Hisoboti amaliyotni boshlanishi



Download 3,77 Mb.
bet6/11
Sana22.07.2022
Hajmi3,77 Mb.
#839095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
HAMROQULOV HISOBOT AMALIYOT

Rossiya maktabi
Fedor Venediktovich Ezerskiy (1836-1916) – Hisob ilmiga ulkan hissa qo‘shgan olimlardan – rus buxgalteri, hisobshunoslikning uch yoqlama shaklini kashf etgan. U hisobni korxona mablag‘larining doiraviy aylanishini aks ettirish uchun etarli bo‘lgan uchta: «Qiymatliklar», «Pullar» va «Kapital» schyotlariga birlashtirgan. Ezerskiy uch yoqlama hisobshunoslik istalgan vaqtda mulkdorga korxona moliyaviy natijasini taqdim etish va korxona o‘z xarajatlarini qoplaydigan hamda sof foyda olib boshlaydigan sanani belgilashga yordam berishi tufayli ikki yoqlama yozuvning kamchiliklarini bartaraf etadi deb hisoblagan. U tovarlar ustamasini hisobga olish maqsadga muvofiqligini va uni statistik hisob-kitob qilish mumkinligini ko‘rsatgan.
Moisey Xaritonovich Jebrak (1889-1962) – rus-sovet buxgalteri, xarajatlarni hisobga olish va tannarxni kalkulyatsiyalash me’yoriy (normativ) usulning (“Standard costs” ning variantlaridan biri) asoschisi. Bu usul sanoat korxonalarida keng qo‘llanilgan. Jebrak xarajatlarni tahlil qilish chog‘ida korxona ma’muriyati ularni tayyorlagan buyumlar bilan emas, balki ushbu buyumlarni tayyorlagan mas’ul shaxslar bilan solishtirish lozimligini ko‘rsatgan. U schyotlarni iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra yagona tasniflash tarafdori bo‘lgan.
Nikolay Aleksandrovich Blatov (1875-1942) – rus-sovet buxgalteri, ikki yoqlama yozuvlarni ayirboshlash qonuni asosida obyektiv talqin etish tarafdori, bu yondoshuvni asoslovchi maxsus model ixtirochisi. U balanslar va buxgalteriya schyotlarini to‘laroq tasniflagan. Shuningdek, xronologik yozuv (jurnal) sistematik yozuv(Bosh daftar)ga va analitik hisob sintetik hisobga qaraganda muhimroq degan fikrni asoslagan. Buxgalteriya hisobining asosi schyotlar tizimidan iborat, balans inventar ro‘yxatlarga emas, balki schyotlar tizimiga asoslanadi deb hisoblagan.
Aleksey Pavlovich Rudanovskiy (1863-1934) - rus buxgalteri, statikani (balansning o‘zini) hamda dinamikani (moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni u byudjet deb nomlagan) o‘z ichiga olgan balans tuzgan, hisobga olinadigan obyektlarni qayta baholashga yo‘l qo‘ymaslikka ahd qilgan, natijaviy schyotlardan keng foydalanishni tavsiya qilgan. Bilvosita xarajatlarni ular qaysi hisobot davrida vujudga kelgan bo‘lsa, shu davrda hisobdan o‘chirilishini talab qilgan, fond degan buxgalterlik kategoriyasini (kapital o‘rniga) qo‘llashni asoslagan, bosh buxgalter faqat yuqori tashkilotning bosh buxgalteriga bo‘ysinishi va hech qachon istalgan bo‘g‘in rahbariga bo‘ysinmasligini isbotlagan.
Erik Karlovich Gilde (1904-1983) – rus-sovet buxgalteri, modellashtirishni xo‘jalik faoliyatini bayon qilish vositasi sifatida o‘rgangan, xarajatlar hisobi va haqiqiy tannarx kalkulyatsiyasi vazifalari o‘rtasidagi printsipial farqlarni hamda keyingisining shartli tavsifga ega ekanligini ko‘rsatgan va uni amalda qo‘llashdan voz kechish haqida xulosa qilgan. Gilde barcha hisob obyektlarining axborot oqimlari bilan kirish-chiqish sxemasi bo‘yicha bog‘liqligini ko‘rsatgan va buxgalteriya hisobini butun korxona boshqaruv tizimining asosiy vositasi sifatida o‘rgangan.
Yaroslav Vyacheslavich Sokolov (1938 yilda tug‘ilgan) – buxgalterlar sulolasining uchinchi avlodi, rossiya professional buxgalterlari institutining prezidenti, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni isloh qilish bo‘yicha idoralararo komissiya raisining muovini. U 1959 yili F.Engels nomli Leningrad savdo institutining hisob-iqtisod fakultetini tamomlagan. 1976 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan va shu yilning kuzida unga profesor ilmiy unvoni berilgan. Uning ilmiy qiziqish sohasi buxgalteriya hisobining fundamental asoslarini va uning rivojlanish tarixini tadqiq qilish bilan bog‘liq. Ya.V.Sokolov 300 dan ortiq ilmiy asarlar muallifi bo‘lib, bu asarlarning ko‘pchiligi AQSh, Xitoy, Shveytsariya, Polsha, Chexiya va dunyoning boshqa mamlakatlarda chop etilgan.
Ya.V.Sokolov o‘quv-uslubiy ishlarga va buxgalteriya hisobi va nazorat sohasidagi ilg‘or g‘oyalarni targ‘ib qilishga katta e’tibor berib kelmoqda, ommaviy axborot vositalarida buxgaterlik kasbining obro‘sini ko‘tarishga qaratilgan chiqishlari bilan qatnashmoqda.
Temuriylar davlatida hisob ilmining kurtaklari
O‘tmishda ajdodlarimiz ham hisob-kitob ilmiga alohida ahamiyat berishgan. Jumladan, «Temur tuzuklari»da hisob, moliya va nazorat ishlari mamlakatni boshqarishda muhim vosita bo‘lganligi haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud. Masalan, «Raiyatdan mol-xiroj olish, mamlakatni tartibga keltirish, uning obodonchiligi, xavfsizligini amalga oshiruvchi kishilar tuzugi»da saltanatni boshqarishda hisob va nazorat ishlari haqida shunday deyilgan:
«... har o‘lkaga uch vazir tayinlashlarini buyurdim. Bulardan biri raiyat uchun bo‘lib, undan yig‘iladigan soliqlarning undirilishini kuzatib, hisobotini olib borsin. Oliq-soliq miqdori, soliq to‘lovchilarning nomlarini yozib borsin va raiyatdan yig‘ilgan mablag‘ni saqlasin. Ikkinchi vazir sipoh ishlarini boshqaradi. Sipohga berilgan va berilishi lozim bo‘lgan mablag‘hisobini olib borsin. Uchinchi vazir esa daraksiz yo‘qolgan kishilar, kelib-ketib yuruvchilar (sayohatchilar va savdogarlar), har xil yo‘l bilan yig‘ilib qolgan hosil, aqldan ozganlarning mol-mulki, vorissiz mol-mulkni, qozilar va shayxulislomlarning hukmi bilan olingan jarimalarni tartibga keltirsin»6.
Demak, bizning mamlakatimiz tarixida ham hisob, hisobot va nazorat ishlari tarqqiy etgan deyishimizga asos mavjud.
Mustaqillik davrida mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasini inobatga olgan holda buxgalterlik hisobi, hisobot va nazoratning milliy tizimi shakllandi va rivojlanmoqda. Buxgalteriya hisobining nazariy va uslubiy jihatlari S.K.Qodirxonov, M.Ostonaqulov, B.Hoshimov, X.N.Musaev, A.S.Sotiboldiev, R.R.Radjapov va boshqalar tomonidan rivojlantirildi. Buxgalteriya hisobining erkin bozor iqtisodiyoti makoniga xos quyi tizimi sifatida boshqaruv hisobini shakllantirishda S.Sh.Yuldashev, A.X.Pardaev, B.A.Hasanov, A.A.Karimov, A.A.Abdug‘aniev, O.A.Masharipov kabi olimlar ulkan hissa qo‘shmoqdalar.
Milliy buxgalteriya hisobi, hisoboti va audit tizimining huquqiy-me’yoriy bazasini yaratish va rivojlantirishda E.F.Gadoev, T.I.Jo‘raev, M.M.To‘laxo‘jaeva, Sh.U.Haydarov, O.A.Masharipov, X.A.Ortiqov, X.To‘xsanov va boshqalar faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Iqtisodiy tahlil, moliyaviy nazorat va auditorlik faoliyatining nazariy va uslubiy jihatlarini rivojlantirishda E.A.Akramov, M.Q.Pardaev, A.Q.Qodirov, Yu.M.Itkin, M.M.Tulaxo‘jaeva, D.S.Qudbiev, N.S.Sanaev, Z.T.Mamatov, A.Usanov, N.Hasanov, A.Rizoqulov kabi olimlarning ilmiy ishlari salmoqli o‘rin tutadi.
Ishlab chiqarish hisobi va tannarx kalkulyatsiyasining ilmiy va uslubiy asoslari O.M.Jumanov, N.Yu.Jo‘raev, A.K.Ibragimov, A.I.Aliqulovlar asarlarida o‘z aksini topgan.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida investitsiyalar hisobi va auditi bo‘yicha K.B.O‘rozov, I.Ismonov, B.X.Pardaev, Sh.X.Ilhomov, O.Jo‘raev va boshqalar fundamental izlanishlar olib borishmoqda.
Intellektual mulk ob'ektlari, jumladan nomoddiy aktivlar hisobi va tahlili bo‘yicha N.K.Rizaev, M.E.Po‘latov, I.Davletov boshqalar fundamental izlanishlar olib borishmoqda.
Buxgalterlik ilmining tarixiga oid tadqiqotlar natijalarini umumlashtirish asosida buxgalterlik qachon paydo bo‘lgan degan savolga uch xil javob berilib, bu uchala javob ham asoslab berilgan:
1) 6000 yil muqaddam, ya’ni kishilik jamiyatida sodir bo‘lgan faktlarni maqsadli ravishda ro‘yxatga olish yoki belgilab qo‘yish boshlangan paytda;
2) 500 yil muqaddam, ya’ni Luka Pacholining nomi yuqoridagi qayd qilingan kitobi(traktat) chiqqan vaqti;
3) 100 yil muqaddam, ya’ni buxgalterlik ilmining dastlabki nazariy qurilmalari paydo bo‘lgan vaqt.
Ushbu uchala javobning majmuasi buxgalterlik hisob ilmi chuqur falsafiy mushohadagi molik kasb, to‘g‘rirog‘i ma’lum ma’noda «hunar», «san’at» ekanligi va uning evolyutsiyasi uchta davrga xos uch darajada umumlashtirilishidir:

  • 6000 yil oldin buxgalterlik amaliy faoliyat, hisobchilik sifatida, xo‘jalik faoliyatini tushunish vositasi sifatida qo‘llanilgan;

  • 500 yil oldin adabiyotda muhokama qilinadigan mavzu, adabiy va madaniy tilning bir bo‘lagi darajasiga ko‘tarilgan;

  • 100 yillardan buyon esa mustaqil fan - hisobshunoslik, hisobni tushunish vositasi, «biznesning tili» sifatida mavjuddir.

Xulosa qilib aytganda, buxgalterlik hisobi kishilik jamiyatining ibtidosidayoq vujudga kelib, insoniyat tarixidagi taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tgan va u to yerda hayot bor ekan takomillashib boraveradi.



Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish