Hotam Umurov adabiyot qoidalari



Download 1,16 Mb.
bet64/125
Sana01.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#162002
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   125
Bog'liq
adabiyot qoidalari

POETIK SINTAKSIS
Tayanch tushunchalar

Stilistik sintaktik vositalar. Intonatsiya. Ritorik murojaat. Ritorik so‘roq. Antiteza. Parallelizm. Takror. Anafora. Epifora. Apostrofa. Ellipsis. Inversiya.
Haqiqiy filolog bo’lish uchun har bir shaxs ham adabiyotshunoslik, ham tilshunoslik ilmlarini chuqur o‘zlashtirishi lozimligini tahlilga tortilayotgan ushbu mavzu ham (isbotlaydi) talab qiladi.

Darvoqe, stilistika predmeti deb fonetik, morfologik, sintaktik va leksik birliklarni tushunsak (jumladan, fonetik stilistika nutq tovushlarining ta’sirchanlik qonuniyatlarini o‘rgansa, leksik stilistika so‘zni ishlatish va undan foydalanish (ekspressiv) xislatlarini o‘rgatadi; grammatik stilistika esa grammatika qoidalarining qaysi birini qanday holatda qo’llashni, fikrga bo‘yoq va ohang beruvchi vosita sifatidagi fazilatlarini tekshiradi), bu birliklar nutqning turli-tuman ko‘rinishlarini yuzaga chiqaradi, bu ko‘rinishlar nutq stillari deb yuritiladi. Nutq stillari tilning vazifa-funksiyasi bilan bog’liqligi sababli ular funksional stillar deb yuritiladi. Bular: 1) so‘zlashuv stili; 2) rasmiy stil; 3) ilmiy stil; 4) publitsistik stil; 5) badiiy stil. Ular ichida badiiy stil inson amaliy faoliyati va hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi, umumga taalluqliligi, barchaga barobarligi, eng asosiysi obrazliligi (estetik ta’sir ko‘rsatish) bilan ajralib turadi.58

Bu muammoning hamma tomonlarini tekshirishni kelajakdagi sa’y-harakatlarimizga — mustaqil izlanishlarimizga havola etamiz-da, hozircha badiiy stilning adabiyotshunoslikda stilistik figura (ibora) deb atalgan (stilistik sintaksis) vositalarini — poetik sintaksisni o‘rganishga kirishamiz.

Bu vositalarning obrazliligi, emotsional-ekspressivligi (hissiy ta’sirchanligi) — ularning estetik ta’sirini voqe qiladi. Bu ta’sirni yuzaga chiqarish uchun yozuvchi tildagi gap bo’laklari tartibi qoidalaridan chekinadi, ayrim so‘z, iboralarni qayta-qayta va turli-tuman o‘rinlarda takrorlaydi, jonsiz narsaga jonliday murojaat qiladi, poetik mazmun talabidan kelib chiqib, so‘zlardan yangi so‘z ijod qiladi va h. k.



1. Intonatsiya (lot. „Intonate“ — qattiq talaffuz etish) — ohang badiiy asar bilan birga tug’iladi. Uni ilg‘ash — asardagi har bir so‘z va gapning asosida yotgan mazmunni to‘g‘ri anglash uchun, albatta, uning ohangini sezish talab qilinadi. Uni sezishda asarda ishlatilgan turli tinish belgilari (nuqta, vergul, tire, so‘roq, undov, qo‘shnuqta, nuqtali vergul kabi), misralarning joylashishi, turoqlanishi, qofiyalanishi (she’riy asarlarda), muallif remarkalari (dramatik asarlarda) yordamga keladi. Ular ovozning pasaytirilishi, ko‘tarilishi, so‘nishi, tez yoki sekinlashishini, turfa xil tembrini anglatadi. Mazmun va ohang yuzaga chiqqanidagina asarning emotsional ta’siri beqiyos bo’ladi, g‘oyasi ko‘zlangan nuqtani zabt etadi. Jumladan, eng bag‘rikeng, samimiy shoir Mirtemirning „Qoraqalpoq daftari“ turkumidagi „Yengajon“ she’rini tinglaylik:

Yengajon


(Hazil)

— Yengajon! — dedim.

— Qaynim-ov! — dedi.

— Berroq kel! — dedim.

— Aynim-ov, — dedi.
Davra quvnoq edi, suhbat sho‘x edi,

Ko‘ngilda zarra ham g‘ubor yo‘q edi.

Yoshlik esga tushdi, avjida hazil,

Hazilga ko‘p qulay edi bu manzil.


Ko‘z tikib, oh chekib: — Yengajon! — dedim.

Berroq kel, sadag‘a senga jon! — dedim.

Qaynimsan, inimsan, qaynim-ov! — dedi.

Esi past boladay aynim-ov, — dedi.


Birinchi banddagi ohang — chorlashga, hazillashishga ishtiyoqni uyg‘otuvchi ruhga o‘rangan bo’lsa, ikkinchi banddagi ohang — zalvorli, samimiy tushuntiruvchi va yanada tasvirni zo‘rayishiga imkoniyat tug‘diruvchi xabar kuyini o‘zida jamlaydi. Uchinchi bandda ohang balandlashadi, tezlashadi va ayni paytda, yoshlikning va bosiqlikning ma’nosi — mohiyatini qayin va yenganing beg‘ubor qalbini, qaroqalpoqona hazilning milliy poeziyasini ko‘rsatadi.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish