1-ma’ruza umumiy tilshunoslikdan ma’lumot. Milliy til va adabiy til. Fonetika haqida umumiy ma’lumot reja


-§. Leksemalarda bir ma’nolilik va ko`p ma’nolilik



Download 1,88 Mb.
bet79/321
Sana29.12.2021
Hajmi1,88 Mb.
#79962
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   321
Bog'liq
maruza-matni

28 -§. Leksemalarda bir ma’nolilik va ko`p ma’nolilik
Til birligi sifatida tan olingan leksemalarda ham bir ma’nolilik va ko`p ma’nolilik mavjuddir. Boshqacha aytganda, bitta leksema bir sememaga, boshqa leksema esa bir necha sememaga ega bo`lishi mumkin.

Til va nutq birliklarini barcha sathlarda farqlay borish lozim. Shunday ekan, bir ma’nolilik va ko`p ma’nolilik hodisalarini ta’riflashda ham shunday yo`l tutish kerak bo`ladi.

Tilshunos olimlar bu o`rinda lisoniy ma’no va nutqiy ma’nolarni farqlaydilar.52 Lisoniy ma’no deganda til birliklariga xos bo`lgan ma’no nazarda tutiladi. Nutqiy ma’no esa leksemaning nutqiy vaziyatdan kelib chiqqan holda ifodalaydigan ma’nosidir. Masalan, Poyida yig'laydi kumush qor yum-yum (Oybek) gapidagi kumush leksemasi til biligi sifatida “oq-ko`kish rangli yaltiroq, asl metall”53 ma’nosini bildirsa, atoqli adibimiz Oybek bu leksemani “oq rangli” ma’nosida qo`llagan.

Shuni ta’kidlash lozimki, nutqiy ma’no leksemaning ko`chma ma’nosi emas, chunki bu ma’no hali til vakillarining barchasi tomonidan tan olinmagan, umumlashmagan ma’nodir.

Shunday ekan, biz bu o`rinda leksemadagi lisoniy ma’noning bitta yoki bittadan ortiq ekanligi haqida so`z yuritamiz.

Agar leksema bittagina ma’noga ega bo`lsa, bunday leksemalarga bir ma’noli leksemalar deyiladi. Bu hodisa tilshunoslikda monosemiya (yun. mono – bir, sema - belgi) deb ham yuritiladi. Masalan, ko`l leksemasining yagona sememasi quyidagi semalarni qamrab oladi: 1) suvga to`lgan havza; 2) atrofi berk suv havzasi; 3) chuqurlikdan iborat tabiiy suv havzasi; Shu leksemaning gap tarkibidagi hosilasi bo`lgan ko`l so`zida ham shu ma’nolar mavjud: Ko`l juda katta edi.

Ko`pincha lmiy atamalar, atoqli otlar, yangilik bo`yog`i o`chmagan leksemalar bir manoli hisoblanadi.

Agar leksema birdan ortiq ma’noga ega bo`lsa, bunday leksema ko`p ma’noli leksema deb ataladi. Bu hodisa tilshunoslikda polisemiya (yun. poli – ko`p, sema - belgi) deb ham yuritiladi.

Masalan, izohli lug`atda og`ir so`zining jami 17 ta ma’nosi keltirilgan54. Shulardan ba’zilarini quyida keltiramiz:

1) vazni katta bo`lgan, tosh bosadigan, vaznli, vazmin (og`ir yuk);

2) o`zini tuta biladigan, sipo, vazmin, bosiq (og`ir, vazmin yigit);

3) muayyan me’yori buzilgan, talabga javob bermaydigan (og`ir havo);



4) yomon oqibatlarga olib borishi mumkin bo`lgan, jiddiy, xavfli (og`ir dard) va h.


Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish