1–bosqich. O‘quv fanining aloxida olingan mavzusiga doir ma’lumotlar, ya’ni bilimlar majmui o‘qituvchi tomonidan atroflich, chuqur tahliliy o‘rganiladi.
2–bosqich. Mavzu yaxlit matnini o‘rgatishnini asosiy maqsadi, matn har bir bo‘lagini o‘rganishning xususiy maqsadlari aniqlanadi. Qo‘yilgan maqsadlarga erishish vazifalari belgilab olinadi.
3–bosqich. Belgilab olingann maqsad va vazifalarga muvofiq, o‘quv jarayonining mazmuni ishlab chiqiladi.
4–bosqich. O‘quv mashg‘ulotining shakli, metod va vositalarini tanlanadi.
5–bosqich. O‘quv mashg‘ulotining har bir bo‘lagiga sarflanadigan vaqt taqsimoti qilinadi.
6–bosqich. O‘rganilgan o‘quv materiallarining o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilish, ya’ni natijadorlik darajasini aniqlashga qaratilgan, darsda va uyda mustaqil bajariladigan topshiriqlar (o‘qish, yozish, chizish, yasash, test) tizimi ishlab chiqiladi.
7–bosqich. O‘quvchilar bilimlarini baholash, ularni jurnal va kundaliklarga o‘tkazish, uyga vazifa va uni bajarishga doir tavsiyalar berish kabi tadbirlar belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |