Yomgʻir
Koʻchada sharros yomgʻir, Oldingi kun, oʻtgan kecha, U eslaydi birma-bir. Tarnovlar mushtoq ogʻir, Toʻxtamas hali yomgʻir. Bugun sizga ehtiyoj, Unutishdi yoʻllar ham, Hatto bosgan izlar ham. Yomgʻirmi yerga malham?! Lekin unutmang siz ham! Qani, ketdik, birodar! Birga tomchiga aylan. Senmi qoʻrqqan bulutdan? Yo bulut sendan qoʻrqqan? Ikkisidan biri shu - aynan. Intizor boqib hamon, Oftobni koʻrding qachon? Eslashga koʻp urindik... Yomgʻir tanlamas makon, Hatto tanlamas zamon. Oftob bilan uchrashdim, Unga dardimiz aytdim. Qachon kelasan qaytib? Charchagan ekan bildim. Nursiz yomgʻirga qaytdim...
12.02.2020. Muallif: Nodir Madraxim
Do'stlaringiz bilan baham: |