Bog‘lovchisiz qo‘shma gapning turlari
Bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlarining qanday shakllanishiga ko‘ra, ikki xil bo‘ladi:
1. Bir tipdagi qismlardan tashkil topgan bog‘lovchisiz qo‘shma gap. Bu xil qo‘shma gap qismlarining kesimlari bir xil shakllangan bo‘ladi: Chin muhabbat husn tanlamas, Husn uchun sevmas vafodor. (Shukrullo).
Bir tipdagi qismlardan tashkil topgan bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari orasidagi semantik munosabatlar quyidagicha bo‘ladi:
1. Bir paytda sodir bo‘ladigan voqea-hodisalar anglashiladi: Motor esa zo‘r berib tirillar, mashina silkinar edi. (Ch.Aytmatov). Bunday paytda butun vujudida ajoyib bir safarbarlik sezar, xotirasi, zehni, shuuri bir nuqta atrofida inoq to‘planardi. (P.Qodirov).
Do'stlaringiz bilan baham: |