11-sinf insho namunasi
Mavzu: Abdulla Oripov she’riyatida rangin tuyg‘ular tasviri
Reja :
I. Kirish: Abdulla Oripovning hayoti va ijodi
II. Asosiy qism:
1. Abdulla Oripov she'riyatini millat ruhining timsoliga aylantirgan sifatlari
2. Abdulla Oripov - xalqimizni dunyo adabiyotining sara namunalari bilan tanishtirishgan ijodkor.
3. Abdulla Oripovning durdona fikrlari
III. Xulosa
Mening inson va ijodkor sifatida baxtim - O'zbekistonimning Mustaqilligini ko'rdim va nebaxtkim, ozod Vatanimga baholi qudrat xizmat qilib yuribman.
Abdulla Oripov
Abdulla Oripov 1941 yilning 21- martida, ya'ni Navro`z bayrami kuni Qasliqadaryo viloyati Koson tumanidagi Neko'z qishlog'ida tug'ildi. Bolaligi qishloqdagi boshqa tengdoshlariniki qatori o'tdi: qo'y boqdi, suv tashidi, pichan o'rdi, yantoq chopdi, somon to'pladi. Ayni vaqtda, u boshqacharoq ham edi: qandaydir xayolchan, serta'sir, o'ychil, kitobga liaddan tashqari ko'ngil qo'ygan. Abdulla hali maktabga bormay turib, qandaydir so'zlarni bir-biriga uyqash qilib aytib yurishni xush ko'rar, so'zning mazmunidan ham ko'ra ohangi uni rom etardi.
1958- yilda qo'shni Tayzan ovulidagi o'rta maktabni oltin medal bilan bitirgan yigit Tosbkent davlat universiteti "O'zbek filologiyasi" fakulteti jurnalistika bo'limiga o'qishga kirib, uni 1963- yilda imtiyozli diplom bilan bitirdi. A. Oripov oliy maktabni tugatgach, Toshkentdagi sobiq "Yosh gvardiya" nashriyotiga muharrir bo'lib isbga kiradi. Bu yerda to'rt yil ishla-gacb, 1967-1974- yillarda G'afur G'ulom nomidagi nashriyotda muharrir, katta muharrir bo'lib xizmat qiladi. 1974-1976- yillarda "Sharq yulduzi" jurnalida bo'lim boshlig'i bo'ladi.
Olovli she'riyati bilan muxlislarining mehrini qozongan shoir 1976-1982-yillar orasida O'zbekiston Yozuvcbilar uyushmasining adabiy maslahatchisi sifatida adabiyotga endi kirib kelayotgan yosh ijodkorlarga rahnamolik qildi. 1982-1983- yillarda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Tosbkent viloyat bo'limida mas'ul kotib bo'lib faoliyat ko'rsatdi. 1983- yilda shoir o'quvchilarning jurnali "Gulxan"ning bosh muharriri bo'ldi va u yerda 1985- yilgacha, ya'ni O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi lavozimiga o'tguncha ishladi. Uyushmaning kotibi sifatida uch yil ishlagan A. Oripov 1988- yilda O'zbekiston Respublikasi mualliflik huquqini himoya qilish qo'mitasi raisi vazifasiga o'tkazildi. 1996- yilning mart oyidan-2009 yilga qadar shoir O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi vazifasida mehnat qildi.
Abdulla Oripov 1983- yilda Hamza nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo'ldi. Shu yili unga "O'zbekiston xalq shoiri" unvoni berildi. 1994- yilda Alisher Navoiy nomidagi respublika davlat mukofotiga loyiq ko'rildi, 1998- yilda esa shoir "O'zbekiston Qahramoni" unvoni bilan taqdirlandi. A.Oripov O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasining muallifidir.2016-yil A. Oripov 75 yoshida vafot etdi
Abdulla Oripov she'riyatini millat ruhining timsoliga aylantirgan sifatlardan yana biri undagi obrazlarning teran xalqchil tomirlarga egaligida. Eng murakkab holatlarni liam g'oyat ulkan nazokat va yuksak madaniyat bilan ta'sirli qilib o'zbekcha ifodalay bilish shoir she'rlarining qimmatini oshiradi. Abdulla Oripov she’riyatining o‘z qiyofasi bor. Samimiylik va hissiylik, lirik qahramonlar kuyunchakligi va dardchilligi; poetik ifodalardagi serbo‘yoqlik va nafosat, tildagi dilbar o‘ktamlik; ularning o‘zaro uyg‘unligidagi yaxlitlik A. Oripov asarlariga ajib joziba bag‘ishlaydi:
Men kuyladim bu olam aro,
Sobit turgan xalqimni faqat.
Shoir deyarli hamisha she'riy ifodaning aniq va tuyg'ularga ta'sir ko'rsata oladigan bo'lishiga erishadi. Birinchi marta respublika matbuotida "Qushcha" deb atalgan she'ri chiqqan paytda A. Oripov talaba edi. Shoirning birinchi she'rlar to'plami "Mitti yulduz" esa 1965- yilda chop etilgan. Undan keyin "Ko'zlarim yo'lingda" (1967), "Onajon" (1969), "Ruhim" (1971), "O'zbekiston", "Qasida" (1972), "Xotirot" (1974), "Yurtim shamoli" (1974), "Jannatga yo'l" (1978), "Hayrat" (1979), "Hakim va ajal" (1980), "Najot qal'asi" (1981), "Yillar armoni" (1983), "Haj daftari" (1992), "Saylanma" (1996), "Sohibqhon" (1996), to'rt tomlik "Tanlangan asarlar" (2000—2001) singari qator kitoblari bosilib chiqdi.
Abdulla Oripovning ijod bilan birgalikda ko`plab durdona fikrlarni yozib qoldirgan. Ulardan ayrimlarini keltirib o`tmoqchiman:
“ Hurriyat – bizning onamiz, hurriyat – bizning opamiz, hurriyat – bizning singlimiz. Ya'ni, bu degani – mana shunday buyuk ne'matni avaylashimiz, oriyatini, nomusini asray bmshimiz kerak”
* * *
O'zbekiston — bunyodkorlik, ilm-ma'rifat, mehr-oqibat, himmat va muruvvat ustuvor bo'lgan, о'z farzandlarining barkamol avlod bo'lib voyaga yetishiga qat'iy ishongan, shunga mustahkam zamin yaratgan bag'rikeng mamlakatdir. Uning yigirma yillik zalvorli odimlari kelajagi buyuk ekanining tasdig'idir...
Do'stlaringiz bilan baham: |