Hotam Umurov adabiyot qoidalari



Download 1,16 Mb.
bet90/125
Sana01.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#162002
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   125
Bog'liq
adabiyot qoidalari

II. ADABIY JANRLAR
Tayanch tushunchalar

Janrlar. Epik turning janrlari. Epos, roman, doston; qissa, povest, poema; ballada, masal, latifa, xanda, hikoya; ocherk, felyeton, xotira.
Adabiy janr (fransuzcha „Genre“ —tur, jins) adabiyot rivoji jarayonida yuzaga kelgan asarlarning tasvirlash yo’llari, kompozitsion qurilishi, bayon usullari, badiiy vositalar, hayotiy hodisalarni qamrash ko’lami va miqyosiga ko‘ra ko‘rinishlaridir. Adabiy janr muammosi shunchalik dolzarbki, „janr masalasini hisobga olmaslik, san’at nazariyasining haqiqiy falsafiy va sotsiologik munosabatdan mahrum qilib, stilistik mayda-chuydalar bilan ovora bo’lishga olib keladi“79.

Janrlar adabiy jarayon taraqqiyoti davomida turli-tuman o‘zgarishlarga (jumladan, qadimgi epos ko’lamini ummonga qiyoslasak, hozirgi zamon eposi miniaturadagi olamdir) uchragan, ixchamlashgan, boyib borgan. Ijtimoiy, ma’naviy taraqqiyotga mos holda ba’zilari (masalan, mumtoz adabiyotimiz tarixida g‘azal) yetakchilik qilgan, ba’zisi iste’moldan (masalan XX asr (o’zbek adabiyotida muammo) chiqib ketgan, ba’zilari (masalan, XX asr adabiyotimizda sonet, roman, tragediya kabi) paydo bo’lgan. Ayniqsa, epik turda ixchamlashish hamon davom etmoqda. Bu xususiyat epopeya, doston, roman, qissa janrlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. „Janrlarning hajmi jihatidan bu tarzda ixchamlashishning muhim asoslari bor. Avvalo, bu hodisa kishilarning turmush tarzidagi o‘zgarishlar bilan bog’liqdir. Kishilarning vaqti yillar o‘tgani sayin tig’izlashib boraveradi. Chunki ular o‘z yashash sharoitlarini yaxshilash, qulaylashtirish uchun muttasil izlanishadi. Ularning ishi ko‘payganidan ko‘payib boraveradi. Kishilarning ehtiyoji ortgan sayin ularning vaqti qadrli bo’laveradi. Vaqt tanqis bo’lib borayotgan davrlarda esa odamlarga besh yuz, ming sahifali romanni o‘qish malol keladi. Bunday hajmli asarni mutolaa qilishga odamlar ulgura olmaydilar. Kishining tabiati esa shundayki, u agar biror-bir ishga ulgurishiga ko‘zi yetsagina, o‘shanga qo’l uradi. Bo’lmasa hafsala qilmaydi. Umuman, romanning hajmi jihatidan ixchamlashishiga kishilar hayotida vaqt qadrining oshgani sabab bo’ldi. Mashhur adib Onore de Balzak (1799 — 1850) o‘z romanlarida qahramonlarining kiyim-kechaklari-yu uni qaysi tikuvchi tikkani, uning uyiga qanday borilishi, u joyning ko‘rinishi manzarasini batafsil tasvirlagan bo’lsa, XX asrning ikkinchi yarmida yaratilgan e’tiborli asarlarda bunday mayda-chuyda detallar, sahifa-sahifa tabiat manzaralari tasviri yo‘q. Endilikda Stendal (1783— 1842), Zolya (1840— 1902) kabi adiblarning romanlari ham xuddi Balzak asarlari singari o‘zining ko‘pso‘zligi bilan eskirdi. Roman janri o‘zining an’anaviy ko‘pso‘zligidan voz kechish evaziga ixchamlashdi. Bu o’zgarishi bilan u zamona kishilarining hayot tarzi ehtiyojiga moslashdi” (Abdulla Ulug‘ov, 64- bet).

Lekin baribir bu o‘zgarishlarga qaramay, janrlarning o‘zgarmas qonunlari ham (masalan, g‘azal aruzda yozilgan, a-a, b-a, d-a... tarzida qofiyalangan) saqlanib qolgan va ular hamon amaliyotda qo’llaniladi. Ammo janrlarning o‘zgarmas qoidalarini birgina janr misolida o‘rganish kutilgan natijani bermaydi, uni muayyan janrlar birligida o‘rganish ma’quldir, ana shundagina badiiy tafakkurning tarixiy va aniq davriy xususiyatlari ham hisobga olingan bo’ladi. Darvoqe, yuqorida ta’kidlaganimizdek, sof adabiy tur bo’lmaganidek, sof adabiy janr ham bo’lmaydi. Bir janrning xususiyati ikkinchisida ham yashashi mumkin, faqat u yetakchilik, belgilovchilik xususiyatiga da’vogar bo’lmaydi.

Shu asoslarga ko‘ra janrlarning o‘xshash va farqli tomonlarini hisobga olgan holda, ularni turlarga ajratish va tur ichida o‘ziga xos o‘zgarmas qonuniyatlarini ochish asosliroqdir, zaruratdir.



Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish