1. "Mening ijodkor va inson sifatidagi baxtim-Oʻzbekistonimning Mustaqilligini koʻrdim va nebaxtkim, ozod Vatanimga baholi qudrat xizmat qilib yuribman"
Yuqoridagi jumlalar qaysi ijodkorga tegishli?
A) Oʻtkir Hoshimov
B) Abdulla Oripov
C) Said Ahmad
2. Alfons Dodening birinchi kitobi koʻrsatilgan javobni toping?
A)"Kichkintoy"
B)"Tegirmondan xatlar"
C)"Soʻnggi saboq"
3. Oʻzining avtobiografiyasini "Koʻrgan-bilganlarim" nomi bilan atagan adib haqida toʻgʻri maʼlumotni toping?
A) Uning "Choʻl havosi" asariga Abdulla Qahhor yuksak baho beradi.
B) Yozuvchining "Dengiz boʻrisi", "Martin Iden", "Uch qalb" romanlari dunyo adabiyotining nodir namunalari sanaladi
C) "Bir sheʼrida sen beshik emassan, dorsan tabiat, Sen ona emassan jallodsan dunyo!" degan xulosaga keladi.
4. Oʻtkir Hoshimov haqida berilgan toʻgʻri maʼlumotlarni toping.
1) Birinchi kitobi "Toʻrt maktub" hikoyasi sanaladi. 2) Qirq besh yil davomida 60ga yaqin kitobi turli tillarda ikki milliondan koʻproq nusxada nashr etilgan. 3) "Choʻl havosi" asarining yozilishiga asos boʻlgan asar "Toʻrt maktub" hikoyasidir. 4) Dantening "Ilohiy komediya" asarini oʻzbekchalashtirgan. 5) Bolalik xotirasini eslab, "Men bir qaro kunda tugʻildim. Tugʻildim-u shu on boʻgʻildim" deya yozadi.
A)1,2,3,5
B)2,3
C)2,3,4,
5. "Menga qolsa, badiiy ijodda qandaydir ilohiy jarayon bor, degan boʻlur edim. Xudo koʻngliga solmaguncha haqiqiy ijodkor qoʻliga qalam olmaydi! Haqiqiy asar shunchaki yozilavermaydi, haqiqiy asar farzand kabi tugʻiladi!" Yuqoridagi jumlalar muallifini koʻrsating.
A) "Sohibqiron" dramasining muallifi
B) "Vijdon dorisi", "Toʻylar muborak" asarlarining muallifi
C)"Kelinlar qoʻzgʻoloni", "Kuyov" kabi dramalar muallifi
6. Oʻz tarjimai holini "Mashaqqatli safar" deya nomlangan ijodkor asari berilgan javobni toping?
A)"Choʻl burguti"
B)"Ayol" sheʼri
C)"Choʻl havosi"
7. "Soʻzki, maʼnosida ishq oʻti nishoni boʻlmagʻay, Bir taharruksiz badan onglaki, joni boʻlmagʻay", yaʼni agar soʻzda ishq toʻgʻrisida gap boʻlmas ekan, uni jonsiz jism hisoblagin, degan mazmundagi hikmatli baytning muallifini koʻrsating.
A) BoburB) NavoiyC) Yassaviy
8. Jek Londonning sarguzasht motivi yetakchilik qilmagan asarini koʻrsating.
A) "Qot qizi"
B) "Hayot uchquni"
C)"Izgʻirin bolalari"
9. Sirojiddin Saidjalol Saidmurodov tarjima qilib yoshlik jurnalining 2015-yildagi 9-sonida nashr qilingan asar berilgan javobni koʻrsating.
A)Dantening "Ilohiy komediyasi"
B) Alfons Dodening "Soʻnggi saboq"
C)Jek Londonning "Hayotga muhabbat"
10. "Otamdan qattiq hayiqar edik. Otam biron marta ham birontamizni chertgan emas. Otamni qattiq hurmat qilishni onam oʻrgatgan: "Hozir adang keladilar, uyni supurib qoʻy", "Adangning jahllari yomon, tinch oʻtiringlar", "Adangning ketmoniga tegma", "Adangning soatiga qoʻl tegizma" kabi jumlalar qaysi ijodkorning tarjimai holida uchraydi?
A) Abdulla Oripov
B) Oʻtkir Hoshimov
C) Said Ahmad
11. Abdulla Oripov qaysi sheʼrida Navoiy, Umar Xayyom kabi tarixiy shaxslarni keltirib, talmeh sanʼatini hosil qiladi?
A)"Yurtim shamoli"
B)"Munojotni tinglab"
C)"Birinchi muhabbatim"
12. Abdulla Oripov oʻzining qaysi sheʼrida oʻzini gulshan vodiysidagi shamolga qiyoslab, insonning dunyoga kelib ketishini muhim bir falsafiy ruh bilan yoritib bergan?
A)"Yurtim shamoli"
B)"Qoʻriqxona" sheʼrida
C)"Birinchi muhabbatim" sheʼrida
13. Oʻtkir Hoshimovning bir adabiy turga mansub boʻlmagan asarlari berilgan javobni koʻrsating.
A)"Choʻl havosi", "Bahor qaytmaydi"
B)"Dunyoning ishlari", "Qalbingga quloq sol"
C)"Vijdon dorisi", "Toʻrt maktub"
14. Qaysi ijodkor oʻzining bir sheʼrida ezgulikning tojdor turmagi oqibatni-ayiqqa, hayoni-polaponga, iymonni-Qor odamga oʻxshatgan?
A) Muhammad Yusuf
B) Abdulla Oripov
C) Erkin Vohidov
15. Quyidagi berilgan asarlarning qaysi biri oʻz muallifining dastlabki kitobi sanalmaydi?
A) "Poʻlat chavandoz"
B) "Tegirmonimdan xatlar"
C) "Qorakoʻz majnun"
16. "Tarasonlik Tartaranning sarguzashtlari”, “Kichik fromon va katta Risoler", "Roza va Ninetta" kabi romanlarning muallifi haqidagi toʻgʻri maʼlumotni toping.
A) Birinchi kitobi "Tegirmonimdan xatlar" deya nomlangan
B) "Boʼri bolasi", "Izgʻirin bolalari" kabi asarlarida, asosan, mamlakatning shimoliy oʻljalari haqida hikoya qilinadi
C) Yozuvchi Kaliforniya shtatining San-Fransisko shahrida fermer oilasida tugʻilgan.
17."Bechora chora istar", "Dadamni yoʻqotib qoʻydim" kabi hikoyalar qaysi asar tarkibida uchraydi?
A)"Qorakoʻz majnun"
B)"Ikki eshik orasi"
C)"Dunyoning ishlari"
18. Komil tabib obrazi quyidagi qaysi asarida keltirilmagan?
A)"Ikki eshik orasi"
B)"Urushning soʻnggi qurboni"
C)"Qorakoʻz majnun"
19. Har gal yangi kitobim chiqishi bilan birinchi nusxasini onamga taqdim etardim, "birinchi ustozim Oyimga" deb yozib berardim. Yuqoridagi jumlalarning muallifning asarlari haqida berilgan toʻgʻri maʼlumotni toping.
A)"Choʻl havosi” asari "Toshkent haqiqati" gazetasida chop etilgan.
B)"Vijdon dorisi", "Inson sadoqati", "Toʻylar muborak" sahna asarlari "Toshkent oqshomi" gazetasida chop etilgan
C) "Bahor qaytmaydi", "Qalbingga quloq sol" "Sharq yulduzi" jurnalida chop etilgan
20. Oʻz dinidan kechib, boshqa dinga oʻtgan obraz keltirilgan asar haqida toʻgʻri maʼlumotni toping.
A) Bu asarda Hayrullo, Toshmurod, Davlat kabi obrazlar uchraydi.
B) Ushbu asarda Robiya, Husanboy, Kimsan kabi shaxslar keltirilgan
C)Asarda Saodat, Qumrixon, Abdumalik kabi obrazlar qatnashadi.
21. "Bu joylarda janub kechalari, yulduzli osmon nihoyatda goʻzal boʻlar edi. Tim qora osmonda qoʻl choʻzsa yetgudek ulkan-ulkan novvot rang yulduzlar charaqlab turadi. Hayotimda bunday goʻzal manzaralarni keyin uchrata olmadim..." Yuqorida tabiat manzaralari kimning tarjimai holida uchraydi?
A) Oʻtkir Hoshimov
B) Abdulla Oripov
C) Jek London
22. "Boburnoma" asarida uni Xurosondan chaqirib olgan edilar, tomirdan koʻrish va tashxis qoʻyish uning ishi edi deya taʼriflangan obrazni koʻrsating.
A) Mavlono Yusufiy
B) Shayx Zayn
C) Sulton Muhammad koʻsa
23. Alisher Navoiyning 8 majlisdan iborat boʻlgan asarini belgilang.
A) "Mahbub ul-qulub"
B) "Majolis un-nafois"
C)"Muhokamat ul-lugʻatayin"
24. Alisher Navoiy "Nasoyim ul-muhabbat" asarida quyidagi taʼrifni kimga nisbatan qoʻllaydi? "Imom Yusuf Xamadoniyning suhbatdoshi"
A) Yassaviy
B) Atoyi
C) Lutfiy
25. Qaysi ijodkor oʻzining sheʼrida dunyoni Gulshan vodiysiga, tuynuksuz qasrga, yovuzlikdan zada qoʻriqxonaga qiyoslaydi?
A) Ahmad Yassaviy
B) Abdulla Oripov
C) Atoiy
26. Quyidagi qaysi kitobning birinchi bobi "Bolaligimni eslasam, iliq yiz kechalari koʻz oldimga keladi..." deb bishlanuvchi qissa hisoblanadi?
A)"Oʻtmishdan ertaklar"
B)"Bolalik"
C)"Dunyoning ishlari"
27. Avtobiografik tarzda yozilgan qissa janrdagi asarlarni koʻrsating.
1)"Bolalik" 2)"Mening oʻgʻrigina bolam" 3)"Oʼtmishdan ertaklar" 4)"Boburnoma" 5)"Dunyoning ishlari" 6)"Choʻl havosi"
A) 1,3,5
B) 2,4,6
C) 1,5,6
28. Abdulla Oripov haqidagi maʼlumotlarning nechtasi toʻgʻri? 1.Qish kunlarida Umur shoir degan baxshining dostonlarini koʻp eshitganini taʼkidaydi. 2 "Ayol"sheʼrini urushdan qaytmagan amakisining bevasiga bagʻishlaydi. 3.Gyotening Faust asarini oʻzbekchalashtiradi. 4.Ilk sheʼri "Qushcha"nomi bilan respublika bolalar gazetasida bosiladi. 5. "Sen tugʼilganingda qiyomat qoyim boʻlgan edi. Oʻris xotinlar urush boshlanibdi deb yigʻlagan". Deya onasining gaplarini xotirlaydi.
A)4. B) 3 C)2.
29.Quyidagi qaysi asarda Fransiyaning Elzas va Lotaringiya hududi oʻz vaqtida nemislar tomonidan ishgʻol qilingani ishora qilib oʻtilgan.
A)"Soʻngi saboq" B)"Hayotga muhabbat" C)"Yovvoyi yoʻrgʼa".
30.Qaysi asar qahramoni serquyosh Janubiy Kaliforniya apelsin daraxtlari va gullar orasiga koʻmilgan uyi haqida suhbatdoshlariga poyma -poy gapirib beradi?
A)"Yovvoyi yoʻrgʻa" B)"Hayotga muhabbat" C)"Soʻngi saboq".
31. 1"Gulliverning sayohatlari" 2
"Hellados" 3 "Hayotga muhabbat" 4 Soʻngi saboq".
a)"Bedford" b) "Poseydon" c)"Ohu" d)" Qaldirgʻoch". Yuqoridagilarni muvofiq joylashtiring.
A)1-c,d 2-b 3-a.
B)1-c 2-b 3-a 4-d.
C)1-a 2-d 3- c.
32.Qaysi ijodkor qahramonlari har doim erkka intiladi, oʻz burch va majburiyatlarini har xil sharoitlarda chin dildan bajaradi,hayot mashaqqatlarida toblanadi?
A)"Boʻri bolasi","Izgʼirin bolalari" muallifi.
B) "Kichkintoy" nomli roman muallifi.
C)"Ikki eshik orasi" romani muallifi
33."Ikki eshik orasi" romani haqida keltirilgan toʻgʻri maʼlumotni toping.
A)Asar "bolaligimni eslasam iliq yoz kechalari koʻz oldimga keladi" jumlalari bilan boshlanadi
B)"Adib, birinchi navbatda,tinchlikka rahna solgan urushni qoralaydi;uning gʻayriinsoniy mohiyatiga urgʻu beradi.Ayniqsa, urush voqeligining har bir ota-ona qalbini jarohatlagani,koʼngillariga ozor yetkazgani romanning umuminsoniy pafosini tashkil etadi".
C)Asar boshida Qurʼoni Karimning "Baqara" surasida oyat epigraf sifatida keltiriladi.
34. Qofiyasi mutlaq hisoblangan baytni koʻrsating.
A)"Ey sabo,holim borib sarvi xiromonimgʻa ayt, Yig’larimning shiddatim ul sarvi xandonimg’a ayt"
B)"Meni men istagan oʻz suhbatigʼa arjumand etmas, Meni istar kishining suhbatin ko’nglim pisand etmas"
C)"Koʻzung ne balo qaro boʻlubdur, Kimjonga qaro balo bo’libdur"
35. Ikki eshik orasi asari qahramonlari keltirilmagan javobni belgilang.
A)"Orif oqsoqol", Shomurod, Robiya
B)Qora amma, Husan Duma
C) Azizbek, Hasanali, Oftoboyim
36. Jek London bilan bogʼliq maʼlumotni toping.
A)Hikoyalarida oddiy insonlar hayoti tabiat bilan uygʻunlikda shuningdek ularning halol mehnat bilan turmush kechirishlari xalq ogʼzaki ijodidagi hikoyat va ertakkarga oʻxshash uslubda tasvirlanadi
B) Adibning qahramanonlari insoniylikka xiyonat qilmaydi.Ayrim hikoyalarida tabiat bilan uygʻunlashib ketgan kurashchan, zahmatkash insonlarning hayoti tasvirlanadi.
C) Barcha javoblar toʻgʻri
37."Ijodkorda qishloqning qalbi, shaharning aqli boʻlish kerak.Haqiqiy asar shunchaki yozilavermaydi, haqiqiy asar farzand kabi tugʼiladi".
Yuqoridagi jumlalar muallifi birinchi kitobini koʻrsating.
A)"Tortiq" B) "Poʻlat chavandoz" C)"Qushcha"
38.Yetti qism,qirq yetti bobdan tarkib topgan roman kompozitsiya qurilishi jihatidan ham oʻziga xoslik kasb etadi.Undagi voqea-hodisalar bayonida qatnashgan 9ta personaj hikoyalarini bir-biriga ustalik bilan bogʻlaydi.Yuqoridagi ta'riflar quyidagi qaysi asarga tegishli?
A)"Ikki eshik orasi" B) "Oʻtgan kunlar" C) "Dunyoning ishlari"
39."Bir boshga bir oʻlim" maqoli qaysi asarda
qoʻllangan?
A) "Oʻtgan kunlar" B)"Qora koʻz majnun" C) "Ikki eshik orasi"
40.Asli Ahmad Yassaviy nasliga mansub boʻlib Ismoil Ota avlodlaridan Samarqand, Buxoro va Balxda yashab Mirzo Ulugʻbek saroyida ijod qilgan adib ni koʻrsating.
A)Ahmad Yassaviy
B)Navoiy
C)Atoiy.
41. Qaysi ijodkorga osmondagi oy, charaqlab chiqqan yulduz muhabbatini eslatadi?
A) H. Olimjon
B) A. Oripov
C) O'. Hoshimov
42. Qaysi adib o'z asarida qalamga olgan obrazlar orqali oddiy odamlar fazilatlari - mardligi, matonati, vatanparvarligi va sabr-bardoshini korsatib bera oladi?
A) A. Qodiriy " O'tkan kunlar"
B) A. Dode " So'nggi saboq"
C) O'. Hoshimov " Ikki eshik orasi"
43. "Ikki eshik orasida" romanida achchig'i chiqsa eriniyam nari oborib keladigan obraz kasbini toping.
A) oqsoqol
B) brigad
C) traktorchi
44. Quyidagi shaxslardan nechtasi yetti qism, qirq yetti bobdan tarkib topgan asarda uchraydi?
G'ulom, Bashoratxon, Anvarjon, Abdumalik, Muzaffar, Bo'rixon, Rahmat, Shomurod, Orifxo'ja, Ziyo shohichi, Olimjon,Hasanali, Safar bo'zchi, Kimsanboy,
A) 4 B)6 C)5
45. " Darbozasi sharqi-janubiyga qaratib qurilgan bu dongdor saroyni Toshkand, Samarqand va Buxoro savdogarlari egallaganlar..." ushbu parcha qaysi asarda olingan?
A) “Ikki eshik orasi”
B) “Padarkush”
C) “O'tkan kunlar”
46. "Qorako'z majnun"da keltirilgan As'hobi kahf to'g'risidagi hadisi sharif kimga tegishli edi?
A) Kampirning o'g'liga, itga
B) Bo'rixonga
C) Qorako'z majnunga
47. A. Qodiriy " Mehrobdan chayon" romanida qaysi obraz timsolida to'g'rilik va sadoqatni tarannum etadi?
A) Solih mahdum
B) Safar bo'zchi
C) Anvar
48. "Ikki eshik orasi" romani haqidagi to'g'ri ma'lumtlarni toping.
1. Komil tabib obrazi romanga ko'rk bag'ishlaydi;
2. Asar yetti qismdan iborat;
3. Qirq bobdan tarkib topgan;
4. Qirq yetti bobdan tashkil topgan;
5. Asarda 9 ta personaj kompazitsion qurilishini boshqaradi;
6. Orif oqsoqol obrazi individual qiyofasi bilan ajralib turadi;
7. Orif oqsoqol atrofdagilar odamiyligini sadoqat, ezgu amallar, va'daga vafo bilan o'lchaydi.
A) 1, 2, 4, 6, 7 B) 2, 4, 5 C) 2, 4, 7
49. " Rangi sarg'ayib, ikki chakagi ich-ichiga kirib ketgan. Ko'zlari qop-qora, chiroyli. Uzuz-uzun kipriklari qilt etmaydi" ushbu parcha qaysi asar qahramoni haqida?
A) "Tushda kechgan umrlar" Robiyaning onasi
B) "O'tkan kunlar" Zaynab
C) "Tushda kechgan umrlar" Robiya
50. " Mehrobdan chayon" romanidagi qaysi obraz hayoti ziddiyatlarga ko'milgan holda tasvirlanadi?
A) Abdurahmon
B) Solih mahdum
C) Sultonali
51. "Ikki eshik orasi" da qaysi obraz taqdiri badbaxtlikka borib taqaladi?
A) Qora amma
B) Robiya
C) Rano
52. Said Ahmad qaysi janrdagi asarlari bilan ikkinchi jahon urushining dahshatli oqibatlarini hayajonli tasvirlaydi?
A) hikoya
B) roman
C) felyaton
53. Qaysi asar qahramonlari o'zlari mansub millat tilida to'g'ri gapirishni ham, yozishni ham bilmaydi?
A) “Hayotga muhabbat”
B) “Padarkush”
C) “So'ngi saboq”
54. " Tug'ilgan yurtga muhabbat tuyg'usi uni tark etganiga ko'p yillar bo'lgan. Ona tili qadim-qadim zamonlardayoq unutilib ... tumanlar orasida qolib ketgandi". Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
A) “Ufq”
B) “Qorako'z majnun”
C) “”Chinor”
55."... yoshligida juda chiroyli edi. Sochlari taqimini o'pardi. Taraganda shamshod taroq ushlagan qo'llari sochining uchigacha yetmasdi". Ushbu parchadagi asar qahramonini toping.
A) Yaxshi qiz momo
B) Sharofat xola
C) Saodat
56. . "So'nggi saboq" hikoyasida mosye Amelning doskaga yozgan eng so'nggi so'zlari nima edi?
A) Yashasin Fransiya
B) Endi tamom... ketinglar
C) Fransiya, Elzas. Fransiya, Elzas
57. Hamid Olimjon qaysi she'rida yura-yura yo'lida ko'lga duch kelishini va bu ko'llarni tosh oynaga o'xshatishini aytadi?
A) G'azal
B) “Chimyon esdaliklari”
C) “O'rik gullaganda”
58. Qaysi asarda "birovga so'zini bermaydigan errayim kampir..." obrazi uchraydi?
A) “Qorako'z majnun”
B) “Sovg’a”
C) “Dunyoning ishlari”
59. Qaysi asarda dunyoning sirliligi, tuynuksiz qasrligi, muhabbat tuyg'usi insonga suyanch, yo'lini yoritadigan chiroq ekani bayon etiladi?
A) A. Oripov " Munojot"
B) H. Olimjon " O'rik gullaganda"
C) A. Oripov " Birinchi muhabbatim"
60. " O'tkan kunlar"dan Hasanali haqidagi to'g'ri ma'lumotni belgilang.
A) Uzun bo'ylik, qora yuzlik, chuvoq soqol deb ta'riflangan
B) Bolaligida Erondan kishi o'g'irlab kelguchi bir turkman qo'lidan sotib olingan
C) og'ir tabiatlik, ulug' gavdalik, ko'rkam va oq yuzlik
61. " Padarkush" dramasida quyidagi obrazlardan nechtasi ishtirok etmaydi?
1. Toshmurod 2. Pristuf 3. Imom 4. Oqsoqol 5. Xayrullo 6. Tangribek
A) 3 ta B) 2 ta C) 1 ta
62 " Hammadan ko'proq uni yuragi bezovta qilardi. U bir necha qadam bosmasdan yuragi duk-duk urib ketar, qinidan chiqib ketay deb dukillab ura boshlardi" ushbu parcha qaysi asardandan olingan?
A) “Hayotga muhabbat”
B) “Bahor qaytmaydi”
C) “Ikki eshik orasi”
63. Otabek Kumush ta'rifini dastlab kimdan eshitadi?
A) O'zi ko'rib qoladi
B) Savdogarlardan
C) Rahmatdan
64. . "Hayotga muhabbat" asaridagi odam oldida go'sht va hayot turardi. Undagi go'sht va hayot nima edi?
A) Bo'ri B) Baliq C) Ayiq
65. A. Oripov qalamiga mansub qaysi she'r bamisoli dunyoni ham, inson qalbini ham yovuzlikdan asrashga oid ogohnomadek taassurot qoldiradi?
A)” Munojot”
B) “Qo'riqxona”
C) “Yurtim shamoli”
66. A. Oripov qalamiga mansub qaysi asarda visolga erishmagan oshiq nolasi, g'aflatda qolib muhabbat tuyg'usiga beparvo bo'lgan lirik qahramonning ichki dardi va kechinmalari o'z aksini topgan?
A)” Munojot”
B) “Qo'riqxona”
C) “Yurtim shamoli”
67. "O'tkan kunlar" romanida darboza taqillatib, otini hurkitgani uchun Hasanalini jallodga topshirish niyatida bo'lgan obraz kim edi?
A) Azizbek
B) Rayimbek
C) Mirzakarim qutidor
68.Abdurahmon Jomiyning asari berilgan javobni toping.
A) "Munojot"
B) "Nafahot ul-uns"
C) "Nazm ul-javohir"
69. Navoiyning arab tilining izohli lugʻatiga bagʻishlangan asarni toping.
A) "Majolis un-nafois"
B) "Muhikamat ul-lugʻatayin"
C) "Yetti dengiz"
70. Arabchadan "chaqmoq chaqilishi, bir nazar tashlash maʼnolarini anglatgan sheʼriy sanʼatni koʻrsating.
A) talmeh
B) tazod
C) tashxis
71. "Toʻqqiz yuz oʻn ikkinchi yil voqealari", "toʻqqiz yuz oʻttiz oltinchi yil voqealari" (hijriy) kabi boʻlimlar qaysi asarning tarkibidauchraydi?
A) "Majolis un-nafois"
B) "Toʻnyuquq"
C) "Boburnoma"
72. Uch qismdan yoki har bir boʻlimi uch alohida kitob holida nashr qilingan asarlarni toping.
A)"Oʻtkan kunlar", "Shum bola", "Ufq"
B)"Mehrobdan chayon", "Kecha va kunduz", "Ulugʻ saltanat"
C)"Ikki eshik orasi", "Ufq", "Chinor"
73. Abdulla Oripov oʻzining qaysi asarida oʻzining maʼnaviy olamini barkamol boʻlishiga umid qilib, "Abdullaning boqiy kamoli" birikmasini qoʻllaydi?
A) "Munojotni tinglab",
B) "Yurtim shamoli"
C) "Qoʻriqxona"
74. Alfons Dodening asarlari berilgan javobni toping?
A) "Boʻri bolasi, "Izgʻirin bolalari"
B) "Kichkintoy", "Roza va Ninetta"
C) "Janub chopari", "Tungi parvoz"
75. Quyidagilardan masnaviy shaklida yozilgan kitobni koʼrsating.
A) "Boburnoma"
B) "Mubayyin"
C) "Nazm ul-javohir"
76.Qaysi ijodkorning "aksilsho‘robiy millatchilar guruhi a‘zosi, zararli g'oyalar targ‘ibotchisi" sifatida ayblanib, Qozog'istonning Qarag‘anda viloyati Jezqazg‘an lagerida xibsda bo'lib, shu davr mahsuli o‘laroq "lager turkumi" hikoyalari maydonga keladi?
A)Said Ahmad
B)Abdulla Qodiriy
C)Hamid Olimjon
77.Said Ahmad haqida bildirilgan fikrlarning noto’g’ri hukmini toping.
A) Uning birinchi hikoyalar to‘plami "Tortiq" nomi bilan 1940-yilda nashr etilgan.
B) Said Ahmad dramaturg sifatida "Kelinlar qo‘zg‘oloni", "Kuyov", "Bir o‘pichning bahosi" kabi sahna asarlari muallifidir
C) "Jimjitlik" romanida ijtimoiy hayotdgi turg‘unlik davri yoritilgan
78.Qaysi ijodkor ikkinchi jahon urushining dahshatli oqibatlarini hayajonli tasvirlab, urush qahramonlarini ulug‘lab, "Xazina", "Hayqiriq", "Rahmat azizlarim" kabi hikoyalarini xalqqa tortiq qilgan?
A) Said Ahmad
B) Abdulla Qodiriy
C) Hamid Olimjon
79.Quyidagi asarlar necha xil adabiy turga mansub?
1) "Kelinlar qo‘zg‘oloni" 2)"Mardlik cho'qqisi" 3)"To‘ylar muborak" 4)"Inson sadoqati" 5)"Jaloliddin Manguberdi"
A) ikki xil
B) uch xil
C) barchasi bir adabiy turga mansub
80.Yoshligida rassomlik kasbi bilan shug‘ullangan ijodkor haqida to‘g‘ri hukmni belgilang.
A) "Inson sadoqati", "To‘ylar muborak" komediyalarining muallifi
B) Ijodkor "Kelinlar qo‘zg‘oloni", "Kuyov" nomli dramatik asarlarning muallifi
C) "Zar qadri", "Samandar" nomli peyesalar muallifi