2021-2022-o‘quv yilining 2-semistri uchunm 2-oraliq nazorat
SAVOLLARI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI, IQTISODIYOT KAFEDRASI
ORALIQ NAZORAT
Vаriаnt № 1
Moliyaning vazifalari.
Davlat budjeti va uning moliyaviy resurslarni shakllantirishdagi ahamiyati
1-keys
AQSHda 1929-yili yaratilgan YaMM 103,1 mlrd. dollardan 1933- yilga kelib 55,6 mlrd. dollarga, amortizatsiya 9,9 mlrd. dollardan 7,6 mlrd. dollarga tushdi. Real YaMM 1987-yil baholarida 821,8 mlrd. dollardan 587,1 mlrd. dollarga qisqardi. Inflatsiya darajasi 1933-yili -5,1%ni tashkil etdi. Ishsizlar 1,6 mln. kishidan 12,8 mln. kishiga ko‘paydi. Xususiy investitsiyalar 16,7 mlrd. dollardan 1,6 mlrd. dollargacha qisqardi.
Tushkunlik 1940-yilga kelibgina to‘xtatildi. 1933-yilda 1929-yilga nisbatan YaMM, (joriy va 1987-yil o‘zgarmas narxlarida) amortizatsiya, ishsizlar, investitsiya qanchaga qisqarganini hisoblang. Nima sababdan bu tanglik tarixga «Buyuk depressiya» nomi bilan kirgan? Izohlang.
“Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri X.S.Asatullayev
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI, IQTISODIYOT KAFEDRASI
ORALIQ NAZORAT
Vаriаnt № 2
Budjet taqchilligi va davlat qarzlari, ularning iqtisodiyotga ta‘siri
Soliqlar va uning vazifalari
1-keys
O‘zbekistonda mehnat resurslari va iqtisodiyotda band aholining soni (shartli misol: 2020-yil, ming kishi)
1-jadval
|
Aholining o‘rtacha miqdori
|
Mehnat resurslari
|
Iqtisodiy faol aholi
|
Iqtisodiyot-da bandlar
|
O‘zbekiston
|
29993.5
|
17663,1
|
12850,1
|
12223.8
|
Qoraqalpog‘iston respublikasi
|
1711.8
|
|
|
600.2
|
Andijon
|
2756.4
|
|
|
1176.3
|
Buxoro
|
1729.7
|
|
|
804.4
|
Jizzax
|
1205.0
|
|
|
402.9
|
Qashqadaryo
|
2831.3
|
|
|
1036.6
|
Navoiy
|
888.4
|
|
|
418.5
|
Namangan
|
2458.7
|
|
|
872.1
|
Samarqand
|
3380.7
|
|
|
1314.4
|
Surxondaryo
|
2260.6
|
|
|
843.0
|
Sirdaryo
|
750.6
|
|
|
334.8
|
Toshkent
|
2695.7
|
|
|
1215.5
|
Farg‘ona
|
3329.7
|
|
|
1398.8
|
Xorazm
|
1653.8
|
|
|
643.4
|
Toshkent sh.
|
2340.9
|
|
|
1162.2
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha mehnat resurslari va iqtisodiy faol aholi miqdorini aniqlang. Jadvalni keyingi yil ma’lumotlari bilan to‘ldiring. Tahlil qilib, xulosa chiqaring. Mehnat resurslari bilan iqtisodiy faol aholining farqini ko‘rsating.
“Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri X.S.Asatullayev
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI, IQTISODIYOT KAFEDRASI
ORALIQ NAZORAT
Vаriаnt № 3
Soliq solish tamoyillari va soliq imtiyozlari
Soliqlarning turkumlanishi
1-keys
Mamlakatda qattiq inqiroz yuz berayapti. Agar iste’molga me’yoriy moyillik 0,8 ga teng bo‘lsa, yalpi talab egri chizig‘i 25 mlrd. so‘m hajmida o‘ngga siljishi uchun, ya’ni G hajmini 25 mlrd. so‘mga ko‘paytirish uchun davlat sarflarini qanchaga ko‘tarish kerak?
Shu miqdorda yalpi talab o‘sishi uchun soliqlarni qanchaga pasaytirish kerak. Farqi nimada?
“Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri X.S.Asatullayev
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI, IQTISODIYOT KAFEDRASI
ORALIQ NAZORAT
Vаriаnt № 4
Soliq yuki va uning darajasini aniqlash
O‘zbekistonda soliq tizimining soddalashtirilishi va unifikastiya qilinishi
1-keys
Quyidagi jadvalda turli foiz stavkalarida investitsiyaga talab hajmi berilgan. Iste’molga me’yoriy moyillik 0,75.
Foiz stavkasi
|
Rejalashtirilgan sof investitsiyalar, mlrd. so‘m
|
24
|
180
|
22
|
200
|
20
|
220
|
18
|
250
|
16
|
270
|
a) agar davlatning tovar (xizmat)larni sotib olish hajmi 15 mlrd. so‘mga o‘ssa, sof milliy mahsulotning real muvozanatli hajmi qanday o‘zgaradi?
b) agar ana shu davlat sarflarini 15 mlrd. so‘mga o‘sishi, soliqlarni ham 15 mlrd. so‘mga o‘sishi bilan yuz bersa, real sof milliy mahsulot va daromadning real hajmi qanday o‘zgaradi, hisoblang.
Davlatning fiskal siyosati YaMM, SMM, milliy daromadga qanday ta’sir ko‘rsatishini izohlang.
“Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri X.S.Asatullayev
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI, IQTISODIYOT KAFEDRASI
Do'stlaringiz bilan baham: |