Ayol alloh nuri



Download 26,73 Kb.
bet1/3
Sana06.06.2022
Hajmi26,73 Kb.
#640914
  1   2   3
Bog'liq
Ayol – alloh nuri


AYOL ALLOH NURI


Ayol Alloh nuri, oddiy jononmas,
Yaratur, yaralgan oshufta jonmas.
Mavlono Jaloliddin Rumiy
«Masnaviy»


«Ravza bog‘in visolin istar esang,bo‘l onaning oyog‘i tufrog‘i».
Alisher Navoiy


«Inson o‘z onasini ruhiy jihatdan ham o‘ziga qadrdon deb bilishi noyob baxtdir. Jahonning butun g‘ururi onalardan. Quyoshsiz gullar ochilmaydi, sevgisiz baxt yo‘q, ayolsiz muhabbat yo‘q, onasiz shoir ham, qahramon ham bo‘lmaydi. Mehri cheksiz, butun dunyoni ko‘kragi bilan boqqan ayolni – Onani sharaflaylik! Insondagi butun go‘zallik, quyosh nurlari-yu, Ona mehridan».
M. Gorkiy


Bismillohir Rahmonir Rohiym, Assalomu alaykum Azizu mukarrama ayollar, Onajonlar, opa-singillar. Orziqib kutilgan bahor nafasi yana sizu bizlarni o‘z og‘ushiga olmoqda. Bahor ham ayol singari fasllarning eng maftunkori desam yanglishmayman. Ayol Olamning bezagi va umidi, Odamning Juftihalolidir. Alloh sizlar bilan dunyoning umrini belgiladi.
Siz Azizlarga qancha yaxshiliklar qilsakda, shuncha oz. Buning oddiy sababi, avvalambor,Siz – Onasiz! Shuning uchun ham dunyodagi barcha ayollarga avvalambor Ona deb, qarasak, ularga mehrimiz oshadi, sahovatimiz toshadi, ko‘nglimizdan g‘arazli o‘ylar qochadi.
Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sоllаllоhu аlаyhi vаsаllаm huzurlariga kelib, «eng ko‘p yaxshilikni kimga qilayin» - deb so‘ragan kishiga, takror va takror – «Onangga» – deb, bejizga aytmaganlar.
Ona qalbi bitmas-tuganmas mo‘jizalar manbaidir. (P. Beranje). Uning vujudidan odam vujudga kelar ekan, bu eng katta mo‘jizadir. Uning ko‘ksidan hayot suvi tomib turar ekan, bu ham mo‘jizadir. O. Goldsmit ta’biri bilan aytganda: «Odamzodning birinchi tarbiyachilari onalardir». Ular odamzotning kelajagidir. Har birimiz ilk tarbiyani Onamizdan o‘rganamiz, shubhasiz, ma’naviy, ruhiy, jismoniy go‘zallikni Ulardan olamiz. Tom ma’noda Ayol erkak zotining murabbiysi sanaladi. Ulardagi asl nafosat – nozik ta’bligi, iffati, oriyati, hayo va ibosi, siyratu su’ratida vafo timsoli, matonati, sadoqati, sabru toqati, g‘ayratu shijoati, mehru muhabbati, sahovati cheksizdir.
«Ona muhabbatidan muqaddasroq va beg‘arazroq hech narsa yo‘q; har qanday mehr-muhabbat, har qanday ehtiros ham unga nisbatan yo ojiz, yo g‘arazlidir» – deb, aytgan edi V. G. Belinskiy. V. A. Suxomlinskiyning – Sen bolalikdan ONA ko‘zlariga boqib, ulardagi tashvish va halovatni, surur va hayajonni ko‘rishga o‘rganmagan ekansan – bir umrga axloqiy jihatdan nogiron bo‘lib qolasan. Sevgidagi qo‘pollik singari axloqiy nogironlik ham kishilar boshiga kulfat, jamiyatga zarar keltiradi, – deganida haq edi u, albatta. Hech biri farzandning o‘z onasiga nisbatan e’tiborsiz, loqayd bo‘lishga aslo haqqi yo‘q.
Millatning, xalqning, Davlatning eng katta boyligi – yuksak ma’naviyatli, sog‘lom vujudli munisa, muslima Ayollardir.
Kishi ko‘pgina narsalarsiz ham yashay olishi mumkin, lekin tanholikda emas.Alloh Qur’oni Karimda Ayollar masalasida butun bir boshli «Niso» surasini tushirdi. Qolaversa, ko‘plab oyati karimalarda Ayollarning haq-huquqlariga, yurish-turish, axloq-odoblariga doir hujjatlarni nozil qildi. Alloh Taolo shunday marhamat qiladi: «Ey, odamlar! Sizlarni bir jon (Odam)dan yaratgan va undan jufti (Havvo)ni yaratgan hamda ikkisidan ko‘p erkak va ayollarni taratgan Rabbingizdan qo‘rqingiz! Shuningdek, o‘rtalaringizdagi o‘zaro muomalada nomi keltiriluvchi Allohdan va qarindoshlar (aloqasini uzish)dan qo‘rqingiz! Albatta, Alloh sizlarni kuzatib turuvchidir». («Niso» surasi, 1-oyat).
Barxurdor ibn Mahmud bunday degan edi: «Shunday qizga sovchi qo‘ymoq kerakki, bu qizning chehrasi ochiq, yuzidan oliyjanoblik va iffat namoyon bo‘lsin, poklik va pokizalik pardasi orqasida tarbiyalangan, hayoli, oriyatli, chiroyli ish va odatlarga o‘rgangan bo‘lsin. Bunday qiz eng yaxshi hadya bo‘lib, yoshlik va hayot dasturxonining lazzatini ziyoda qiladi.
Va yana, Rafiqasi bilan murosaga kelolmagan odamni also do‘st tutmagin. Sening qadringga ham yetmaydi».

Download 26,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish