Pedagogik muloqotda qadriyatlarga doir to’siqlarning vujudga kelishi va ularni hal etish yo’llari



Download 376,49 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/27
Sana15.01.2022
Hajmi376,49 Kb.
#368376
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
qadriyatlarga oid ziddiyatlar turlari



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI  

 

Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti 

 

PEDAGOGIKA FAKULTETI 

 

«Pedagogika» kafedrasi 

 

5140800-Pedagogika va psixologiya yo’nalishi 3- kurs talabasi 



 

Aslanova Dilnozaning

 

«Pedagogik konfliktologiya» fanidan  



 

KURS  ISHI  

MAVZU:

 

Qadriyatlarga oid ziddiyatlar turlari 

 

 

 



Ilmiy rahbar:

 

 Sh.O’roqov 

 

 

 



                                                    

Samarqand - 2014 



 

 

 


 



Reja 



KIRISh  

ASOSIY QISM: 

1. Qadriyatli tasavvurlar tizimini shakllantirish pedagogik muammo sifatida 

2. Qadriyatlarning turlari va guruhlari 

3. Ta’limiy qadriyatlar va ularning mohiyati

 

4. 

Pedagogik muloqotda qadriyatlarga doir to’siqlarning vujudga kelishi va 

ularni hal etish yo’llari 

 

XULOSA  

 

FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO’YXATI  

 


 



Kirish 



Mavzuning dolzarbligi. 

Qadriyatli  tasavvurlar  tizimini  shakllantirish  murakkab  ko’rinishga  ega 

bo’lib, mazkur jarayon o’zaro bir-biri bilan bog’langan tarkibiy qismlar yig’indisi 

sifatida  namoyon  bo’ladi.  Bunday  o’zaro  aloqador  qadriyatli  tasavvurlar 

tizimining  tarkibiy  qismlariga  ehtiyoj,  qiziqish,  motiv,  faoliyat  maqsadi,  axloqiy 

ideallar, interiorizasiya kabilarni kiritish mumkin. 

Ma’lumki, talabaning turli ko’rinishdagi harakati va faoliyatida uning maxsus 

o’ziga  xos  baholash  munosabati  namoyon  bo’ladi.  Aynan  talabaning  baholash 

munosabatlariga  ko’ra  yangi  qadriyatlarni  o’zlashtirishi  amalga  oshiriladi  yoki 

bo’lmasa  avvaldan  mavjud  bo’lgan  qadriyatlar  (masalan,  ijtimoiy  normalar, 

nuqtai 

nazarlar, 

qarashlar, 

fikrlar, 

qonun-qoidalar) 

yanada, 


ongda 

mustahkamlanadi. 

Fanda  ehtiyojlar  inson  faoliyatining  faolligi  sababi  va  manbai  sifatida  ko’rib 

chiqiladi. O’zining kelib chiqishi va rivojlanishiga ko’ra, ular ikkita bosqichni bosib 

o’tishadi (A.N.Leontyev). Birinchi boskichda ehtiyoj xuddi bir ichki, faoliyat uchun 

yopiq  sharoit  sifatida  xarakterlanadi.  Ushbu  bosqichda  qadriyat  ehtiyojni 

qondirishga  kodirdir,  ideal  sifatida  maydonga  chiqadi,  buni  amalga  oshirish  esa 

berilgan ehtiyojning real dunyoni bilish uchun bilimlarni taqqoslashni nazarda tutadi, 

bu  esa  mana  shu  mavjud  ehtiyojni  qondirish  uchun  vositalarni  tanlashga  yordam 

beradi.  Ikkinchi  bosqichda  ehtiyoj  -  real  bir  kuchdir,  u  insonning  aniq  bir 

faoliyatini boshqaradi. Bu yerda ehtiyoj bilan mazmun aniqlashtirilib olinadi, u esa 

aynan tashqi reallikdan kirib keladi. 

O’z  navbatida,  ehtiyoj  faoliyatni  jadallashtiradi  va  o’zining  aniq  natijasi  bilan 

yakunlanadi.  Avvaliga  u  sharoit  sifatida  maydonga  chiqadi,  birok  talaba  harakat 

qilishni boshlashi bilanoq, shu damning o’zidayoq uning transformasiyalanishi va 

ehtiyojning «o’zida» bo’lmay qolishi yuzaga keladi. Qanchalik faoliyat rivojlansa, 

shunchalik uning ko’zda tutilgan holati natijaga aylanib boraveradi. 

Shuning  uchun  faoliyatni  ehtiyojlarning  qondirilishi  va  kelib  chiqishi 

orqaligina  to’g’ri  tushunib  olish  mumkin.  U  bir  vaqtni  o’zida  mavjud  ehtiyojlarni 



 

kondirish  jarayoni  va  yangi  ehtiyojlarni  yaratish  sharoiti,  shu  bilan  birga  mavjud 



subyekt  va  obyekt  o’rtasidagi  qarama-qarshilik  yechimi  jarayoni  va  yangining 

paydo bo’lishini nazarda tutadi. 

Ehtiyojlar kelajakka yo’naltirilgan bo’lib, natijada hayotiy faoliyat namunasini 

dasturlashtiradi.  Ehtiyojlar  o’zining  regulyatorlik  funksiyasiga  ko’ra,  o’zida 

muhim ahamiyatliligi yuqori bo’lgan shaxs rivojlanishi mezonini aks ettiradi. 

Talabalarda  qadriyatli  tasavvurlar  tizimini  shakllan-tirishda  ehtiyojlar  bilan  bir 

vaqgda qiziqishning ham mavjud bo’lishi, tabiiydir.  

Ehtiyojdan  maqsadni  shakllantirishga  o’tish  o’z-o’zidan  amalga  oshirilmaydi. 

Ehtiyoj va maqsad motivni birlashtiradi. Ehtiyojlar motivga nisbatan birlamchidir, 

ular  esa  aynan  kelib  chiqqan  ehtiyoj  asosida  shakllanadi,  Faollik  ehtiyojlarning 

o’zidan kelib chiqmaydi, balki subyektning mavjud holati shart-sharoiti o’rtasidagi 

ziddiyatga  bog’liqdir.  Aynan  shu  qarama-qarshilik  (ziddiyat)  faoliyatni 

ragbatlantiradi  (stimul),  va  shart-sharoitlarning  o’zgarishi  yoki  saqlab  qolinishiga 

kurashishga  undaydi.  «Motiv»  kategoriyasi,  o’z  navbatida,  «ehtiyoj» 

kategoriyasini  aniqlashtiradi  va  to’ldiradi,  va  subyektning  uning  hayotiy 

faoliyati sharoitlariga munosabatlarini aks ettiradi. 




Download 376,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish