a) xususiy tilshunoslik alohida olingan tilning tovush tizimi, lug‘at boyligi va grammatik qurilishini o‘rganadi, shu sababli bunday tilshunoslik “o‘zbek tilshunosligi”, “rus tilshunosligi” kabi nomlar bilan ataladi.
b) umumiy tilshunoslik yer yuzida mavjud bo‘lgan barcha tillarning umumiy xususiyatlarini, kelib chiqishini, dunyo tillarning tasiflanishini o‘rganadi. U o‘z tadqiqotlarida xususiy tilshunoslik yutuqlaridan unumli foydalanadi.
2. O‘rganish maqsadiga ko‘ra:
a) nazariy tilshunoslik til hodisalariga nazariy jihatdan yondashadi, ya’ni shu hodisalar bo‘yicha umumlashma tarzida chqarilgan xulosalar, qoidalar yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |