Hotam Umurov adabiyot qoidalari


Ritorik (grekcha „rhetor“ — notiq) murojaat



Download 1,16 Mb.
bet65/125
Sana01.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#162002
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   125
Bog'liq
adabiyot qoidalari

2. Ritorik (grekcha „rhetor“ — notiq) murojaat (ritorik nido, ritorik xitob, ritorik g‘azab, ritorik undov va h. k.) — poetik figuralardan biri bo’lib, unda personajlarning quvonch, hayrat, nafrat, iltimos, buyruq kabi yuzlab hissiyotlarining ko‘tarinki, tantanali, kulguli, kesatiqli, g‘azabli (g‘oyaning talabiga mos tarzdagi) ifodasidir.

Ayt, ey, xasta bulbulim,

O‘shga qachon yetamiz?

Yashil bog’lar sarg‘aydi,

Mag’iz bo’ldi gujumlar.

Oh, voy, muncha yo‘l og’ir,

Bulbulim...

Abadiyat oralab

O‘shga qachon yetamiz?
Shavkat Rahmon (1950-1996)ning o’lim to‘shagida aytib turib yozdirgan ushbu so‘nggi she’rida orziqish, sog’inish nidosi bo‘rtib ko‘zga tashlanadi, „xasta bulbul“ning abadiyat oralabgina O‘shga yetishini — o’lmasligini juvonmardlik bilan ifoda eta olgan. Bu shoir dahosining, inson ruhining — Shavkat Rahmon qismatining yaratuvchan qudratidir.

3. Ritorik so‘roq — „poetik fikrni so‘roq shaklida tasdiqlash“ (N. Hotamov, B. Sarimsoqov)dir, ya’ni so‘roqning o‘zida javob ham mujassamlashgan bo’ladi; faqat fikr yorqinlashib, teranlashib, qirralarini ham oshkor etib, estetik ta’sirchanlikni yuzaga keltiradi. Jumladan, „Naxshon“ (U. Nosir)da, uning Ashotni sevib qolgani xuddi shu dilbar vosita orqali tasdiqlanadi (tasvirlanadi); to‘g‘rirog‘i, shoir mahorati tufayli u dilbar vositaga aylanadi:

Ne bu?

Nega yurak hal-hal ezildi?



Nega, nega kabi

Chil-chil sindi dil?

Ne bu?

Nega nuri kiprikni suzdi?



Nega o‘z-o‘zidan

So‘z yo‘qotdi til?

Suqim oqib ketdi

Go‘yo poyida.

Lablarim ham ajib

Qaltirab turdi.

Ko‘kragimda xuddi

Bir balo yurdi...


4. Antiteza (grekcha „antitesis“ — qarama-qarshi qo‘yish) —tazod bo’lib, ma’no jihatidan bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan so‘zlarni, tushunchalarni predmetlarda qo’llab, ta’sirchan lavhalar yaratiladi. Bir-biriga zidlikning mubolag‘ali va „ko‘zga ko‘rinadigan“ ifodasi — asardagi fikr (g‘oya)ni bo‘rttiradi, mohiyatini teranlashtiradi. Masalan, shoir Mirtemirning „Men seni...“ she’ridan bir necha bayt tinglaylik:

Men seni injitmayman

Va lekin tinchitmayman...
Saratonda sel bo’lib

Lolazor yaratgayman.

Qahratonda yel bo’lib

Gul atrin taratgayman.


Yo’l yurib cho’llab qolsang,

Shildiragum buloqday.

Yoki dashtga yo’l solsang,

Yastangayman o‘tloqday.


Istab qolsang soyabon,

Men darrov chinor bo’lgum.

Cho‘mar bo’lsang nogahon,

Men darrov anhor bo’lgum.


Kezar bo’lsang bog’ingda,

Pichirlagum misli barg.

Kuyib sening dog’ingda

Bo’lmasaydim juvonmarg...


Men seni tinchitmayman

Va lekin injitmayman.


Mana shu go‘zal she’rda antiteza vositasi shunchalik zarurki, faqat u orqaligina insoniy sof tuyg‘u — „mehrigiyo“ga boy go‘zalning sevgisiga sodiqlik yonadi, charx uradi, bo‘zlaydi, tovlanadi, kitobxonni mahliyo etadi.

5. Parallelizm (grekcha „parallelos“ — yonma-yon boruvchi) ikki yoki undan ortiq hodisa, narsa, predmet kabilarni yonma-yon tasvirlash (zidlashtirish, qiyoslashtirish, muqoyasalashtirish) orqali asardagi poetik fikr (g‘oya)ni muayyanlashtirish, uning ta’sirchanligini kuchaytirish vositasidir.

Mirtemirning yosh qalamkashlarga atagan „Kipriklarim“ she’ri buning misoli bo’la oladi:

Kipriklarim qo‘ng‘irmikan yo qora?

Kipriklarim yuztamikin yo ming?

Kipriklarim muncha aziz va sara,

Ko‘zginamning kipriklari...
Quyunlarda qolganimda, changga o‘ralganimda,

Ohangaron to‘zonidan zanji qoralganimda,

Yoki yaxshi timsol izlab, changday taralganimda,

Yoki bir she’r armonida yuz bir ko‘rolganimda,

O‘zbekiston tonglarini bedor kutgan ko‘zlarim,

Tengsiz tonglar falsafasin tashna yutgan ko‘zlarim,

Ko‘zlarimga chegarada shay askarday qo‘riqchi,

Ko‘zlarimga olis Bobur g‘ussasiday yo‘riqchi,

Ey, aziz kipriklarim.
Sergaklikda tiriklarning siz-ku eng tiriklari...

Kiprigimday azizlarim, nechog’li ham suyuksiz,

Armonimday buyuksiz!
6. Takror — ayrim so‘z va iboralarning, ba’zan misralar yoki bir necha misralarning muayyan bir tartib asosida qayta-qayta qo’llanilishidir. Takrorlar asardagi poetik maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun, unga mos tarzda fikrni goh bo‘rttiradi, goh kuchaytiradi, goh detallashtiradi, asosiy diqqatni jalb etadi. Takrorlarning ko‘rinishlari ko‘p, hozircha ulardan ikkitasini o‘rganamiz.

Anafora — she’riy misralarning yoki nasriy gaplarning boshida bir xil so‘z va iboralarning, tovushlarning takrorlanib kelishidan hosil bo’ladi.

Olamning chirog’i — Quyosh bor bo’lsin,

Oy, yulduzlar doim unga yor bo’lsin,

Olam uzra ziyo barqaror bo’lsin,

Chiroq yoniq tursin,

Chiroq yoniq tursin!


Ziyo bo’lsin doim yuragimizda,

Ziyo bo’lsin doim qarog’imizda,

Ziyo pilik bo’lsin chirog’imizga,

Chiroq yoniq tursin,

Chiroq yoniq tursin!
Chiroq — davlat emas, shukuh, muruvvat,

Chiroq — g‘aflat emas, bedorlik, da’vat,

Chiroq — nafrat emas, mehr-muhabbat,

Chiroq yoniq tursin,

Chiroq yoniq tursin!
Insonning qo’lida chirog’i bo’lsin,

Insonning dilida chirog’i bo’lsin,

Insonning yo’lida chirog’i bo’lsin,

Chiroq yoniq tursin,

Chiroq yoniq tursin!
Mashrab Boboyevning „Chiroq yoniq tursin“ she’rida ta’kidlangan so‘zlar — anofora bo’lsa, har band oxirida takrorlanuvchi misralar — misralar takroridir. Ikkala vosita birlashib, she’rdagi poetik fikmi — inson ziyosi bilan ulug‘ ekanligini, unga inson doimo intilishi lozimligini va doimo nur taratib turishini bo‘rttirib, ta’kidlab ko‘rsatmoqda.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish