1-Mavzu: Fanga kirish. Ijtimoiy ish va ijtimoiy ta'minot mohiyati. Reja



Download 122 Kb.
bet1/8
Sana30.06.2021
Hajmi122 Kb.
#105830
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Mavzu Fanga kirish. Ijtimoiy ish va ijtimoiy ta'minot mohiyat (1)


1-Mavzu: Fanga kirish. Ijtimoiy ish va ijtimoiy ta'minot mohiyati.

Reja:

  1. Fanning tuzilishi, maqsadi, kutilayotgan natijalar.

  2. Ijtimoiy ishning faoliyat turi sifatida yuzaga kelishining tarixiy ildizlari.

  3. Ijtimoiy ishning G‘arbiy Yevropa va Amerikada kasb sifatida yuzaga kelishi.

  4. XX asrda ijtimoiy ishning rivojlanishi. AQShda ijtimoiy himoya tizimi.

  5. Yevropa ijtimoiy ta'minot tizimi.

  6. Rossiyada ijtimoiy ish.

  7. O‘zbekistonda ijtimoiy ish.


Tayanch iboralar:

Ijtimoiy ish, reablitatsiya, statsionar, xayriya, ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy ko`mak, ijtimoiy dastur, filontropiya, ijtimoiy xodim.
Fanning tuzilishi, maqsadi, kutilayotgan natijalar.

Fanning maqsadi, vazifasi va tuzilishi: Fanning asosiy maqsadi – ijtimoiy ish, uning qimmati, tadqiqot metodlari va u bilan bog`liq yangiliklar haqidagi bilimni shakllantirish orqali professional kompententlik (chuqur bilimga ega bo`lish) va tenglikni talabalar ongida rivojlantirish.

Fanning vazifasi:

1. Ijtimoiy ishga kirish qimmati va prinsplarini talabalarda shakllantirishi va ularni amaliyotda qo`llay bilishga imkon yaratish;

2. Ijtimoiy ishning ahamiyatini faoliyatning asosiy turi sifatida ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy ishni rivojlanishining qisqacha tarixini qamrab olgan holatda o`zlashtirish;

3. Ijtimoiy ishning asosiy nazariyalarini ijtimoiy ishchi (amaliy sohadagi ishchi) amaliy faoliyati orqali ko`rib chiqish;

4. Ijtimoiy ish nazariyalarini amaliyotda qo`llash orqali yangilikka erishish;

5. Dalillarga asoslangan amaliyotning ahamiyatini, ijtimoiy ishdagi asosiy tadqiqot metodlarini ko`rib chiqish va tadqiqot yangiliklarini tinglovchilarda rivojlanishiga yordam berishdan iborat.

«Ijtimoiy ishga kirish» ijtimoiy ish bo`yicha mutaxasissning umumkasbiy tartib-intizomi hisoblanadi va bo`ljak mutaxassisda kasbiy madaniyatni shakklantirishga uni tarixiy, nazariy bilimlar, ijtimoiy ta’minot va kishi himoyasi dunyo amaliyoti jarayonida vujudga kelgan gumanistik qadriyatlar bilan boyitishga yo`naltirilgan.

Ijtimoiy ta’minot: tushunchasi va maqsadi1. Ijtimoiy ish - ijtimoiy ta’minotning, ijtimoiy ko`makka va madadga muhtojlarga ijtimoiy yordam berish bilan amaliyotidagi shakli hisoblanadi. U samarali bo`lishi uchun ijtimoiy ishchi odamarning muammolarini tushuna olishi va shu bilan birgalikda ularni texnogen qo`llay olishi kerak.

Bizning industrial, murakkab va tez o`zgruvchan jamiyatimizda sarflangan moddiy mablag`lar, kishilarning muxtojliklardan xolos bo`lishi, ijtimoiy yordam ko`rsatish tomonidan qaralganda ijtimoiy ta’minot sohasidagi faoliyati muhim funksiyaga aylanadi.2

Ijtimoiy ishning nisbatan umumiyroq ta’rifi – bu individ, guruh yoki jamoa hayotida pozitiv o`zgarishlarni amalga oshiruvchi, ijtimoiy ko`makni amalga oshirish faoliyati.



Ijtimoiy ko`mak nima? Keng ma’noda aytganda ijtimoiy ta’minot tushunchasi aholini xotirjamligini ta’minlashga yo`naltirilgan barcha tashkiliy muammolarni o`z ichiga oluvchi faoiyat. U o`z ichga ta’lim, sog`liqni saqlash, reablitatsiya, kattalar va bolalarga ijtimoiy himoya, ijtimoiy ko`mak, ijtimoiy sug`urta, kishilarga moddiy yoki ma’naviy xizmat ko`rsatish, psixoterapiya, konsultatsiya va aholini xotirjamligini ta’minlovchi boshqa barcha sohalarni oladi. Bu holatda ijtimoiy ish va ijtimoiy ta’minot tushunchalari turlicha ma’nolarni anglatadi3.

Ijtimoiy ish ensiklopediyasida P.Nelson Reyd (Reid 1995) ijtimoiy ta’minotni inson faoliyati va borlig`i, muxtojlik va tajovuzkorlikda aqliy xavfsizlikni ta’minlab berish uchun kerak bo`ladigan jamiyat deb ta’riflaydi. Individual xizmatlarni adolatlilik bilan baholaydigan jamiyat iqtisodiy samarador va stabil hisoblanadi. Ijtimoiy ta’imot g`oyasi kishilik jamiyati shakllanishi va boshqarilishi, ishlab chiqarishi va xizmat ko`rsatishi mumkinligiga asoslanadi, shuning uchun bu maqsadga yo`naltirilgan va ma’nan boyitilgan jamiyatni rivojlantirishni oxirigacha olib borish kerak.4

Avrora Universiteti Jorj Uilyams Kolledji (AQSH Viskonsin shtati) professori Charlz Zastrov yozishiga ko`ra: «Ijtimoiy ish odamlarning kishilar, ularning oilalari, guruhlari, tashkilotlari va birlashmalariga yordam berish jarayonida ularning shaxsiy, umuminsoniy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy potensialini ularning hayot faoliyatidagi sharoitlarini yaxshilash hisobiga huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Ijtimoiy ishchilar mijozlarni sharoitini tushunish, tanlov qilish, o`z tanloviga javobgarlikni zimmasiga olish va ularning hayotiga tashkilot va targ`ibot ko`rinishida ularga ta’sir qilish uchun potensialini kuchaytirishga intiladilar. Ijtimoiy ishchilar shuningdek, jamiyatdagi turli guruhlar orasida resurslar va kuchlarni adolatli taqsimlay olishga intiladilar. Bu kabi ijtimoiy odillikka berilgan urg`u ijtimoiy ish kasbining farqli jihatlaridan biri hisoblanadi. Ayni ushbu ishda asosiy e’tiborga olingan kishilar huquqi konsepsiyasiga qaratilgan katta e’tibor ijtimoiy ishning asosiy urg`usi bo`lib sahnaga chiqmoqda».5

Farqli tomoni shundaki, ijtimoiy ish – bu, kasb, fan va ta’lim beruvchi alohida fan sohasi, ijtimoiy ta’minot esa – keksalikda, kasal bo`lganda, mehnatga layoqadlilikni to`liq yoki qisman yo`qotganda, boquvchisini yo`qotganda, shuningdek “farzand”li oilali fuqarolarga moddiy ta’minot va xizmat ko`rsatish sistemasi sifatida qaraladi.

Ijtimoiy ta’minotning maqsadi shundan iboratki u jamiyatdagi barcha kishilarning ijtimoiy, iqtisodiy, sog`liqni saqlash va boshqa ta’minlanmagan ehtiyojlarini qondirishdan iborat. Ijtimoiy ta’minot barcha yoshdagi guruhlarni, boy va kambag`allarni ijtimoiy faoliyat yuritishini kengaytirishga yo`naladi. Bizning jamiyatimizda ijtimoiy ta’minotni amalga oshirish va ijtimoiy ta’minotni faoliyatini boshqarish zarur ijtimoiy institut sifatida qaraladi, bilamizki bozor iqtisodiyoti va oilani shakllantirish hozirgi kunda kishilar va kishilar guruhining aosiy ehtiyojlarini qondirishga yo`naltiradi.

Bizning jadal o`zgarib borayotgan jamiyatimiz – ijtimoiy nochorlikni va uysizlar soni, jinoyat darjasini ortishi, davriy energetik tanqislik, terrorizm, biz yashab turgan muhitni buzilishi kabi yangi muammolarni keltirib chiqarmaslik kerak.

Ijtimoiy ta’minot sohasidagi faoliyat bu:



  • Farzandli ota-onalarni uy joy bilan ta’minlash;

  • Alkogol yoki narkotik moddalarga ruju qo`ygan bemorlarni reablitatsiya qilish;

  • Emotsional qiyinchilikka ega bo`lgan odamlar bilan ishlash;

  • Ko`pgina keksa odamlar uchun yashash sifatini yaxshilash;

  • Jismoniy yoki aqliy layoqatsiz kishilarni reablitatsiya qilish maqsadida professional-texnik xizmat ko`rsatish;

  • Kambag`allarning moddiy ehtiyojini ta’minlash;

  • Jinoiy ish sodir qilgan o`smirlar va kattalarni reablitatsiya qilish;

  • Tahqirlash va zulm o`tkazishning barcha ko`rinishlarini yo`qotish.

Ijtimoiy ta’minot tashkilot ham alohida o`rganiladigan soha sifatida.

Ijtimoiy ta’minot atamasi bir qator ma’nolarga ega. Xususan u tashkilot sifatida va akademik alohida o`rganiladigan soha ko`rinishida namoyon bo`ladi. Ijtimoiy ishchilar Milliy Assotsiatsiyasi (AQSh dagi ijtimoiy ishchilar uchun asosiy professional tashkilot) ijtimoiy ta’minotga tashkilot sifatida quyidagicha ta’rif beradi: imtiyozli dasturlar va kishilarga ijtimoiy, iqtisodiy, ta’lim va tibboyotga ehtiyojlari yuzaga kelgan vaqtda yordam berib xizmat ko`rsatadigan, jamiyatga xizmat ko`rsatish uchun asos bola oladigan milliy sistema6.

Jenevada bo`lib o`tgan 2002-yil iyul oyidagi ijtimoiy ishchilarning Xalqaro Federatsiyasining yillik uchrashuvida quyidagilar qabul qilindi:

Ijtimoiy ish kasbi ijtimoiy o`zgarishlar, kishilar orasidagi munosabatlardagi muammolarni hal etish, kishilar va guruhlarni ularning xotirjamligi uchun safarbar qilish va ozod etish kabi vazifalarni bajaradi. Odamlar xulqi va ijtimoiy sistemalar haqida nazariyalar qabul qilinganda ijtimoiy ish odamlarning atrof muhit bilan munosabatlariga albatta aralashadi. Ijtimoiy ishning fundamental asosi inson huquqlari va ijtimoiy odillik tamoyillari hisoblanadi.

Ijtimoiy ishning eng umumiy maqsadi – o`z mijozlarini ehtiyojini qondirish. Unga mijozlarning erkinlik darajasini oshirish, kelib chiqqan muammolarni hal etish qobiliatini kengaytirish, mijozlarni ularga qonunan tegishli bo`lgan barcha narsalarga erishishga sharoit yaratish. Bundan tashqari kishilarni jamiyatda mijozning ijtimoiy ishchi ko`magiga muxtojlik kamayishi natijasida adaptatsiya yoki readaptatsiyalanishiga yordam berish ham shu maqsadlardan biri qatoriga kiritiladi.

Ijtimoiy dasturlar va xizmatlarga misollar – asrab olingan oilada tarbiyalanish, o`g`il qilib boqib olish, kunduzgi qarov, imtiyozlar, sinovli va ma’lum vaqtga ozod qilish, kam oylik oluvchi ota-onalarga va ularning farzandlariga moddiy yordam berish dasturi, uysizlarga xizmat ko`rsatish, sog`liqni saqlash xizmati, seksual terapiya, o`z joniga qasd qilishda ko`rasatiladigan yordam, Boy, Scouts va YWCA kabi ko`ngil ochar dasturlar, veteranlarga xizmat ko`rsatish, maktabga ijtimoiy ta’minot, tibbiyot xizmatlari va kambag’allarga yuridik xizmat ko`rsatish, oilani tashkillashtirishga k`omak berish, g`ildirakli tushlik, shaxsiy davolanish xizmati, bolalar bilan qo`pol munosabatda bo`lishni cheklash va uarni asrash, tasdiqlovchi ta’lim dasturlari, guruhlar bilan uchrashmoq va sezuvchanlikka o`rgatmoq, umuiy yashash binolari proyektini tuzish, oilaviy maslahatlar, anonym alkogoliklar, uzluksiz xizmatlar, rivojlanmay qolgan kishilarga xizmat k`orsatish va qayta tiklash xizmatlari.

Shu tariqa, shaxsning ijtimoiy mavqeini qayta tiklash, jamiyatda ijtimoiy adaptatsiyani ta’minlash, moddiy erkinlikka erishish ijtimoiy ishning maqsadi hisoblanadi. Bu maqsadga subyektning barcha faoliyatlari bo`ysunadi, shunga mos ravishda mazmunan taxlam vujudga keladi, boshqaruvchanlik tashkillashtiriladi, vosita tanlanadi, ish shakli va usullari ishlab chiqiladi.

Ijtimoiy ish: faoliyatning asosiy ko`rinishi. Ijtimoiy ish – ijtimoiy ta’minot – muxtojlarga, hayotdagi muammolarini mustaqil hal eta olmaydigan, ko`pgina holatlarda mustaqil yashay olmaydigan kishilarga ko`mak berish prinsiplarini amalga oshirishga yo`naltirilgan faoliyatning asosiy ko`rinishi. Ijtimoiy zaif kishilar guruhi – keksalar, nogironlar, ijtimoiy zaif oilalar, qiyin hayotiy holatda turgan kishilar, shu o`rinda bolalar bilan ishlashning jahon amaliyotida mavjud holat ijtimoiy ishchilar, ya’ni mutaxasisslar tomonidan tashkillashtiriladi va amalga oshiriladi.

Ijtimoiy ish o`zining amaliy faoliyatida boshqariladigan ijtimoiy ta’minot prinsplari asosida tashkil etiladi. Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi 1948-yilda ijtimoiy ta’minotning asosiy prinsplarini qabul qildi – ular, har bir jamiyat a’zosining ijtimoiy ta’minotga huquqliligi, shuningdek, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda shaxs rivojlanishi va yetilishining kerakli shart sharoitlarini yaratish.

Ijtimoiy ish jamaot birlashmasi sifatida keng ma’noda jamiyatda ma’lum tarixiy davr asosida amalga oshadigan, ijtimoiy, siyosiy va madaniy rivojlanish o`ziga xosligi bilan ajralib turadigan ijtimoiy ko`makning o`ziga xos modeli ko`rinishida namoyon bo`ladi. Qisqacha qilib aytganda ijtimoiy ish odamlarga yordam beradigan, ijtimoiy guruhlarga shaxsiy muammolarni va ijtimoiy qiyinchiliklarni yengib o`tishda ko`maklashishga yo`naltirilgan ijtimoiy-zarur faoliyat turi hisoblanadi. “Ijtimoiy ish” – butun dunyoda qabul qilingan tushuncha bo’lib, inson - inson odamiylik munosabatlarini aks ettiradigan tushuncha, insonning jamiyatga muvoffaqqiyatsiz ko`nikma hosil qilishini yengillashtirishga yo`naltirilgan faoliyat turi hisoblanadi.

Ijtimoiy ish filontropiya, muhtolarga yordam ko`rsatish va nafaqat kundalik muammolarni hal qilish. Balki, qiyinchiliklarni yengib o`tish va o`z o`ziga yordam ko`rsatish yangiliklarini rivojlantirish texnikasini ishlab chiquvchi sohalardan farqlanadi. Uni kishilarning istalgan hayotiy hoaltladagi kelib chiqqan muammolarni faol hal etishga o`rgatadigan faoliyat turi deb qarash mumkin.

Uyushmagan yakkachiliklardan ko`ra, professional davlat va xususiy korxonalar tomonidan ko`rsatiladigan yordam nisbatan samaraliroq hisoblanadi. Ijtimoiy ish rivojlanishining boshlang`ich bosqichlaridan u bilan filantropik uyushmalar shug`ullangan, ular asosan XIX-asrda yevropa malakatlarida kelib chiqqan sanoatlashuv va urbanizatsiya (jamiyat rivojida shaharlar rolning ortishi) oqibatida kelib chiqadigan ijtimoiy muammolarning qo`zg`alishidan xavfsiragan.

Sanoat kapitalizmining rivojlanishi o`zining oritdan G`arb jamoat tuzilmalarini keng ravishda o`zgrishga uchrashiga inson va jamiyat orasidagi yangi munosabatlarni vujudga kelishiga olib keldi. G`arbda yangi intellectual yo`nalishlar vakilari shakllandi ularning qarashlari, davlatning shaxs oldidagi ma’suliyati va majburiyatlari haqidagi tushunchalarni shakllanishiga olib keldi. Ijtimoiy muammolarning qayta qo`zg`olishi stabillik va tartibning izdan chiqishiga olib keladigan xatar sifatida qaraladigan qashshoqlik muammosining shakllanishiga olib keldi.

Va bu holat oqibatda, aholini turli qatlamlarini o`rganib chiqishning empirik holatiga zaruriyat yaratdi va ijtimoiy reformlarning o`tkazilishini asosiga aylandi, ijtimoiy reformatorlarning shakllanishi zamirida esa turli shakldagi ijtimoiy ishchilarning tayyorlanishiga zarurat yaratildi. Yangi harakatlarning intensiv rivojlanishi natijasida, maxsus xizmatlar rashkilotlari ijtimoiy ish nisbatan samarali modeli ustida izlanish olib borilishiga zamin yaratdi, bu ijtimoiy ish nafaqat tez yordam ko`rsatshga, balki profilaktik yoki ogohlantiruvchi xarakterdagi yordam ko`rsatishni shakllanishiga ham olib keldi7.

Ijtimoiy ishchilar keng ko`lamli muammolarga duch kelishadi. Bular alkogolizm, xususiy mulk huquqlarining buzilishi, bolalar bilan yomon munosabatda bo`lish, er-xotin orasidagi janjallar, pisixik va jismoniy kasalliklar, darbadarlik, jamiyatdan ajrab qolish. Bularning barchasi maxsus tayyorgarlikni talab etadi. Ushbu turdagi ishlar havaskorona yondashuvni ko`tarmaydi, ya’ni ijtimoiy ishchilar nafaqat mos bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishi, balki professional etik normalar va prinsplarga amal qila olishni shakllantirishni ham talab etadi.

Ijtimoiy ish kasb sifatida inson huquqlarini davlat, mutaxassis va tashkilot tomonidan rioya qilinishi, bilimlar va o`z davlatining ijtimoiy qonunchiligini ta’minlash, mijozlar qiziqishlari asosida va jamiyat rivojiga xizmat qilishi kerak. Ijtimoiy ish turli shakllarda faoliyat ko`rsatadi, ular ko`paspektli, mijozlarning va ularni o`rab turga atrof muhitni kompleks ta’sirlari asosida faoliyat ko`rsatadi. Ijtimoiy ishning vazifasi odamlar o`z potensialini ko`rsata olish qobilyatiga ega bo`lishlari, ijtimoiy munosabatlar disfunkisiyasini keltirib chiqarmaslik maqsadida to`liq, nokemtik hayot shakli yuritishi bilan bog`liq hisoblanadi. Professional ijtimoiy ishchilar xizmat ko`rsatadigan jamiyatda umumiy va alohida individlar, oilalar va hamkorliklar ichidagi o`zgarishlar agenti hisoblanadi. Ushbu kasb tizimli qiymat, nazariya va amaliyotga bog`liq bo`lib, insonparvarlik va demokratik tamoyillar aosisda shakllanganligi sababli, professional etik kodeks tenglik va insonparvarlik tamoyillarini hurmat qilishga asoslanadi. Yevropa va Janubiy Amerika mamlakatlarida bir necha yuz yilliklar ilgari paydo bo`lib, professional ijtimoiy ish amaliyoti ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish va har bir subyektning munosib hayot kechirishi uchun odamlar potensialini rivojlantirishni qo`riqlash bilan yuritilgan. Ijtimoiy ishchi kishilar huquqini himoya qilish va ijtimoiy odillik o`rnatish uchun faoiyat yuritadi. Aholini ijtimoiy zaif va qisman himoyalangan qatlami bulan birlashib, ushbu kasb qashshoqlikni kamaytirish va chiqarib tashlash, ijtimoiy qo`shimchalar prinsiplariga rioya qiladigan, ularga qaram va ruhiy tushkunlikka tushgan qatlamlarga qarshi kurash olib boradi.

Bularning barchasi va bundan tashqari kelgusi ijtimoiy ishchilarni oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida tayyorlashning uzluksiz jarayonida kerak bo`ladigan ko`pgina boshqa narsalarni o`z ichiga oladi.


Download 122 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish