Hotam Umurov adabiyot qoidalari


ADABIYOTNING UMUMIY XUSUSIYATLARI



Download 1,16 Mb.
bet17/125
Sana01.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#162002
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   125
Bog'liq
adabiyot qoidalari

ADABIYOTNING UMUMIY XUSUSIYATLARI
Tayanch tushunchalar

Adabiyotning ommaviyligi, xalqchilligi. Uning iste’dodli shaxslar tomonidan yaratilishi. Badiiylik. Milliylik va umuminsoniylik.
Yuqoridagi adabiyotga berilgan ta’rif to’liq va mukammal bo‘lishi uchun badiiy adabiyotning yana bir nechta umumiy xususiyatlarini o‘rganish lozim bo’ladi.

Bu xususiyatlarning uchtasini V.G. Belinskiy „Adabiyot so‘zining umumiy ma’nosi“ maqolasida ta’riflaydi; ularni nazariyotchi olim Izzat Sulton „Adabiyot nazariyasi“ darsligida asosli tahlil qiladi.

Darhaqiqat, „Adabiyot doimo ommaviylikka suyanadi, o‘z tasdig’ini jamiyat fikridan oladi... Adabiyot butun xalqdan, eng kamida xalqning ma’rifatli sinflarining e’tiboridan madad oladi. Adabiyot butun jamiyatning mulkidir“ (V. G. Belinskiy).

„Adabiyot jamiyatning hamma tabaqalariga mo’ljallangan bo‘ladi va odamlarning yoshi, jinsi, kasbi, ijtimoiy pog‘onada tutgan o‘rniga qaramasdan, hamma tomonidan o‘qiladi. Bugina emas, bir xalqda yaratilgan adabiyot asarlari boshqa xalqlarning ham barcha vakillari tomonidan qiziqib o‘qiladi, jahondagi odamlarning irqiy, milliy, diniy, iqlimiy farqlaridan qat’i nazar qiziqish tug‘dira oladi, ularga foyda yetkazadi, butun insoniyatning mulki bo’lib qoladi“16. Shunga ko‘ra, hindlarning „Ramayana“si ham, o‘zbeklarning „Alpomish“i ham, arablarning „Ming bir kecha“si ham, qirg’izlarning „Manas“i ham, ruslarning „Igor jangnomasi“ ham butun jahonning, hazrati insonlarning mulki bo’lib, ularning kamoliga xizmat qilaveradi. Bu adabiyotning birinchi — ommaviylik xususiyatidir.

Adabiyotning ommaviyligi uning xalqchilligi xislatini yuzaga chiqaradi. Chunki, „Xalqchillik adabiyotning fazilati emas, balki zarur shartidir“ (V. G. Belinskiy), milliy va umuminsoniy shon-shuhratining, bashariyatga ta’sir qudratining o‘lchovidir. Xalqchillik bor joyda badiiylik ham borligi aniq, „agar xalqchillik deganda biror xalq, biror mamlakat odamlarining xulq-atvorini, urf-odatlarini va xarakterli xususiyatlarini haqqoniy tasvirlashni tushunadigan bo’lsak, xalqchillik chinakam badiiy asarlarning zarur shartidir. Har qanday xalqning hayoti faqat uning o‘ziga xos shakllarida namoyon bo’lsa, u xalqchil hamdir“17.

Bu asoslardan ko‘rinadiki, haqiqiy badiiy asar doimo xalqchil bo’ladi. Chunki unda, birinchidan, xalq ruhiyati, umid-armonlari, orzu-istaklari badiiy ifodasini topadi. Ikkinchidan, xalqning ruhiyati haqiqiyligi, tiniqligi bilan asarlardagi har bir „qahramon“ xarakterida o‘z aksini topadi. Uchinchidan, badiiy asar keng xalq ommasi uchun tushunarli til va uslubda, soddalik, nozikta’blik bilan yoziladi va ayni paytda, xalqning tuyg‘ularini ma’nan birlashtirishga, bashariy e’tiqodini (hammamiz bitta Yer kurrasida yashaymiz, hammamiz Allohning bandasimiz, insonligimiz — bir-birimizgagina bog’liqligini) mustahkamlashga xizmat qiladi.

Chinakam iste’dodli shoirda har bir shaxs — tip, har bir tip esa o‘quvchi uchun notanish tanishdir. Mana bu odam bag‘ri daryo, qaynoq ehtiroslarga, teran aqlga boy, ammo mulohazasi cheklangan, xotinini shu qadar ashaddiy sevadiki, vafodorligiga zarracha shubhalansa, uni bo‘g‘ib o’ldirishga tayyor, demaysiz, balki lo‘nda qilib, mana bu Otello, deysiz! Mana bu odam inson burchini va hayotning ma’nosini teran tushunadi, yaxshilikka intiladi, ammo ruhida kuch-g‘ayrat yo‘qligidan birorta xayrli ish qila olmaydi va o‘zining ojizligini anglab, iztirob chekadi, demaysiz, bu Hamlet deysiz!

Demak, adabiyotni, adabiy asarni iste’dodli shaxslar voqe qiladilar. Ular o‘zliklarining originalliklarini yaratayotgan xarakterlarida jamlaydilar. Shu sabab Otello, Hamletni esga olishingizdanoq sizning ko‘z o‘ngingizga tragediya sohibqironi — Vilyam Shekspir keladi. Bu adabiyotning ikkinchi xususiyatidir.

Bu ikkala xususiyatning mohiyati bilan chambarchas bog‘langan va ulardan nur olib, bu nurni yanada (alanga va nurning bir-biri bilan uyg‘unlashgani kabi) yolqinli qiladigan uchinchi xususiyati — badiiylikdir.

Badiiylik — (arabcha „bada’“ fe’lidan kelib chiqqan bo’lib, “yangilik kiritish, ijod qilish“ ma’nolarini beradi) hayotni jonli va ta’sirli qilib tasvirlashning umumiy belgisi, qayta yaratilgan olamning — badiiy asarning tirikligini, mo‘jizakorligini, ta’sirchanligini ta’minlovchi universal hodisadir, ya’ni qayta yaratilayotgan hayotga jon ato etish, insoniylashtirishdir. Badiiylik — badiiy ijodning hamma unsurlarini (obraz, xarakter, tip, sujet, detal, kompozitsiya, badiiy til, ifoda-tasvir vositalari, poetik sintaksis, janr, tur, uslub, ommaviylik, xalqchillik, iste’dod, ilhom, tasavvur va h.) o’z ichiga qamrab oladi, ularning har biriga va ayni paytda, turli-tuman tarzda birlashib, yaxlitlashganlarida qon, jon va ruh ato etadi. Demak, badiiylik deganda hayotni jonli va ta’sirli qilib qaytadan yaratish san’ati, hayot hodisalari ustidan chiqarilgan „hukm“, shu adolatli va insonparvar hukm ruhida tarbiyalash tushuniladi.

Shunga binoan, badiiyliksiz san’at (adabiyot ham)ning yuzaga kelishi mumkin emas, degan qat’iy xulosaga kelamiz.

Ommaviy va xalqchillik, iste’dodning individualligi va badiiylik adabiyotning milliyligi va umuminsoniyligini taqozo qiladi.

„Insonning ichki olami qanchalar boy va go‘zal, hayot sharobiga limmo-lim bo’lmasin, buloq singari qanchalar qaynab toshmasin, u o‘ziga tashqi dunyo, jamiyat va insoniyatning manfaatlarini chuqur singdirib olmasa, nomukammaldir... Tirik inson o‘z ruhida, qonida jamiyat hayotini tashiydi, beixtiyor uning illatlaridan dard chekadi, uning iztiroblaridan azob tortadi, uning salomatligidan yashnab ketadi, saodatidan baxtiyor bo’ladi“18, Demak, san’atkor doimo milliydir. Uning milliyligi umuminsoniyligidan, insoniyatga muhabbatidan kelib chiqmog’i lozim.

Chunki xalq hayoti bilan mustahkam bog’langan adabiyot har bir xalqning o‘ziga xos urf-odatlarini, ruhiyatini, fikrlash, yashash tarzini akslantirishi tabiiydirki, bu— adabiyotning milliyligini vujudga keltiradi. Va bu milliylik shu adabiyotni yaratgan daholarning ijodlarida, ularning eng yaxshi asarlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Jumladan, Navoiy, Bobur, Mashrab, Yassaviy, G‘. G‘ulom, H. Olimjon, E. Vohidovlarning asarlari butun dunyoda sevilib o‘qiladi. Chunki ularda o‘zbek xalqining „o‘zligi“, xarakteri chuqur ifodalanganidan tashqari, insoniyat uchun zarur bo’lgan muammolar tasvir va tahlil qilinganidan umuminsoniy xislat kasb etadi.

“Badiiy ijod shunday daraxtki, shoxida umuminsoniy mevalar yetiladi, ildizi esa milliy zaminda yotadi“, deganida yozuvchi O‘tkir Hoshimov tamomila haqdir.

Shu nuqtayi nazardan she’riyatimiz malikasi Zulfiya hayoti va ijodiga bir nigoh tashlaylik.

Zulfiya 29 yoshida bir qiz-u bir o‘g‘il bilan beva qoldi. Umrining oxirigacha Hamid Olimjon sevgisiga „sodiq bo’lmoq o‘zi saodat“ deb tushundi.

Tunlar tushimdasan, kunduz yonimda,

Men hayot ekanman, hayotsan sen ham,—
deya kuyladi. Vafosi, sadoqati bilan o‘zbek onasi, o‘zbek ayolining vafosi ramzi sifatida bizning qalbimizni isitdi, haqiqiy va buyuk muhabbat qudrati haqida jonli dars berdi, ibrat namunasini ko‘rsatdi.

Kamalak yetti rangda yetmish xil jilolanib, barchani maftun qilganidek, Zulfiya „tongning o‘ziday rost va yorqin haqiqatga“ yo‘g‘rilgan poeziyasi bilan („Kechir, qoldim g‘aflatda!“ „Bahor keldi, seni so‘roqlab“, „Ne baloga etding mubtalo“ va sh. k.) sadoqat va vafodorlik tuyg‘usini insoniylikning bosh mezoni darajasiga ko‘tardiki, usiz haqiqiy komil insonni tasavvur etish ham mumkin emas. Zulfiyaning hayajonli, o‘tli chaqirigi, jasoratga to’liq qo‘shig‘i har bir qalbda (farang, olmon, ingliz, arab, fors qalbida ham) jaranglamoqda.

Bu qo‘shiq vafoga, sadoqatga, hurmat va e’zozga, nazokat va latofatga, or-nomus va insoniylikka chaqirayotibdi. Shu bilan odamdek yashashimizga, komil inson va sog’lom avlod uchun kurashishimizga faol yordam beryapti. Bu Zulfiya ijodining umumbashariyligidan, umriboqiyligidan, chuqur zamonaviyligidan, butun insoniyat uchun kerakli ekanligidan dalolat beradi.

Demak, san’atkor ijodida, uning chinakam asarida milliylik va umuminsoniylik bir vujuddan oziqlanadi. Milliylik qanchalik chuqur va yorqin ifodalansa, unda umuminsoniy xislatlar shunchalik ulug‘ va ta’sirchan qudrat kasb etadi; million-millionlarni insoniylik yo’lida hamkorlikka chorlaydi, qalblar va onglarni birlashtirib, ezgulikka yetaklaydi.

Buning uchun umuminsoniy qadriyatlar har bir millatning ma’naviy mulkiga aylanishi zarur. XXI asrda xalqlar o‘rtasidagi nizo va ziddiyatlar bo’lmasligi uchun xalqlar o‘rtasida ularni birlashtiruvchi ahillik va murosani yuzaga keltirish, „Ulug‘ maqsadlar yo’lida yo’ldoshlik qilishga ko‘ndirish“ (I. Karimov)adabiyotning umuminsoniy vazifasidir.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish