1-ma’ruza umumiy tilshunoslikdan ma’lumot. Milliy til va adabiy til. Fonetika haqida umumiy ma’lumot reja



Download 1,88 Mb.
bet1/321
Sana29.12.2021
Hajmi1,88 Mb.
#79962
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   321
Bog'liq
maruza-matni


1-MA’RUZA

UMUMIY TILSHUNOSLIKDAN MA’LUMOT. MILLIY TIL VA ADABIY TIL. FONETIKA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT

Reja:

  1. Tilshunoslik fani, uning vazifalari haqida ma'lumot.

  2. Tilning ijtimoiy mohiyati, tuzilishi, tilning paydo bo’lishi, taraqqiyoti.

  3. Tillarning tasnifi.

  4. Milliy til va adabiy til.

  5. Fonetika haqida umumiy ma’lumot.

Manbalardan ma’lumki, hozirgi zamon fanlarini quyidagi yirik guruhlarga ajratish mumkin:

1. Tabiiy fanlar.

2. Texnika fanlari.

3. Ijtimoiy-gumanitar fanlar.

4. Matematika fanlari1.

Tilshunoslik fani ijtimoiy-gumanitar fanlar guruhiga mansub bo‘lib, inson tili, ya’ni so‘zlashuv quroli uning o‘rganish obyektidir. “Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati”da bu fanga shunday ta’rif beriladi: “Tilshunoslik til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati,, vazifasi, ichki tuzilishi, tasnifi haqidagi; muayyan tillarning ish ko‘rish (faoliyat) qonunlari va tarixiy taraqqiyoti haqidagi fan”2.

Tilshunoslik fani yuqoridagi guruh fanlarning ko‘pchiligi bilan aloqadordir.

Tilshunoslik va tabiiy fanlar. Har qanday til tovush tilidir, chunki nutq tovushlarning muayyan ketma-ketligidan iborat bo‘lgan so‘zlardan tashkil topadi. Nutq tovushlari esa fizika fanining akustika bo‘limida ham o‘rganiladi. Nutq faoliyati insonning markaziy asab tizimi yordamida boshqariladi, demak, tilshunoslik fani fiziologiya fani bilan aloqada bo‘lishi lozim. Kimyo fanida valentlik degan tushuncha mavjud. Bu molekula tarkibidagi atomning boshqa atom bilan bog‘lanish xususiyatidir. Xuddi shu xususiyat tildagi so‘zlarda ham mavjuddir. Masalan, qizil, shirin, achchiq, yirik so‘zlari olma so‘zi bilan bog‘lana oladi, lekin yupqa, aqlli, a’lochi, beg‘am, ozg‘in so‘zlari olma so‘zi bilan bog‘lana olmaydi.

Tilshunoslik va ijtimoiy-gumanitar fanlar. Har qanday fan falsafa bilan bog‘liq, chunki falsafa barcha fanlarning kelib chiqish manbasi sifatida tan olingan. Tilshunoslik fani, birinchidan, falsafaning bilish nazariyasi bilan bog‘langan bo‘lsa, ikkinchidan, bu fan bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis o‘z tadqiqotlarida muayyan falsafiy yo‘nalishga tayanadi.



Ma’lumki, adabiyot so‘z san’ati sifatida tan olingan. Demak, tilshunoslikning markaziy tushunchalaridan bo‘lmish so‘z adabiyot uchun ham asosiy qurol bo‘lib xizmat qiladi. Shunday ekan, tilshunoslik adabiyotni o‘rganadigan adabiyotshunoslik fani bilan chambarchas bog‘liqdir.

Tilshunoslik tarix fani bilan bog‘liq, chunki til tarixi shu tilning egasi bo‘lmish millat tarixining bir qismidir.

Siz ”mantiqiy fikr”, ”bu mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan fikr” degan gaplarni eshitgansiz. Bu esa tilshunoslik va mantiq fanlarining o‘zaro bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Har ikkala fanni birlashtiruvchi narsa tafakkurdir. Tafakkur tilda so‘z, so‘z birikmasi va gaplar orqali namoyon bo‘lsa, mantiqda hukm, tushuncha va xulosalar ko‘rinishida aks etadi.


Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish