Pirovard daromad — mahsulot hajmini bir birlikka o'sishi (AQ) natijasida daromadning o'sishini AR(Q) pirovard daromad deb ataladi:
MR=AR(Q)/Q.
Shunday qilib, o‘rtacha daromad AR bir birlik mahsulotni sotish natijasida olingan AR=R(Q)/Q foydani ko‘rsatadi.
18-jadval ma’lumotlarida korxona (firma)ning pirovard va o‘rtacha daromadi o'zgarishi va uning talab egri chizig‘i berilgan (64-chizma).
R=6—Q
Ko‘rinadiki, bunday o‘rtacha daromad mahsulot birligining baho- sini ko‘rsatadi, xolos.
AR=R(Q)/Q=P
Bunday talab egri chizig‘i uchun baho 6 dollar bo‘lganda daromad (0)ga teng. Chunki bunday narxda hech narsa sotilmaydi. Lekin baho 5 dollar bo‘lganda bir birlik (dona) mahsulot sotiladi va daromad 5 dollar boiadi. Mahsulot sotish hajmining bir donadan ikki donaga o‘sishi daromadni 5 dollardan 8 dollarga ko'taradi. Shunda pirovard daromad 3 dollarga (8-5) tenglashadi. Sotilgan mahsulot miqdori 2 dan 3 ga ko‘tarilsa, pirovard daromad 1 dollargacha tushadi. Keyinchalik sotish hajmining 3 donadan 4 donagacha ko'payishi natijasida pirovard daromad salbiy bo‘lib chiqadi, ya’ni 1 bo'ladi. Shuni alohida aytish kerakki, pirovard daromad ijobiy bo‘lganda, umumiy daromadlar mahsulot sotish hajmi bilan barobar (birgalikda) o‘sadi, pirovard daromad salbiy bo‘lganda esa umumiy daromadlar pasayadi. Talab chizig'i pasga qaraganda tovar bahosi (o‘rtacha daromad) pirovard daromaddan yuqori. Chunki barcha miqdordagi tovarlar bir xil narxda sotiladi.
Tovarning bir birlik miqdorda sotish uchun baho pasayishi zarur va faqat qo'shimcha birlik mahsulot emas, balki barcha sotilgan mahsulot kam daromad keltiradi. Ishlab chiqariladigan mahsulot bir birlikdan ikki birlikka (1 dan 2 ga) oshganda, bahoning 4 dollar kamayishini ko'rish mumkin (18-jadval). Pirovard daromad 3 dollarga teng: qo'shimcha mahsulot birligini sotishdan olingan daromad 3 dollar birinchi birlik mahsulotni sotishdan ko'rilgan zarar hisoblanadi, chunki birinchi birlik mahsulot 5 dollar narxda sotilgan bo'lsa, ikkinchi birlik mahsulot 4 dollar narxda sotiladi (5—4). Pirovard daromad 3 dollarga teng, ya’ni mahsulot bahosi 4 dollardan ham kam.
18-jadval ma’lumotlari asosida chizilgan 64-chizmadagi umumiy daromad o'rtacha va pirovard daromadlar o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsatadi. Talab egri chizig'i bo'ylab pastga harakat qilib borgan sari P ning kamayishini. Q ning ortib borishini ko'rsatadi. Talab o'zgaruvchanligiga qarab umumiy daromad o'sishi yoki pasayishi mumkin.
Egri chiziqning yuqorisida (Q hajmi 3 dan kam bo'lganda) talab o‘zgaruvchan va bunda pirovard daromad ijobiy miqdorga ega bo‘ladi.
Chunki sotiladigan mahsulot hajmining o‘sishi, shuningdek, daromadni ham o‘stiradi.
doll.
Do'stlaringiz bilan baham: |