Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari
1. Pedagog shaxsining insonparvarlik yo‘nalishiga ega bo‘lishi: ya’ni, ta’lim oluvchilarning dini, irqi, millati, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, ularning barchasiga bir xil munosabatda bo‘lishni, o‘qituvchining o‘quvchini o‘zining farzandidek yaxshi ko‘rib, mehr bilan uning xohishi va irodasini to‘g‘ri yo‘naltirish asosida o‘qitishi va erkin fikrlovchi, faol, barkamol avlod qilib tarbiyalashi tushuniladi.
2. O‘qituvchilar ta’lim-tarbiyaning metodologik asoslari, mamlakatning iqtisodi va siyosati, mutaxasislik fanlari, ularni o‘qitish metodikasi, pedagogika va psixologiyadan professional bilimlarga ega bo‘lishi talab etiladi.
3. Ta’lim beruvchidan pedagogik qobiliyatga ega bo‘lishi talab etiladi. Shaxsning muayyan faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan va buning uchun zarur bilimlarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo‘ladigan individiual-psixologik xususiyatga qobiliyat deyiladi.
4. Pedagoglar pedagogik texnika sohiblari bo‘lishlari zarur. Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari: pedagogning nutq malakalari; pedagogning mimikasi va pantomimikasi; pedagogning o‘z psixologik (ruxiy) holatini boshqara olishi; aktyorlik va rejissyorlik mahoratlari kompleksidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |