1) ko`chma ma’no to`g`ri ma’noga zid qo`yiladigan hosila ma’no bo`lib, narsa, shaxs, belgi, miqdor, harakat tushunchalariga ko`chgan hosila ma’nodir. Masalan, ko`chaning boshi birikmasi tarkibidagi bosh leksemasining ma’nosi odam boshi birikmasi tarkibidagi bosh leksemasining ma’nosidan o`xshashlik asosida ko`chgan ma’nodir.
2) figural (lot. majoz degani) ma’no nominativ ma’noga zid qo`yiladigan hosila ma’no bo`lib, borliqdagi narsa, shaxs, belgi, miqdor, harakatlarni majoziy tarzda ifodalagan hosila ma’nodir. Figural ma’noda obrazlilik kuchli bo`ladi. Masalan, bahor leksemaning umr bahori birikmasi tarkibida ifodalagan “umrning yashnagan davri” degan ma’nosi majoziy ma’nodir, chunki bu ma’no “hayotning kamolga yetgan, yashnagan davri” degan mavhum tushunchani “yil fasllaridan biri” degan aniq tushunchaga bog`lagan holda ifodalayapti. Figural ma’no ko`pincha mavhum tushunchalarni ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |