A – investitsiya loyihasiga kapital qo`yilishining o`rtacha kvadratik farqlanishi:
so’m B – investitsiya loyihasiga kapital qo`yilishining o`rtacha kvadratik farqlanishi:
so’m A va Binvestitsiya loyihalariga qo`yilgan kapital bo`yicha variatsiya koeffitsienti quyidagicha:
A loyiha bo`yicha:
% B loyiha bo`yicha:
9
Misol tariqasida bir yildan keyin 1000 sh.b. to’lov talab qilinadigan obligatsiyani ko’rib chiqamiz. Faraz qilaylik, AQSh G’aznachiligining yillik obligatsiyalari bo’yicha foiz stavkasi yiliga 6% ni tashkil etadi. Bu qimmatli qog’ozlar defolt riskiga duchor bo’lmaydi va shuning uchun bunday obligatsiyaning narxi 1000 sh.b./ 1,06 = 943,40 sh.b.ni tashkil qiladi. Biroq qandaydir defolt riski (ya’ni, to’lovsizlik riski) mavjud bo’lsa, bu risk qanchalik kichik bo’lishidan qat’i nazar, bunday obligatsiyalar narxi 943,40 sh.b.dan kamroq, uning daromadliligi esa yiliga 6% dan yuqoriroq bo’ladi.
Obligatsiyalar qiymat va daromadliligiga ta’sir qiladigan quyidagi ikki imkoniyatni ko’rib chiqamiz:
1. Muddatidan avval qayta sotib olish imkoniyati. Bu xususiyat emitentga o’z obligatsiyalarini uni qaytarishning oxirgi muddati tugashidan oldin sotib olish huquqini beradi. Bunday obligatsiya qayta sotib olish huquqiga ega obligatsiya deyiladi.
2.Konvertatsiyalanuvchanlik. Bu xususiyat obligatsiya egasiga uni mazkur obligatsiyalarni chiqargan kompaniyaning oldindan belgilangan aksiyalar miqdoriga ayirboshlash huquqini beradi. Bunday o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan obligatsiya konvertatsiyalanuvchan obligatsiya deb ataladi.
. Yagona narx qonuni asosida arbitraj deb nomlanuvchi jarayon yotadi. Arbitrajesa narxlar o’rtasidagi farq asosida kafolatlangan foyda olish maqsadida muqobil aktivlarni xarid qilish va zudlik bilan sotib yuborishni anglatadi.
Qandaydir A kompaniyani ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, mazkur kompaniyadan bitta aksiya uchun 100 sh.b. narxda aksiyalar sotib olmoqchimiz va bu aksiyalarga bir yil davomida egalik qilishni mo‘ljallayapmiz. Umumiy daromadlilik stavkasini (yoki shunchaki daromadlilik) ikki komponent summasi sifatida tasavvur qilish mumkin: dividend daromadlilik va aksiyalar kursi o‘zgarishi natijasida daromadlilik: