Miya po’sti zaiflangani natijasida bet muskullari falaj bo’lgan kishilar har xil narsalarga hatto juda arzimas narsaga ham hamisha va qattiq kula beradilar. Bosh miya po’stining faoliyati buzilishi natijasida ba’zi kishilarda har xil ta’sirot bu ta’sirotga butunlay muvofiq bo’lmagan teskari emosional alomatlarni qo’zg’atadi – kuldiradi yoki yig’latadi. Bunday hollarda bemor kishilar ko’pincha o’zlari kulib tursalar ham, aslida g’amgin bo’ladilar, ko’z yoshi to’ka turib esa xursandlik his qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |