Hotam Umurov adabiyot qoidalari


Falak ko‘rmadi men kibi nodire



Download 1,16 Mb.
bet86/125
Sana01.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#162002
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   125
Bog'liq
adabiyot qoidalari

Falak ko‘rmadi men kibi nodire,

Nizomiy kibi nazm aro qodire.


Adabiy jarayon tarixidan ma’lumki, shoiralik shoirlikka nisbatan kam uchraydi. Maktab yaratgan shoiralar undan ham noyob. O‘zbek she’riyatining malikasi Zulfiya poetik maktabi ham yaratuvchanligi, ta’sirchanligi, ibratomuzligi bilan ajralib turadi.

„Zulfiya haqida so‘z yuritilar ekan, bir hayot haqiqatini esga olaman doim, — deb yozadi shoira E’tibor Oxunova. — Burgut o‘z bolalarini parvozga o‘rgatish uchun tog‘ning eng baland qoyasiga olib chiqar ekan. Ikki baland qoya o‘rtasida tubsiz daryo — jar. Burgut o‘z bolasini ikki qoya oralig’ida uchishga chog’lab, o‘zi esa qanotlarini keng yozib uning ostida ko‘prik bo’lib borarkan. Palapon ucholsa yaxshi, lekin qulab tushsa-chi. Ana shunday xavfli va riyozatli sinov mashqlaridan so‘ng burgutchaning qanotlari chayir, ko‘zlari o‘tkir bo’larkan. Zulfiyaning o‘z shogirdlariga ustozlik salohiyatini ana shunga qiyos qilishni istayman. U hech qachon bizni mashaqqatlarsiz, oson parvoz yo’lidan boshlamagan. Uning har suhbati bir hikmat darsi, har bir sabog’i mashq kitobi.

Biz undan faqat she’riyat darsinigina emas, mehr, muhabbat, vafo va sadoqat sabog’ini ham oldik. Har kim ham Zulfiyadek sevolsa edi, har kim ham o‘z umr yo’ldoshiga marmarlardan emas, sog’inch xayollar ummonidan, ehtirosli tuyg‘ulardan mangu haykal qo‘yolsa edi...“74

Demak, adabiy maktablarning vujudga kelishida uning sardori buyuk iste’dod egasi bo’lishi, ijodda ham, hayotda ham ibrat namunasini ko‘rsatishi kerak. O‘zligini o‘zgalar baxtidan, quvonchidan, yutug’idan, ijodidan, odamiyligidan topishi lozim.

„Ustoz darhaqiqat har birimizning matbuotda e’lon qilingan mashqlarimizni diqqat bilan kuzatar va taassurotlarini darhol bildirardilar. Ayniqsa, ko‘ngilbop she’r o‘qigan kunlari kayfiyatlari ham o‘zgacha — ko‘tarinki bo’lib, uning mualliflarini chorlab tabriklar, o‘pib issiq bag’irlarida Ona kabi erkalardilar.

Albatta, bunday e’zozdan keyin kimning yaxshi she’r, yaxshi asar yozgisi kelmaydi, deysiz... Binobarin biz ko‘pchilik edik — E’tibor Oxunova, Oydin Hojiyeva, Gulchehra Nurillayeva, Nilufar, Dilbar Saidova, Umida Abduazimova, Olmos, Muhtarama Ulug‘ova, Tursunoy Sodiqova, Bibisora Otayeva, Sanobar Hasanova, Bibisora Turobova, Hakima Hasanova va bu ro‘yxatni hali davom ettirsa bo’laveradi. Bunday bag‘rikenglik va o‘ta mehribonlik barcha ustozlarga ham nasib etavermaydi, deb o‘ylayman“ — deydi shoira Gulchehra Jo‘rayeva75.

Ko‘rinib turibdiki, adabiy maktabning yuzaga kelishida yoshlarni hayotning muhim masalalariga yo‘naltirib, ijodiy ishlariga bevosita rahbarlik qilish, ularga maslahatlar berish, yetuk asarlaridan uyg‘ongan quvonchni baham ko‘rish ham katta ahamiyat kasb etadi. Albatta, bu xususiyatlardan ham ko‘ra, adabiyotdagi insoniylikka esh bo’lishlik, uni amalda voqe qilishlik ulug‘vorlikdir.

„Bundan o‘n besh yil avval „umrim foydaga“ qolgan,— deydi shoira Oydin Hojiyeva. — Qattiq-qiyin kunlar o‘tib, o‘zimga kelgach, vrach Ludmila Petrovna Shimanskaya so‘rab qoldi:

— Zulfiyaning qarindoshimisiz?

— Yo‘q... shogirdi bo’laman.

— Ustozning bunday jonkuyarini kam ko‘rganman. Ustozingizning mehri haqi omon qoldingiz...

Shundagina boshimdan kechgan betoblikning butun dahshati-yu Zulfiya opa so‘zining qudratini angladim. Shoirlik inson uchun qayg‘urish, insonga hayot baxsh etish, mushkul chog’larda uning qaddini tiklab qo‘yish ham ekan... Shoiraning „Hamma bilan bor mening ishim“, deb yozganlari zamirida qanchalar mehr-u oqibat mujassam!..“76

Adabiy maktabni mana shunaqa odamiylik mustahkamlaydi; ustozlar bilan shogirdlar, bugungi ijodkorlar o‘rtasida shunday yaqinlikning, mehr-u oqibatning voqe bo’lishiga yo‘nalish beradi. Zulfiya izdoshlariga, uning maktabi ijodkorlariga ham shunday ulug’lik, odamiylik, ijodkorlik darajasida turishga rag‘bat, kuch-qudrat bag’ishlaydi.

Darvoqe, „Zulfiyada o‘zbek xalqining butun nazokati, ezgu fe’li jamuljam“ (Svetlana Somova), ,,O‘zbek shoirasi Zulfiyaning qutlug‘ qadami tufayli Sharq adabiyotiga san’atkor ayol kirib keldi, yosh va iqtidorli shoiralar butun bir pleyadasining ovozi baralla yangray boshladi“ ( Chingiz Aytmatov)...

Shu sabablar tufayli Prezident I. A. Karimovning 1999-yil 10- iyundagi „Zulfiya“ nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi „Farmon“da so‘z san’atkorining ko‘p yillik (1915-yil 1-mart — 1996- yil 1- avgust) mehnati, adabiyot, san’at, fan va madaniyat sohasidagi xizmatlari e’tiborga olindi. Bu mukofot adabiyot, madaniyat, san’at, fan-ta’lim sohalaridagi istiqlol g‘oyalari va yutuqlarini amalga oshirish yo’lida astoydil mehnat qilayotgan iqtidorli qizlarni taqdirlash uchun beriladigan bo’ldi. Bu tadbir ham xuddi Zulfiya ijodidek, ziyo, nur, harorat baxsh etdi. Zulfiya adabiy maktabining davomiyligiga, taraqqiyotiga chuqur asos soldi; an’anaviylik va novatorlikning yangi bosqichiga shart-sharoit yaratdi.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish