3) bog`li ma’no erkin ma’noga zid qo`yiladigan hosila ma’no bo`lib, uning voqelashuvi uchun muayyan matn, qurshov zarur boladi. Ayrim leksemalarning turg`un (frazeologik) iboralar tarkibidagina ifodalaydigan hosila ma’nolari bog`li mano hisoblanadi. Masalan, bel leksemasining bel olishmoq, bel bog`lamoq, beliga tepmoq, belini ko`tarmoq, belini sindirmoq, beli uzilmoq, belini bukmoq kabi iboralar tarkibidagina ifodalaydigan hosila ma’nolari bog`li ma’noga misol bo`la oladi.
30-§. Lug`aviy ma’no taraqqiyoti yo`llari
Ma’lumki, ijtimoiy hayotda, inson ongida, tafakkurida yuz bergan o`zgarishlar natijasida til ham o`zgarib, taraqqiy qilib boradi. Bu o`zgarishlar birinchi navbatda uning lug`at boyligida aks etadi. Lug`at boyligidagi o`zgarishlar esa birinchi navbatda leksemalar ma’nolarining rivojiga bog`liqdir.
Leksemalar ma’nolarining rivojlanishi quyidagi yo`llar orqali amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |