Emosiyalar. “Emosiya» so’zini o’zbek tiliga aniq tarjima qilinganda u ruhiy hayajonlanish, ruhiy harakatlanish degan ma’noni anglatadi. Hissiyot deb, masalan,kishining musiqaviy asarga nisbatan o’rnashib qolgan xususiyati sifatidagi muhabbat tuyg’usining o’zini emas, balki konsert paytida yaxshi musiqiy asarni eshitayotib, boshidan kechirgan lazzatlanish, zavqlanish holatiga aytiladi. Bir xil holatdagi emosiyalar ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. Ular xatti-harakatlarga, fikr mulohazalar bildirishga turtki beradigan kuch bo’lib chiqadi, kuch-g’ayratlarni oshirib yuboradi va stenik deb ataladi, agar susaytirsa, astenik deb aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |