Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda. Bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotni ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tavofut, farqdir.
YaF = SST - IT,
bunda, YaF - yalpi foyda;
SST - sotishdan olingan sof tushum;
IT - sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi.
Asosiy faoliyatdan ko‘ri!gan foyda — mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davriy xarajatlar o‘rtasidagi tafovut va asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa daromadlar va zararlar farqining yig‘indisi sifatida aniqlanadi:
AFF = YaF - DX + BD - BZ,
bunda, AFF — asosiy faoliyatdan olingan daromad;
DX - davr xarajatlari;
BD - boshqa asosiy faoliyatdan olingan daromad;
BZ — asosiy faoliyatdan ko'rilgan boshqa zararlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |