§ 2-mavzu. Yangi davrda industrial tizimning vujudga kelishi (XVIII asr)



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana09.02.2022
Hajmi0,59 Mb.
#439154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 мавзу итт

4.2.
 
Angliya - sanoat inqilobining vatani 
XV
asrga kelib Angliya jahon yetakchisi hisoblangan Gollandi- yadan kapitalistik 
manufakturalarning o'sish sur'atlari, jahon sav- dosi va mustamlaka iqtisodiyoti bo'yicha o'zib 
ketdi. XVIII asr o'rtasiga kelib Angliya yetakchi kapitalistik mamlakatga aylandi. 
Qishloq xo'jaligi. XVIII asrda Angliya asosan agrar mamlakat hisoblanardi. XVII asr 
o'rtalaridagi burjua inqilobidan so'ng mayda va o'rta dehqon xo'jaliklarini yirik yer mulkdorligi 
tomonidan siqib chiqarilishi XVIII asr o'rtalarida dehqonchilikni sinf sifatida ahamiyatini yo'qolib 
borishiga olib keldi. Jamoa va mayda dehqonchilikni tugatilishi natijasida yer mulkini qayta 
taqsimlani- shi, yerga yirik egalik qilish va kapitalistik fermerlikni rivojlanishi amalga oshirildi. 

pomestyelarni yiriklashtirilishi lenlordlarga qishloq xo'jalik texnikasidan keng 
foydalanish imkonini berdi. 

agrotexnika takomillashtirildi 

almashlab ekishga o'tish amalga oshirildi 

yirik fermerlar yollanma ishchilarni jalb qilib, yetakchi tex- nikani ishlatib va yer 
egalariga kapitalistik rentani to'lab xo'jalik yurita boshlashdi. 

qishloq xo'jaligi mahsulotlariga bo'lgan barqaror talab va ichki va tashqi bozorlarni 
muntazam kengayib borishi ishlab chiqarishni takomillashtirishga doimiy rag'bat bo'lib xizmat 
qila- di. 
XVI
asrda mayda yerlarni yirik yer egalari tomonidan tortib olinishi jarayoni yirik 
fermalar uchun ochiq dalalarni paydo bo'lishiga olib keldi. Yer uchastkalarini yiriklashuvi va 
mayda ija- rachilarni yiriklari tomonidan siqib chiqarilishi ijara to'lovlarini o'sishiga olib keldi. 
Uning hajmi ba'zida oddiy to'lovdan 4-10 barobar katta bo'lar edi. Mayda yerlarni yirik yer egalari 
tomonidan tortib olinishi jarayonini kengayib borishi ingliz parlamenti tomonidan qabul qilingan 
huquqiy aktlar sonidan ham ko'rinadi. 
XVIII
asrning birinchi choragida - 15 akt, asr o'rtasida - 220 ta akt, asr oxirida 1,5ta akt. 
Jamoa va dehqon yerlarini lenlordlarning xususiy mulkiga aylanishi jarayoni 1800 yilda qonun 
qabul qilini- shi bilan yakunlandi. 
Shunday qilib XVIII asrda Angliyaning qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi yuqori darajada 


4-MAVZU. YANGI DAVRDA INDUSTRIAL TIZIMNING VUJUDGA KELISHI (XVIII asr)
68
rivojlanar edi. Uning tovarlilik darajasi oshdi. Yerda ishlamaydigan aholining oziq-ovqat 
mahsulotlari- ga, sanoatni esa xom ashyoga bo'lgan o'sib borayotgan ehtiyoji to'liqroq qondirila 
boshlandi. O'z navbatida yerlarni yiriklashtirish jarayoni ish kuchi zaxirasini vujudga keltirib uni 
sanoatda foyda- lanishga imkon yaratadi. 
Sanoat to'ntarilishining shart-sharoitlari. XVII asr o'rtalaridagi burjua inqilobi natijasida: 

kapitalistik rivojlanish oldida turgan to'siqlarni olib tash- landi. 

yerga burjua mulkini o'rnatildi 

milliy bozorni shakllanishini jadallashtirildi 

mamlakatda monarxiya boshchiligida yer va moliyaviy aris- tokratiya ittifoqi 
shakllandi 
Amalga oshirilayotgan proteksionizm siyosati olib kelinayot- gan xorijiy tovarlarga yuqori 
bojxona bojini o'rnatdi. Jahon bo- zorida boshqa tovarlar bilan raqobatlashish uchun Angliya fab- 
rika usulida va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishi zarur edi. 
Angliya ilmiy tadqiqotlarga va ixtirolarni amaliyotga joriy etishga yetarli bo'lgan kapitalni 
jamlashga muvaffaq bo'ldi. Ker- akli mablag'ning manbalari: 

davlat qarzi; 

soliq stavkasini oshirilishi; 

ishlab chiqarish va savdoni kengaytirilishi. 
Angliyaning XVIII asrdagi savdo urushlari yangi mustamlaka- 
larni bosib olinishi bilan yakunlanar edi. XVIII asrda Angliya 120 ta mustamlaka bosib 
olish urushlarida qatnashdi. 
Britaniya mustamlaka imperiyasini shakllanishi Yetti yillik urush (1756-1763) bilan 
yakunlandi. Unda g'alaba qozonib Angliya Fransiyani Hindistondan siqib chiqardi, Kanadani 
bosib oldi va qudratli mamlakatga aylandi. 
Angliya burjuaziyasi mustamlakalarni talash evaziga katta mablag' to'pladi. 
Mustamlakalarga olib borilayotgan tovarlar mo- nopol yuqori narxlarda sotilar edi. 
Mustamlakalardan esa tovarlar suv tekin narxlarda olib kelinar edi. 
64 
Angliya yiliga 20 ming qora tanlilarni Amerikaga olib borib qul sifatida sotish evaziga juda 
katta foyda topar edi. 
Sanoat to'ntarilishining yo'nalishlari va oqibatlari. Sanoat to'ntarilishi - bu qo'l mehnatiga 
asoslangan manufakturadan sanoat burjuaziyasi va sanoat proletariatini shakllanishi bilan 
birgalikda amalga oshadigan fabrika-zavod ishlab chiqarishiga o'tishdir. 
Sanoat to'ntarilishining yo'nalishlari: 

To'ntarilish birinchi bo'lib tekstil sanoatida boshlandi. Mato va gazlamalar yangi 
mashina va uskunlarda ishlab chiqarilib, ar- zon narxlarda bozorda sotila boshlandi va 
raqobatchilarni siqib chiqardi 

Keyingi yo'nalish - metallurgiya sanoatini rivojlanishi bo'lib, oxir natijada u ko'mir 
qazib olishga kuchli ta'sir ko'rsatdi. 

Ko'mir qazib olishni rivojlanishi transport kommunikatsiyasi taraqqiyotiga olib 
keldi. 

Transportni rivojlanishi savdoni taraqqiy etishiga turtki bo'ldi. 

Yakuniy bosqich bo'lib mashinasozlik tarmog'i namoyon bo'ldi. Bunda metallga 
ishlov beruvchi mashinalar ishlab chiqarila boshlandi. 

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish