Hissiyot haqida tushuncha . - Kishi sezgi, idrok qilgan, xotirasida qolgan ta’sirotlarga hech qachon befarq qaramaydi. Insonga berilgan har qanday ta’sir ijobiy yoki salbiy, yoqimli yoki yoqimsiz hissiyotni qo’zg’otadi, faoliyatga undaydi, yoki faoliyatdan to’xtatadi. Kishi tashqi yoki ichki ta’sir tufayli faollashadi yoki faoliyatdan to’xtaydi, jasurlanadi yoki qo’rqadi, shubhalanadi va h.k.
- Yoqimli yoki yoqimsiz kechinma hissiyotimizning (emosiyalarimiznnig) birinchi belgisi va elementidir.
His-tuyg’ularni boshdan kechirish shakllari. Ehtiyojlarning qondirilishi yoki qondirilmasligi kishida turli ko’rinishda bo’lgan, o’ziga xos kechinmalarni: emosiyalarni, kayfiyatni, affektlarni (hissiy bo’ronlarni), kuchli hayajonlanish (hissiy portlash)holatlarini va xususan his-tuyg’ular (tor ma’nodagi so’z bilan aytganda)ni hosil qiladi. (tor ma’nodagi his-tuyg’ular ehtiroslar, muhabbat va boshqalar). Emosiyalar. “Emosiya» so’zini o’zbek tiliga aniq tarjima qilinganda u ruhiy hayajonlanish, ruhiy harakatlanish degan ma’noni anglatadi. Hissiyot deb, masalan,kishining musiqaviy asarga nisbatan o’rnashib qolgan xususiyati sifatidagi muhabbat tuyg’usining o’zini emas, balki konsert paytida yaxshi musiqiy asarni eshitayotib, boshidan kechirgan lazzatlanish, zavqlanish holatiga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |