Texnik tayyorgarlik –yengil atletikachining umumiy va maxsus jismoniy
mashqlarni bajarishida yengil atletikachining sport tayyorgarligining bitta jihati
bo‘lib, harakat ko‘nikmalari va malakalarining o‘zlashtirilishi, mustahkamlanishi va
takomillashtirilishiga yo‘naltiriladi.
Soqqani irg‘itish –yengil atletikada uloqtirish turlaridan biri bo‘lib, maxsus sport
snaryadini – ya‘ni, diametr o‘lchami 2,135 metrga teng bo‘lgan doira sohasida
soqqani (yadro) «irg‘itish» ko‘rinishida (qo‘llarning irg‘itish ko‘rinishidagi
siltanishi asosida) uloqtirilishidan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |