Asosiy hissiy holatlar quyidagilar (K.Izard klassifikasiyasi bo’yicha): - Qiziqish - malaka va ko’nikmalar rivojiga, bilim egallashiga moyillik tug’diradigan ijobiy hissiy holat.
- Quvonch- to’la qondirilishi mumkin bo’lmagan, har holda qondirilishi noaniq dolzarb bo’lgan ehtiyojni qondirilishi mumkinligi bilan bog’liq ijobiy hissiy holat.
- Hayratlanish- to’satdan ro’y bergan holatlardan hissiy jihatdan ta’sirlanishning ijobiy yoki salbiy jihatdan aniq-ravshan ifoda etilmagan belgisidir.
- Iztirob chekish. Hozirga qadar qondirilish ehtimoli ozmi-ko’pmi darajada mavjud deb tasavvur qilingan hayotiy muhim ehtiyojlarning qondirilishi mumkin emasligi haqida aniq yoki shunday tuyilgan axborot olinishi bilan bog’liq salbiy hissiy holatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |