Hisoboti amaliyotni boshlanishi



Download 3,77 Mb.
bet5/11
Sana22.07.2022
Hajmi3,77 Mb.
#839095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
HAMROQULOV HISOBOT AMALIYOT

Ikkiyoqlama yozuv tizimidan asosiy hisob tengligini ko‘rib chiqishimiz mumkin:5
Aktivlar= Passivlar+ Xususiy kapital
Iogan Fridrix Sher (1846-1924) – shveytsariyalik buxgalter, buxgalteriya amallarini ikki qator sschyotlarning (aktiv va passiv) shaklan nazariyasidan kelib chiqqan holda matematik bayon qilgan. U hisob balansdan boshlanadi va undan schyotlar kelib chiqadi; sintetik schyotlar bo‘yicha yozuvlar analitik schyotlar bo‘yicha yozuvlarga qaraganda katta ishonchga sazovor deb hisoblagan. Balansni, xususan oborot mablag‘larini tahlil qilish, «zarar ko‘rmaslik nuqtasi»ni topish, xarajatlar sig‘imini hisoblab chiqarish va boshqalar ustida ham ulkan izlanishlar olib borgan. U hisobchilikning kartochka shaklini tashviqot qilgan.
Shunday qilib, I.F.Sher nazariyasiga ko‘ra, har qanday hisobchilikning asosini balans tashkil etadi. Schyotlar balansga munosabatiga ko‘ra aktiv va passiv schyotlarga bo‘lingan. Ularning tomonlari qarama-qarshi hisoblangan: aktiv schyotning debetida – ko‘payish, kreditida kamayish, passiv schyotlarda esa aksincha.Shuningdek, germaniya maktabida G. Niklish, E. Shmalenbax, F.Gyugli va boshqalar buxgalterlik ilmining taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shganlar.
Genrix Niklish (1876-1946) – nemis buxgalteri, statik balans nazariyasining asoschisi. Ushbu nazariyaga muvofiq, balans korxona ixtiyoridagi mol-mulklarning qiymati aniq hisoblab chiqariladi. Bu mol-mulklar balans tuziladigan sanada sotilishi mumkin bo‘lgan bahoda taqdim etilgan bo‘lishi lozim. G.Niklish balans faqat shundagina korxonaning haqiqiy moliyaviy ahvolini aks ettiradi deb hisoblagan. U balansning asosiy vazifasi kreditorlar manfaatini himoyalash deb faraz qilgan. Bunda u korxona foydasini nafaqat o‘z kapitalini, balki tashqaridan jalb qilingan kapitalni ham ishlatishning natijasi sifatida o‘rgangan.
Eygen Shmalenbax (1873-1955) – nemis buxgalteri, dinamik balans nazariyasi asoschisi. Bu nazariyaga muvofiq balans moliyaviy natijalarning aniq hisoblab chiqarilishini va kapitalning harakatini takror ishlab chiqarishning turli bosqichlarida aks ettiradi. Shmalenbax korxonada sarf qilingan, mablag‘larning doiraviy aylanish bosqichlarini ko‘rsatadigan, detsimal davr bo‘yicha tuzilgan yagona schyotlar rejasini yaratgan. U xarajatlar va daromadlar o‘rtasiga qat’iy chegara qo‘ygan, grafik va sxemalarni ishlab chiqqan va keng qo‘llagan. Ushbu grafik va sxemalardagi har xil figuralar schyotlarning u yoki bu guruhlarini, chiziqlar esa ular o‘rtasidagi bog‘lanish(korrespondentsiya)larni ifodalaydi deb hisoblagan.
Fridrix Gyugli (1833-1902) – shveytsariyalik buxgalter, kameral buxgalteriyani eng to‘liq bayon qilgan va uni buxgalteriya hisobi digrafik patrimonal tizimining an’anaviy qoidalari bilan uyg‘unlashtirishga harakat qilgan. Uyg‘unlashtirishning mohiyati pul mablag‘larini hisobga olish tizimiga, ularning tayinlanish (rejalashtirilgan daromadlar va xarajatlar) va bajarilishi (haqiqiy daromadlar va xarajatlar)ni bir-biridan ajratish bilan bog‘liq bo‘lgan nazorat muomalalarini kiritishdan iborat. Ushbu yondashuv konstant buxgalteriya nomini olgan. Gyugli birinchilardan bo‘lib hisobchilik shakllarini tahlil qilgan.
Shunday qilib, Germaniya maktabida balansshunoslik yo‘nalishi vujudga kelgan, iqtisodiy tahlil rivojlangan, tannarx hisoblash bo‘yicha qoidalar shakllangan va buxgalteriya hisobining markazlashgan va markazlashmagan turlari vujudga kelgan.
Anglo-amerika maktabi
XIX asr boshlarida buxgalteriya hisobining anglo-amerika maktabi tez rivojlana boshlagan. Uning yorqin namoyondalari sifatida I.Garrison I.Fisher, Dr. Skott, R.X.Montgomeri, I.E.Shprut, V.E.Paton, D.O.Mey kabilarni ko‘rsatish mumkin. Buxgalteriya hisobi nazariyasining rivojlanishiga amerikalik olimlar I.Fisher va D.Skottlar katta ulush qo‘shgan.
Irving Fisher (1867-1947) – amerikalik iqtisodchi, uning asosiy asarlari pul muomalasini tahlil qilish va indekslar nazariyasi bilan bog‘liq. U buxgalteriya hisobi ma’lumotlari korxona xo‘jalik mexanizmining muvozanatini ushlab turish uchun zarur, bunga foydani hisoblab chiqarish va uning moliyaviy natijasini baholash orqali erishiladi deb hisoblagan. Irvingning fikricha, moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot – sabab, balans esa uning oqibatidir. Hisobchilikning barcha obyektlari xarid kuchi birliklarida ifodalangan bo‘lishi lozim. Bunga baholar indeksidan foydalanish orqali erishiladi. Balans aktivi – bu korxona kapitali, uning ko‘lami unga qancha mablag‘ qo‘yilganligi bilan emas, balki u qancha foyda keltira olishi bilan o‘lchanadi. Soliq faqat foydadan olinishi kerak, mulk solig‘i ishlab chiqaruvchi kuchlarning noo‘rin sarflanishini bildiradi.
Dr. Skott (1887-1954) – amerikalik sotsiolog, hisobchilik vazifasini mulkdorlar (eng avvalo, aktual va potentsial aktsiyadorlar) manfaatlarini himoyalash va korxonada band bo‘lgan shaxslar faoliyatini nazorat qilish deb bilgan. U balans xo‘jalik faoliyatining sababi, moliyaviy natija to‘g‘risidagi hisobot esa oqibati, chunki kapital foyda keltiradi, aksincha emas deb hisoblagan. Balans passivi – bu kapital, aktivi bu mol-mulklar ro‘yxati; mol-mulklar ular qancha pul to‘langan bo‘lsa, shuncha qiymatga ega. Skott hisobchilikning milliy standartlarini ishlab chiqishga turtki bo‘lgan to‘rtta postulat (faraz) yaratgan (haqiqiylik, hissiyotga berilmaslik, moslashish va izchillik). U soliq foyda(oqibat)dan emas, kapital(sabab)dan olinishi mumkin deb hisoblagan.
Robert Xayster Montgomeri (1872-1953) – amerikalik buxgalter, zamonaviy audit asoschisi. Hisob sohasida u dividendlar – bu foydaning bir qismi, korxona xarajatlari emasligini ko‘rsatgan. U balans moddalarini baholashda ehtiyotkorlik (konservatizm) printsipining zarurligini asoslagan; buxgalteriya muomalalarini standartlashtirish va audit o‘tkazishda hisobotda taqdim etiladigan va auditor tomonidan tekshiriladigan ma’lumotlar haqiqiy holatni etarli darajada aks ettirishi lozimligini ta’kidlagan. U birinchi bo‘lib hisob kasbi egalarining professional ahloq kodeksini ishlab chiqishni taklif etgan.

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish