Hotam Umurov adabiyot qoidalari


I. Sharq klassik adabiyotida adabiy-tanqidiy fikrlar taraqqiyoti



Download 1,16 Mb.
bet11/125
Sana01.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#162002
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   125
Bog'liq
adabiyot qoidalari

I. Sharq klassik adabiyotida adabiy-tanqidiy fikrlar taraqqiyoti

Qadimgi Sharq mumtoz adabiyotshunosligida adabiy-tanqidiy fikrlar sinkretik tarzda (narsaning dastlabki, bir-biridan ajralmagan, qorishiq holatida) mavjud bo’lgan. „Shu tufayli o‘tmishda adabiy-tanqidiy qarashlar, she’r va shoirlik haqidagi mulohazalar tarixiy yodnomalarda, esdalik tipidagi asarlarda, devonlarga yozilgan debochalarda, manoqib holatlarda, kichik lirik janrlardagi asarlarda, dostonlarning maxsus boblarida, tazkiralarda, aruz, qofiya, badoye’ va sanoye’ga doir risolalarda, ba’zan esa ilmi adab deb atalmish ilmlar turkumiga bag‘ishlangan kitob va lug‘atlarda bayon etilgan.”3 Ularni quyidagicha shakllarga bo’lish mumkin:

1. Adabiy-tanqidiy fikrlar, eng avvalo, adabiy anjuman va yig’ilishlarda, o‘zaro suhbatlarda og‘zaki shaklda, ko‘pincha fikr olishuvlar va munozaralar tarzida kechgan. Bu holatning tasviri tarixchi Xondamirning „Makorim ul-axloq“ asarida ham aks etgan:

„Mavlono Lutfiy so‘z lutfida yagonayi davron edi. Undan ilgari hech kim turkiy tilda she’rni undan yaxshiroq ayta olmagan. Oliy hazrat yoshlari endigina to’lib, yigitlik davri boshlangan paytda, bir kuni Lutfiy xizmatiga bordi. Lutfiy — o‘z nozik fikrlaringizning natijalaridan yuzaga chiqqan bir g‘azalni o‘qish bilan bizni bahramand qilsangiz, deb iltimos qildi. Ul hazrat bir g‘azal o‘qidi. Uning matlayi mana shu:

Orazin yopqach, ko‘zimdin sochilur har lahza yosh,

Bo‘ylakim, paydo bo’lur yulduz, nihon bo’lg‘ach quyosh.


Mavlaviy janoblari bu alangali g‘azalni eshitish bilan hayrat dengiziga cho‘mib, shunday dedi: „Volloh, agar muyassar bo’lsa edi, o‘zimning o‘n-o‘n ikki ming forsiy va turkiy baytimni shu g‘azalga almashardim va buning yuzaga chiqishini zo‘r muvaffaqiyat hisoblardim“.4

Bu og‘zaki bo’lib o‘tgan mulohazadan ko‘rinadiki, alloma Alisher Navoiy yigitlik davridayoq „o‘z zamonining malik ul-kalomi“ nazariga tushgan va poetik mahoratining yuksakligi sababli ularni qoyil qoldirgan.

2. Sharq mumtoz adabiyotida shoir va shoirlik haqidagi mulohazalar dostonlar, she’rlar tarkibida ifoda qilingan. Jumladan, Alisher Navoiyning „Hayrat ul-abror“ dostonida nasr va nazm, ma’no va shakl haqida shunday so‘z yuritiladi:
Nazm anga gulshanda ochilmog‘lig‘i,

Nasr qaro yerga sochilmog’ligi.


Bo’lmasa e’joz maqomida nazm,

Bo’lmas edi tengri kalomida nazm.


Nazmda ham asl anga ma’ni durur,

Bo’lsun aning surati harne durur.


Nazmki ma’ni anga marg‘ub emas,

Ahli maoniy qoshida xo‘b emas.


Nazmki ham surat erur xush anga,

Zimnida ma’ni dog’i dilkash anga.5


Ya’ni „Gulshanda gullarning saf tortib ochilib turishi, bu — nazm; ularning yerda sochilib-to‘kilib yotishi esa nasrdir. Nazm bu qadar yuksak e’zozlanmasa, tangri so‘zi („Qur’on“)da nazm bo’lmas edi. Nazmda ham asosiy narsa ma’nodir, uning shakli esa har xil bo’lishi mumkin. Yaxshi mazmunga ega bo’lmagan she’r tushungan odamlar tomonidan yaxshi baholanmaydi. Ham yaxshi shaklga ega bo’lgan, ham go‘zal ma’no asosiga qurilgan she’r haqiqiy she’rdir“.

Haqiqiy badiiy asardagi mazmun va shaklning omuxtaligini bunday tushunish bugun ham amalda ekanligi Alisher Navoiy tushunchalarining haqqoniyligi, aslligi, asosliligi, umriboqiyligiga dalolatdir.

3. Adabiy jarayon va so‘z san’atkorlarining xususiyatlari haqidagi fikrlar tarix, tarixiy-esdalik va nasihatnomalarda ham uchraydi. Zahiriddin Muhammad Boburning „Boburnoma“, Zayniddin Muhammad Vosifiyning „Badoye’ ul-vaqoye’“, Kaykovusning „Qobusnoma“, Nizomiy Aruziy Samarqandiyning „Majma’ un-navodir“ asarlarini misol keltirish mumkin.

„Boburnoma“da „Alisherbek naziri yo‘q kishi erdi. Turkiy til bila to she’r aytubdirlar, hech kim ancha ko‘p va xo‘b aytqan emas“, degan odilona va rostgo‘y xulosaga duch kelsak, „Qobusnoma“da „Har xil narsa yozmoqchi bo’lsang, o‘z fikring bilan yozgil, boshqalarning so‘zini takrorlama, agar boshqalarning so‘zini takrorlasang, ko‘ngling ochilmaydi, she’r maydoni senga keng bo’lmas va dastlabki she’r yozgan darajangda qolaverasan“, degan to‘g‘ri o‘gitni ham uchratamiz.

4. „Sharqda o‘n ikki qismdan, jumladan, lug‘at, sarf, nahv, maoni, bayon, aruz, qofiya, sanoye’ kabi ilmlar turkumini ilmi adab deb ataganlar. O‘rta asr adiblari asarlarida bu ilmlar, ko‘pincha, qorishiq tarzda ko‘ringan, ya’ni muallif o‘zining asarlarida ilmi adabning turli sohalari bo‘yicha mulohaza yuritgan, ularni bir-biri bilan bog‘liq tarzda tavsif qilgan va sharhlagan. Shuning natijasida she’r va shoirlik haqidagi fikrlar turli ilmlar haqida bahs yuritilganda ham bayon qilingan“.6

Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon al-Forobiy (873 — 950)ning „Shoirlar san’ati qonunlari haqida risola“ (arabchadan A. Irisov tarjimasi), Abu Rayhon Beruniyning „Al-osor ul-boqiya anil-qurun ul-holiya“ (“O‘tmish davridan qolgan yodgorliklar“), Abu Ali ibn Sinoning „Shifo“ kabi kitoblarini misol keltirish mumkin.

Jumladan, Abu Nasr Forobiy yozadi: „Biz yana shunday deymiz: bu san’at ahli bilan (uyga) naqsh beruvchi rassom san’ati o‘rtasida qandaydir munosabat bor. Bu ikkalasining san’atdagi moddasi turli-tuman bo’lsa ham, ammo shaklda, yaratilish va maqsadlarda bir-biriga mos keladi. Yoki aytaylik, o‘sha ikkala yaratilgan narsada, ular shakllarida va maqsadlarida bir-biriga muvozanat, o‘xshashlik bor. Bu shundayki, she’r san’atini bezaydigan narsalar so‘z-mulohazalar bo’lsa, rassomlar san’atini bezaydigan narsa bo‘yoqlar sanaladi. Bularning ikkovi o‘rtasida farq bor, ammo ikkalasi ham odamlar tasavvuri va sezgilarida bir maqsadga — taqlid qilishga yo‘nalgan bo’ladi“.7

X asrdayoq she’r san’ati — so‘z, rassom san’ati — bo‘yoq ekanligi, ikkalasi ham odamlar qalbini obrazli ifoda qilishi haqidagi bu mulohaza adabiyot ilmining ancha chuqur o‘rganilganligini isbotlaydi.

5. Sharq mumtoz adabiyotida she’riyat (adabiyot) qonun-qoidalari haqida maxsus nazariy risolalar ham yaratilgan. Ularda „ilmi qofiya“, „ilmi aruz“, „ilmi muammo“ va so‘z san’atlari ilmi kabi maxsus sohalar tekshirilgan va poetika masalalari o‘rganilgan. Jumladan, Abulhasan Saraxsiyning „Kanz ul-qofiya“, Vahid Tabriziyning „Jam’i muxtasar“, Rashidi Votvotning „Hadoyiq us-sehr fi daqoyiq ush-she’r“ asarlarini ko‘rsatish mumkin. Alisher Navoiyning „Mezon ul-avzon“, Muhammad Boburning „Muxtasar“ asarlarida aruz qonun-qoidalari mufassal tekshirilgan. Alisher Navoiyda 19 bahr o‘rganilgan bo’lsa, Bobur tavil bahri (mutalifa) doirasida hosil bo’luvchi ariz va amiq bahrlarini ham qo‘shadi va aruzning 21 bahrini, 537 vaznini tavsif qiladi.

6. Adabiy-tanqidiy qarashlarni ifoda etuvchi, shoirlar hayoti va ijodi haqida ma’lumot beruvchi maxsus tazkira (arabcha.„zikr“ so‘zidan, „esdalik daftari“ ma’nosini beradi)lar ham ko‘plab yaratilgan. Aruziy Samarqandiyning „Chahor maqola“ (XII), Muhammad Avfiy Buxoriyning „Lubob al-albob“ (XIII), Davlatshoh Samarqandiyning „Tazkirat ush-shuaro“ (XV), Alisher Navoiyning „Majolis un-nafois“ (XV), Mutribiy Samarqandiyning „Tazkirat ush-shuaro“ (XVII), Masiho Samarqandiyning „Muzokir ul-as’hob“i (XVII) kabilar tazkiraning go‘zal namunalaridir.

„Majolis un-nafois“ 8 majlis — bobdan iborat. Unda XV asrning 39 — 90- yillari orasida (51 yil davomida) faoliyat ko‘rsatgan 459 shoir haqida ma’lumot beriladi, ularning poetik mukammal asarlaridan namunalar keltiriladi.

Iste’dodli shoir Mirzobek (u yoshligida vafot etgan) haqida Navoiy yozadi: „Bu matla’ aningdurkim:


Ko‘zing ne balo qaro bo’lubdur,

Kim jong‘a qaro balo bo’lubdur.


Zulqofiyatayndur va qofiyalari tardiakskim, javob aytmoq bu faqir qoshida maholatdindur (qiyindir, mushkuldir — H.U). Agarchi aning tiliga bu nav’ abyot ko‘p o‘tar erdi, ammo hargiz parvo qilib bir yerda bitimas erdi. Bu matla’in faqir tugatib, aning yodgori devonda bitibman“.

7. XIX asrda Rossiya O‘rta Osiyoni bosib olgach, gazeta va jurnallar nashr etila boshlandi. Vaqtli matbuotda — „Turkiston viloyatining gazeti“, „Sadoyi Farg‘ona“, „Al Isloh“, „Oina“ kabi gazeta va jurnallarda adabiyotga doir maqolalar bosildi, bahs va munozaralar uyushtirildi.




Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish