1) shakliy o`xshashlik: odamning qulog`i (bosh ma’no) - qozonning qulog`i (ko`chma ma’no). Bunda quyidagilar asos bo`ladi: a) odamning tana a’zolari nomlari: bosh, qosh, peshona, ko`z, bet, yuz, burun, quloq, og`iz, lab, tish, til, yelka, bel, qo`l, oyoq, qo`ltiq; b) kiyimlar va ularning biror qismi nomlari: etak, yoqa; d) hayvon, parranda va hasharotlardagi biror a’zoning nomi: qanot, dum, tumshuq; e) o`simlik va uning bir qismi nomi: tomir, ildiz; Yana misollar: stolning oyog‘i, arraning tishi, varrakning dumi, o‘choq og‘zi, ariqning labi, egarning qoshi, yog‘ochning bеli, maktabning biqini (yonboshi), rubobning qorni, ko‘chaning boshi, kеmaning tumshug‘i;
Do'stlaringiz bilan baham: |