Ingliz va o’zbek tillarida qo’shma so’zlar klassifikatsiyasi
Qo’shma so’zlar klassifikatsiyasida semantik xususiyatiga ko’ra turlari ma’lum va mashhurdir. Semantik xususiyatiga ko’ra qo’shma so’zlar quyidagi turlarga bo’linadi.
to’liq asoslangan;
qisman asoslangan;
d) asoslanmagan.
To’liq asoslangan qo’shma so’zlarda tuzilishi va tarkibiy qismlaridagi individual leksik ma’nolar to’liq bir–biriga asoslangan bo’ladi. To’liq asoslangan qo’shma so’zlarda gapiruvchi so’zning tarkiblaridagi moslashish va ma’nodagi joylashishni hamda o’zakdagi leksik ma’nolarning bog’liqligini ko’radi. Qo’shma so’zlar to’liq asoslangandir. Misol uchun, bunday so’zlarning leksik ma’nosi ularning tarkibiy qismlaridan aniq va oson tushuniladigan bo’lishi kerak. Ikkita mustaqil morfemalarning hech biri ko’chma ma’noda bo’lmasligi lozim, yanada oydinlashtirsak, ular o’z ma’nosini har biri o’z ma’nosni saqlagan holda yangi so’z yaratishi yaratish lozim. Masalan:
Ingliz tilida: wind–driven, sky–blue, foot–step, foot–pump, door–handle. O’zbek tilida: qo’l yozma, oqsoqol (soqoli oq inson ).
Qisman asoslangan qo’shma so’zlarning qaysidir biri o’z ma’nosida bo’lmaydi, ammo ulardagi ma’no hali ham aniq bo’lib turadi, misol uchun: hand– bag (sumka) – bu maxsus qo’lda ko’tarilib yuradigan sumka, flower–bed qo’shma so’zidagi ikkinchi qism taklif qilganidek qandaydir mebel emas, balki gullar o’sadigan yer, handcuff (kishan) – faqatgina birinchi qimsdagi hand (qo’l) bilan bog’liq.
Xuddi shunday misollarni o’zbek tilida ham ko’rib chiqsak: baqaterak– terakning bir turi yoki nomi, xomsemiz – juda ham semiz emas, bularni ikkinchi
tarkibi bilan bog’liq bo’lgani uchun qisman asoslangan qo’shma so’zlar tarkibiga kiritdik.
Asoslanmagan qo’shma so’zlar. Bunda biz mustaqil morfemalarning asl ma’nosi va tarkibidagi umuman bog’liqlikni uchratmaymiz. Natijada asoslardan leksik ma’noni xulosa qilib bo’lmaydi. Masalan: fiddlesticks –“nonsense rubbish”
– “bekorchi yoki norozi” bo’lish. Fiddle – firibgarlik, stick – asosan yopishtirmoq ma’nosida keladi. Ikkita mustaqil asosning hech biri “bekorchi yoki norozi bo’lish” ma’nosini bermaydi va bular shu sababga ko’ra asoslanmagan hisoblanadi. Night– cap – “a drink taken before going to bed at night” – tunda uxlashdan oldin ichiladigan dori”, sweet–tooth–one who likes sweet food and drink – shirin ovqat yoki ichimliklarni yaxshi ko’rmoq.
Barcha misollardan ko’rishimiz mumkinki, qo’shma so’zlarning tarkibdagi so’z leksik ma’nosidan bunday ma’nosini tushunib bo’lmaydi. Bu guruhga kiruvchi ba’zi qo’shma so’zlarning butun so’zdagi yoki komponentlardagi ma’nosi so’z asl ma’nosi bilan mantiqiy bog’liq bo’ladi. Yuqoridagi sweet–tooth misoli bunga namuna bo’la oladi: sweet – shirin, tooth – tish demak, butun so’z tarkibidagi sweet – shirin so’zi shirin ichimlik yoki ovqatni yoqtirmoq ma’nosiga mantiqiy bog’langan. Umuman, semantik holatga uchramaydigan misollar ham bor, masalan, dog–days – “the hottest part of July and August” – “iyul va avgust oylaridagi eng issiq payt”.
O’zbek tilida: suyuq oyoq – odatda qizlarga nisbatan ishlatilib, yomon yo’lga kirgan qizlarga aytiladi. Sho’r tumshuq – chehrasini ochib gapirmaydigan yoki har gapga arazalaydigan inson, sovuq qon – gaplari muomalasi yoqimsiz bo’lgan odam. Barcha misollardan ko’rinadiki, ularning tarkibidagi asl ma’no tashkil qilingan qo’shma so’z ma’nosiga umuman bog’liq emas.
Ba’zi paytlarda shunday so’zlarga ham duch kelamizki, ular ham
Do'stlaringiz bilan baham: |