0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi erkin Egamberdiyev mikroiqtisodiyot


mahsulotdan kelgan sof tushum— bu daromaddir



Download 1,69 Mb.
bet213/288
Sana18.01.2022
Hajmi1,69 Mb.
#390097
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   288
mahsulotdan kelgan sof tushum— bu daromaddir. Mahsulot sotishdan kelgan sof tushumni aniqlash uchun (ishlar, xizmatlar) sotishdan kelgan tushumdan qo‘shilgan qiymat solig'i (QQS), aksizlar qiymati, chetga chiqarilgan mahsulot solig'i kabilar ayirib tashlanadi. Xuddi shu sodlgan mahsulotdan olingan sof tushum ko‘rsatgichi korxonani o‘z ixtiyorida qolgan daromadini ko‘rsatadi va bu daromad undan keyingi barcha turdagi foyda ko‘rsatgichlarini hisoblash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Daromadni taqsimlash tartibi quyidagi chizmada keltirilgan.

Fikrimizcha, avvalo «Sof tushum» tushunchasiga to‘g‘ri baho berish lozim deb hisoblaymiz. «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga asosan, sof tushum yalpi tushumdan egri soliqlarning (QQS, aksiz solig‘i, bojxona to'lovlari) formasi sifatida qaraladi. Bizningcha, bu to‘g‘ri emas, sof tushumga yalpi tushumdan moddiy xarajatlar ayirmasi sifatida qarash mantiqqa yaqinroqdir. Chunki xomashyo materiallarga daromad sifatida qarash noto'g‘ri. QQS ayirmasi sifatidagi qiymatini korxona uchun daromad sifatida qaraydigan bo‘lsak, u holda korxona foydasiga aloqasi bo‘l- magan davr xarajatlariga kiritiluvchi ko'plab ajratmalarni, soliqlarni ham chiqarishga to'g'ri keladi. Biz taklif etgan «sof tushum» - bu jamiyat uchun qaratilgan daromad bo‘ladi, ya’ni yalpi tushumdan material xarajatlar ayirmasi sifatidagi sof tushum davlat va korxona o'rtasida taqsimlanadi va korxonaning yoki davlatning daromadiga aylanadi.

Ko‘p hollarda bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda soliq yukiga baho berishda soliqlarning daromaddagi (ish haqi va foyda) ulushiga e’tibor beriladi. Fransuz iqtisodchisi A.LefFer ham soliq yuki va uning optimal variantlarini aniqlash bilan bog'liq ilmiy tadqiqotlarida foyda solig‘ining foydadagi ulushini tadqiq qilgan. To‘g‘ri, «foyda» ko‘r- satkichi korxona faoliyatining yakuniy moliyaviy ko‘rsatkichi hisob- lanadi. Korxona uchun olinadigan foyda va uning miqdoriga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlar bilan birga foydaning qancha qismi soliqlarga ketayotgani uning kelajakdagi tadbirkorlik faoliyatiga o'z ta’sirini o'tkazadi. Hozirgi paytda bizda «foyda» iqtisodiy kategoriyasiga baho berish ancha qiyinchiliklarni tug'diradi. Ayniqsa, soliq yukini aniqlash maqsadida foydaning shakllanishi va uning budjet va korxona o‘rtasida taqsimlanishi bilan bog‘liq ancha muammolarni yuzaga keltiradi. Chunki foydaning «soliqqa tortilgunga qadar bo'lgan foyda», «soliqqa tortiladigan foyda», «sof foyda» kabi koTsatgichlarda ifodalanadi. Yildan-yilga korxonalarda bu foydalar o‘rtasidagi farqlanish kuchayib bormoqda.

Bu farq oxirgi yillarda kuchaymoqda. Bu esa korxonalarda yara- tilayotgan foydaning past darajada ekanligidan va soliqqa tortishning yuqori darajada ekanligidan dalolat beradi.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, korxonalarni soliqqa tortish soliqlar bo‘yicha og‘irlik markazi korxonalar xo‘jalik faoliyatini oxirgi natijasiga bog‘liq qilib qo‘yilmagan. Korxona foyda olish yoki olmas- ligidan qat’iy nazar to‘lanadigan soliqlar soni va ulushi nihoyatda katta. Korxonalar foydasining yildan-yilga kamayishi natijasida davlat budjeti daromadlari tarkibida ham yuridik shaxslar daromad foyda solig'i salmog‘i ham pasaymoqda.

Korxona foydasiga bog‘liq bo‘lmagan soliqlarning ko'payishi natijasida respublikada yaratilgan yalpi ichki mahsulotning pirovard iste’mol sarf xarajatlari tarkibidagi moddiy aylanma vositalar zaxirasi katta miqdorda kamayishi kuzatilmoqda, ya’ni korxonalar aylanma mablag'lari chetlashib, soliq va majburiy ajratmalarni to‘lash va boshqalar uchun sarflangan.

Xo‘jalik yurituvchi subyekt (yurilik shaxs) faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi:



  1. Download 1,69 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish