Hol, uning turlari



Download 64,46 Kb.
bet10/20
Sana15.04.2022
Hajmi64,46 Kb.
#553555
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot

Undalma haqida ma’lumot.

So‘zlovchi o‘z fikrini shaxs yoki predmetga qarata bayon qiladi. Ya’ni so‘zlovchining fikri ma’lum shaxs yoki shaxslarga qaratilib aytiladi. So‘zlovchining fikri qaratilgan shaxs yoki predmet undalma hisoblanadi. Undalma ishtirok etgan gap esa undalmali gap deyiladi. Misol: Zaminni, zamonni, yashartir, Navro‘z! Gulla, yashna, hur o‘lkam! Aziz o‘lkam O‘zbekiston, aziz yoshing muborak!
Undalmalar gap tarkibidagi bo‘laklar bilan grammatik aloqaga kirishmaydi. Ya’ni undalmalar ma’lum gap bo‘lagi vazifasini bajarmaydi. Shuning uchun ham undalma gapdagi bo‘laklar bilan mazmunan bog‘lansa ham, ular bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi.
Undalma gapning boshida, o‘rtasida va oxirida keladi. Misol: Onajon, men sog‘-salomat yuribman, mendan hech xavotir olmang. Muxtaram, otalar, onalar, sizga murojaat qilamiz. Ko‘zimizning go‘zalligin ko‘rganmisiz, og‘aynilar! (Q.Muhammadiy). Kuylangiz, xonim qizlar, chevar qizlar (Mirtemir). Bor, bolam, bor! (A.Qodiriy). Undalmalar, asosan, otlar bilan ifodalanadi. Ayrim vaqtda undalma hoy, hey, ey kabi undalmalar bilan birga qo‘llanadi. Misol: Hoy ukam, men sizni anchadan buyon axtarayapman. Hoy qarg‘avoy, endi sen gapir-chi! Ba’zan bunday gaplarda ot bilan ifodalangan undalmalar tushib qolib, undov so‘zlarning o‘zi undalma vazifasida keladi. Misol: Hoy, nega gapirmayapsiz? Hoy, bu erdan tez ketaqolaylik.
Undalmalar bir so‘z bilan yoki birikmali holda kelishi mumkin.
Misollar:
Kuylangiz xonim qizlar, chevar qizlar,
Boshlarida ipak ro‘mol hilpillasin,
Kuylangiz asl qizlar, dongdor qizlar
Ko‘kraklarda yulduzlar yaltillasin. (Mirtemir)

Bo‘stonimning guli! Bog‘imning bulbuli! Ko‘zingni och, oltinim! Qo‘li qo‘li gullar, dard ko‘rmasin qo‘lingiz. O‘lmang, ey qo‘li gul, jafokash bog‘bon!
Undalmalar birdan ortiq holda, uyushib kelishi mumkin:
Surayyo, Muhayyo, Ra’no, Muqaddas!
Ko‘zimni yashnatib kiyibsiz atlas.
Tiz cho‘kmas, gard yuqmas g‘oyamisiz,
Ey baland cho‘qqilar, qoyalar. (Z.Obidov)
Suyukli qiz, qorako‘z Navro‘z,
Badaxshonning nozli kaptari,
Sen haqingda yuritaman so‘z. (Mirtemir)


Mashq. Matndagi undalmalarni ajrating, ularning qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanaganini ayting.
Bobom allaqanday chuqur xayol og‘ushida, boshini quyi solib, jim o‘tiribdi.
Oyog‘im bilan asta eshikni itaraman, bobomga moshxo‘rda olib kiraman.
-Moshxo‘rda... Qaynoqqina oling, buva, - deyman kosani uzatib va tanchaga tiqilaman.
Bobom g‘ivirlab, ko‘rpacha tagidan bir narsa oladida-da, menga uzatadi.
-Ma, ol! Lekin buving bilmasin, o‘qdingmi, bolam, deydi yuzlariga tabassum yoyilib.
Bobomning qo‘lidan bir hovuch popuk va qand olaman. –Sevinganimdan entikib ketaman. Bobom ham mamnun holda boshini asta qimirlatib deydi:
- Kalitni topib, sandiqni sekin ochdim-da, shu popuklarni senga deb oldim. Lekin zinhor buving bila ko‘rmasin, bolam. Kampir ziqna, - deydi bobom yog‘och qoshiq bilan moshxo‘rdani shopirib. - Buva gapiring o‘tgan zamonlardan,- yalinaman qandni chaynab.
- O‘g‘lim, tek o‘tir. Cho‘pchaklar esimdan chiqib ketdi, ko‘p bilardim,- deydi buvam soqollarini silab. (Oybek «Bolalik»).



Download 64,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish