlarni hikoya qilishdan iborat emasligini sezib, his etib turasiz. Ayni paytda gap o’z ona yurtimiz, unig istilochilar istibdodi yillaridagi kechmishi, Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat kabi millatning asl fidoyi o’g’lonlari, ularning yurt ozodligi, mustaqilligi yo’lidagi kurashlari va bu kurashlar qanchalar qimmatga tushganligi – barchasi birma-bir ko’z oldingizdan o’tadi. XX asdrning 70-yillari oxirlarida yozilgan bu dostondagi isyonkorona kurashchan ruh Qodiriy, Cho’lpon, Fitratlarga xos el-yurt g’ami, erki, ozodligi yo’lida kuyib-yonishlar bu yillarda ham davom etganligini tasdiqlaydi.
1-variant 1-savol
Rus adibi A. P. Chexov dunyo hikoyachiligiga katta hissa qo‘shgan ijodkorlardan biri sanaladi. Uning hikoyalari qisqa-ligi, real hayotiy voqealarga asoslangani, shuningdek, o‘ziga xos badiiy uslubi bilan ajralib turadi. A. P. Chexov o‘z hiko-yalarida ulkan tarixiy yoki favqulodda jahonshumul hodisalar-ni qalamga olmaydi. Balki oddiy rus odamlari qatn ashgan, bir tomondan juda sodda ko‘ringan voqealarni qiziqarli bay on qiladi; unga mahorat bilan badiiy bo‘yoq beradi. Jumladan, 162adibning mashhur hikoyalaridan biri bo‘lgan «Garov» hikoya-si bankir va yosh huquqshunosning qatl hukmi bilan qamoq jazosi borasidagi ziddiyati asosiga qurilgan. Hikoyada hayot-ning mazmuni, yoshlik faslining qadri, mol-dunyoning nimaga zarurligiga urg‘u beriladi. Hayot hamma vaqt go‘zal, ayniq-sa, saodatli va fayzli umr har qanday odamning orzusidir. Bunday hayot tarzi uchun faqat cheksiz boylikning o‘zigina yetarli emas. Bunday umr uchun dunyoning hamma turdagi kerakli-k eraksiz minglab kitoblarini o‘qish ham kamlik qiladi. Muhimi – uqish. O‘qilgan kitoblar ijtimoiy hayot va inson umri bilan bog‘lanishi, har qanday odamni kamolot cho‘q-qisiga olib chiqishi, shuningdek, umr mazmunini teranroq angl ashga yordam berishi lozim. Aks holda, bunday ta’lim va tahsil hayotdan uzilgan bo‘ladi. Shu ma’noda hikoyadagi bayonga ko‘ra bankirni hamisha boyliklaridan ajralib qolish xavfi ta’qib qiladi. Garov o‘ynashning o‘zi bema’nilik emas-mi? Boshidayoq bankirni shu savol qiynaydi. Savolga o‘zicha javob ham topadi: «G‘irt bema’nilik bu. Bu narsa kamina tomonidan badavlat kishining shunchaki to‘qlikka sho‘xligi bo‘lsa, huquqshunos tomonidan – pulga o‘chlik, boylikka hirs qo‘yish, tamom-vassalom...» – deb mulohaza yuritadi. Oradan yillar o‘tgan sari uning boyliklari kamayib, hatto qarzga botadi. Shunda o‘z boyliklari, xususan, ikki million pulini asrab qolish uchun qamoqda o‘tirgan huquqshunosni
qatl etishni niyat qiladi. «Har holda, yashamoq – o‘limdan afzalroq» degan fikrini isbotlash va garovga qo‘yilgan pul uchun o‘zini o‘n besh yillik hibsga mahkum etgan yosh huquqshunos qirq yoshga yetganida hayot mazmunni o‘zicha, o‘z qarichi bilan o‘lchab ko‘radi. Ma’lum bir xulosalarga keladi. Shu xulosalarini mahbus qog‘ozga tushiradi. Bankir qamoqxonaga kirib, ozib-to‘zib qolgan va pinakka ketgan mahbus yonida shu maktubni ko‘radi. Bu mulohazalari davo-mida bir necha marta kitoblarni tilga olib: «Endi kamina o‘zimni sizlar ning barchangizdan har jihatdan komil va yetuk ekanligimga ishonc h hosil qilmoqdaman...» – deb ta’kidlay-di. Dunyoning noz-u ne’matlarini o‘tkinchi sanaydi, faqat mol-dunyogina insonni baxtli-saodatli qilmasligini anglab ye-tadi. Shuning uchun puldan ixtiyoriy ravishda voz kechadi; o‘z xohishiga ko‘ra oxirgi muddatda qamoqxonadan atayin
163qochib, garov shartini buzadi. Huquqshunos yozgan maktub bankirga ham ta’sir ko‘rsatadi; u o‘zidan o‘zi nafratlanadi. A. P. Chexovning ushbu «Garov» hikoyasi inson umri, erkin hayot, mutolaa, kitobning foydasi, olingan ilmning hayotga tatbiqi, kamolotning darajasi va boshqa hayotiy masalalar haqida fikrlashga undaydi. Ayni damda, hikoya mazmuni, bankir va huquqshunosning qilmishlariga shar-qona odob-axloq mezonlari bilan qaralganda, ikki dunyo saodati degan tushuncha o‘rtaga qalqib chiqadi. Bir qa-rashda, mahbus o‘z-o‘zini tarbiyalagan, komillikka erishgan va ruhan tozalangan inson sifatida ko‘rinadi. Biroq inson zoti bu dunyoni deb u dunyoni esdan chiqarmasligi hamda u dunyoni deb bu dunyodan kechmasligi lozim. Hikoya shunday muhim hayotiy masalada ham ogohlikka chorlaydi. Umr yelga sovurilmasligi kerak. Shu ma’noda hikoya noo‘rin bahs-munozaraning oqibati, xususan, garov ikki inson taqdirini boshqa o‘zanga solganligi haqida saboq beradi.



Husniddin Ortiqov Chust tumani Axcha shaharchasi 18-maktab 97 255 90 35

Download 26,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish