Hotam Umurov adabiyot qoidalari



Download 1,16 Mb.
bet87/125
Sana01.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#162002
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   125
Bog'liq
adabiyot qoidalari

OLTINCHI BOB

ADABIY TUR VA JANRLARNING QONUN-QOIDALARI
I. ADABIY TURLAR

Tayanch tushunchalar

Adabiy turlar va ularning predmetlari. Epos, lirika va dramaning 1) Muallifning hayotga munosabati; 2) „Vaqt hissi“, 3) Hajmi va tashqi ko’rinishi; 4) Xarakter; 5) Sujet; 6) Badiiy til jihatidan farqli qonun-qoidalari.
Badiiy asarlar shunchalik rang-barang, ular “nima bilan nimani qanday aks ettirishi“ (Aristotel)ga qarab, asosan, uch turga bo’linadi. Bular epos, lirika, drama hisoblanadi.

Davrning muhim ko‘rinishlarini (nima to‘g‘risida) chuqur tahlil qilib, uning ko‘pchilik e’tiborini jalb etadigan g‘oya va muammolarini o‘rtaga qo‘yish (nimani gapirish) va shu asosda tug’ilgan ko‘ngildagi fikrlarni aniq va yangi obrazlar vositasida ifodalash (qanday tasvirlash) — yaxlit, bir butun jarayon („Bo’lishi mumkin bo’lgan“ olamni yaratish)dir. Ularni bir-biridan ajratish mumkin bo’lmaganidek, epos, lirika, drama ham yagona adabiyot (daraxt)dir. Ularning ildizi, tanasi bitta, faqat bu „vujud“ taraqqiy etgan uchta „shox“dan — adabiy turdan iborat.

Uchala tur ham bitta asos — hayotdan oziqlansa-da, bo’lishi mumkin bo’lgan olamni kashf etsa-da, ayni paytda, ularning har birining o‘ziga xosligini ta’minlovchi predmeti bor: eposniki — vaqea, lirikaniki —_ruhiy kechinma, dramaniki — harakat. Eposdagi qahramon — voqea, dramaning qahramoni — inson shaxsi (V. Belinskiy), lirikaning qahramoni — insonning ichki tuyg‘ulari.

Shu sababli, bugungi kunda “liro-epik tur” (she’riy roman, doston, ballada, masal, oda)ni, „tarixiy-badiiy tur“ (ocherk, reportaj, kundalik)ni (L. Timofeyev) ixtiro qilish asossiz, chunki ularning „o‘zlarigagina“ tegishli bo’lgan predmetlari (narsaning belgilari) yo‘q. Shuning uchun ham V. Belinskiy „Poeziyaning hamma turlari… faqat uchta bundan ortiq bo’lishi mumkin emas” deydi va biz ham ayni shu haqiqatdan kelib chiqib, tur va janrlarning qonuniyatlarini ochishga o‘tamiz.

Bundan aniqlashadiki, har bir turning predmetiga binoan, badiiy asarni vujudga keltiruvchi barcha vositalar — xarakter, sujet, konflikt, badiiy til va hokazo unsurlar ham turfa xil xususiyatlar kasb etadi.
EPOS

Eposda xalqning taqdiriga ta’sir ko‘rsatgan buyuk voqealar olingani uchun uning bosh qahramoni tarixdir. Shu sababli unda xalq taqdiri ham, alohida shaxs taqdiri ham dunyoviy ahamiyatga ega bo’lgan tarixiy voqeaga bog’liq bo’ladi, ana shu tarixiy voqea ularni yurgizib-turg’izadi, taqdirini hal etadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, eposda odam emas, voqea hukmronlik qiladi. Shu asosga ko‘ra, uning o‘ziga xos qonuniyatlari quyidagicha voqe bo’ladi:

1. Muallifning hayotga munosabati nuqtayi nazaridan. Eposda san’atkor hayotni „Xuddi Gomerdek, voqeani uning o‘zidan ajralgan bir narsa sifatida“ (Aristotel) tasvirlaydi. „Bunda shoir ko‘zga ko‘rinmaydi; plastik muayyan dunyo o‘z-o‘zidan taraqqiy etadi, shoir esa o‘z-o‘zidan vujudga kelgan hodisaning go‘yo oddiy bir hikoyachisigina bo’lib qoladi“ (V. G. Belinskiy). Bu xolislik, obyektivlikdir.

2. „Vaqt hissi“ nuqtayi nazaridan. Eposda hikoya qilinayotgan o‘tmish voqealari bilan asar yaratilayotgan vaqt o‘rtasida uzoq yoki yaqin muayyan bir masofa bo’ladi. San’atkor qachonlardir bo’lib o‘tgan voqeaning hikoyachisi tarzida ish ko‘radi. Jumladan, „O’tgan kunlar”dagi voqealar XIX asrning ikkinchi yarmida bo’lib o‘tadi va uni A. Qodiriy XX asrning yigirmanchi yillari (1926)da hikoya qiladi.

3. Hajmi va tashqi ko‘rinishi jihatidan. Eposning hamma xislatlarini o‘zida jamlagan romanni ko‘rsak, u hajman katta asardir. Tashqi ko‘rinishi jihatidan u ko‘plab bo’lim va boblardan iborat.

4. Xarakter. Hayot bir azim daryo bo’lsa, epos shu azim daryoni butun ko’lami va salobati bilan qamrab olishga harakat qiladi. (I. Sulton). Ana shunday ko’lam va voqealar tasvirlanayotgan xakterlarning ham barcha yetakchi qirralarini (tug’ilgandan to vafotigacha bo’lgan hayot yo’li va faoliyatini ko‘rsatish orqali) kashf etishga, g‘oyaga muvofiq tarzda ikir-chikirigacha batafsil tasvirlashga imkoniyat tug‘diradi.

Jumladan, Tohir Malikning ta’kidlashicha, u to‘rtta kitobdan iborat yaxshi qissa — „Shaytanat“ ustida 17 yil (asarni 1984- yilda boshlagan) ishlagan, unda salkam 200 ta obraz bor, shulardan 50 tasi asosiy obrazlardir („Ma’rifat“ gazetasi, 2001-yil 1-dekabr).

5. Sujet. „Voqea — xarakterni ko‘rsatish“ (R. Uellek va O. Uorren) san’ati ekan, xarakterni ochish vositasi — sujetdir, sujet o‘z navbatida asardagi obrazlarning o’zaro aloqalari, ularning tashkil topib borishi va rivojlanishi tarixidir. Shu sababli, u eposda to’lib-toshib yashaydi. Epos ko‘p hayotiy tafsilotlarni yoqtirgani uchun sujet barcha irnkoniyatlarni ochib beradi. Sujet asarning mavzusiga, g‘oyasiga muvofiq yaratiladi, ya’ni u asardagi voqealar mantig’idan xarakterlar mantig’i, xarakterlar mantig’idan voqealar mantig’i kelib chiqadigan universal qonuniyatga bo‘ysunadi. Xarakter va voqea o‘rtasidagi uyg‘unlik, hamkorlik shu darajada bo‘lishi lozimki, voqea xarakterni yaqqol ko‘rsatishga, xarakter o‘z navbatida voqea (tipik sharoit)ning mohiyatini tushunishga kalit bo’lishi lozim. Pirovardida shu kalit g‘oyaning tirikligini, yuquvchanligini ochishi shart. Shu qonuniyat asosida epik asarda (masalan, ,,O‘tgan kunlar“da uchta yo‘nalishdagi voqealar...) sujetning ko‘plab yo‘nalishlari bo’ladi va voqealar silsilasi muayyan bosqichlar (muqaddima — dastlabki holat — tugun — voqea rivoji — kulminatsion cho’qqi — yechirn — xotima) bilan o‘sib boradi.

6. Badiiy til. Eposda muallif nutqi va personajlar nutqi bir-biri bilan murakkab bog’lanishda to’liq voqe bo’ladi. Muallif barcha asarlarining hikoyachisi bo’lgani sababli, u „qo‘mondonlik“ vazifasini bajaradi: har bir personajning o‘rnini, o‘y-kechinmalarini, fikr-mushohadalarini, shart-sharoitni... so‘zlar orqali tasvirlaydi, asardagi fikr — g‘oyaning ro‘yobga chiqishi yo’lida ularni harakatga soladi. Bu holatlarni bir-biriga bog’lab, kitobxonga tushuntiradi. Ayni paytda, ma’naviyati, salohiyatini ta’sirchan qilib ochib beradi. Chunki har bir odamning nutqida uning bo‘yi-basti (ruhiy kayfiyati, his-tuyg‘ulari ham) aks etadi, shuning uchun ham „so‘z — xarakter ko‘zgusi sanaladi“.
LIRIKA

V. G. Belinskiy yozganidek, „Lirik asarning mazmuni obyektiv voqeaning taraqqiyoti emas, subyektning o‘zi va u orqali o’tgan hamma narsadir. Kishini mashg‘ul etgan, to‘lqinlantirgan, shodlantirgan, qayg‘uga solgan, zavqlantirgan, tinchitgan, hayajonlantirgan nima bo’lsa, qisqasi, subyektning ma’naviy hayotini tashkil qilgan hamma narsa, subyekt ichiga nima kirsa, unda nima paydo bo’lsa, shularning barchasini lirika o‘zining qonuniy boyligi kabi qabul qiladi“ (Tanlangan asarlar, 184- bet).

Demak, lirikaning bosh xislati shoir qalbida yuz beradigan kechinma, shu kechinma uyg‘otgan tuyg‘ularni so‘z orqali voqe qilish san’atidir.

1. Muallifning hayotga munosabati nuqtayi nazaridan. San’atkor “o‘z shaxsini o‘zgartirmasdan, o‘z-o‘zligicha qoladi“ (Aristotel). „Bunda poeziya ichki duhyo elementida, sezuvchi va fikrlovchi xayol doirasida qoladi; bunda ruh tashqi reallikdan o‘tib, o‘z ichiga o‘zi yashirinadi va tashqi dunyoni o‘zida aks ettirgan ichki hayotning mislsiz jilo va jilvalarini poeziyaga hadya etadi. Bunda shoirning shaxsiyati birinchi o‘rinda namoyon bo’ladi, biz hamma narsani faqat va faqat u orqaligina qabul etamiz va anglaymiz“ (V. Belinskiy). Bu shaxsiylik, subyektivlikdir.

2. „Vaqt hissi“ nuqtayi nazaridan.

Sensiz menga sabrdan o‘zga nuqson yo‘q,

Dilda hijroningdan o‘zga armon yo‘q,

Jonimda shu darddan o‘zga xirmon yo‘q,

Yo‘q, yo‘q, sabr ham yo‘q, dil ham yo‘q, jon yo‘q!

(Navoiy, „ Devoni Foniy“)


Ushbu satrlarni o‘qir ekansiz, bu dil izhori hozirgina qilinganday, hozirgina sodir bo’lib o‘tganday taassurot qoldiradi. Uning qalbingizdagi harorati hali sovimaganday tuyuladi.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish