Hisob va audit



Download 1,45 Mb.
bet17/18
Sana20.06.2022
Hajmi1,45 Mb.
#682747
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Kop tarmoqli fermer xojaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilishning oziga xos xususiyatlari Botiraliyev BMI uz 8c980-unlocked

XT = MT±MCh+MU,
bu erda:
XT - haqiqiy tannarx; MT - me'yordagi tannarx; MCh - me'yordan chetga chiqish; MU - me'yorning o'zgarishi.
Kalkulyatsiya qilishning normativ usuli ishlab chiqarish xarajatlari ustidan tezkor nazorat olib borish, korxona ichki ishlab chiqarish rezervlarini aniqlash va ularni ishga solish imkoniyatini beradi. Shuning uchun bu usul eng dolzarb va ilg'or usul hisoblanadi.
Umuman olganda, fermer xo'jaliklarida moddiy xarajatlar hisobini yuritish bugungi kundagi talab darajasida emas. Eng katta muammo shundaki, xarajatlarni hisobga olishda dastlabki hisob, ya'ni muomalalarni hujjatlashtirish jarayoni ko'p vaqt talab etadi hamda hisob ishlarini sekinlashtiradi.
XULOSA
Ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilish tartibi bo'yicha bitiruv malakaviy ishida keltirilgan fikrlar asosida quyidagi xulosalarga kelindi:

    1. Mamlakatimizda ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarini yaratishdan ko'zlangan asosiy maqsad - mavjud er-suv, mehnat resurslari, mineral o'g'itlar, texnika vositalari, bino va inshootlar kabi vositalardan unumli foydalangan holda fermer xo'jaligining oladigan foyda miqdorini oshirishdan iboratdir. Ko'p tarmoqli ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi eng muhim jihatlardan biri - har qanday fermer xo'jaligi o'z daromadini oshirish maqsadida o'z xohishiga ko'ra ixtiyoriy ravishda qo'shimcha tarmoqlarni tashkil etgan holda ko'p tarmoqli fermer xo'jaligiga aylanishi mumkin.

    2. Fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari hisobini olib borishda muhim vazifalar:

  • Fermer xo'jaliklarida moddiy texnika bazasini yangi texnika va texnologiyalar kiritish asosida yaxshilash hamda uni hisobini yuritish;

  • Mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash, kengaytirish va rekonstruktsiya qilish xarajatlari hisobini olib borish;

  • Suv ta'minoti va erlarning meliorativ holatini yaxshilash xarajatlari hisobini yuritish;

  • Qishloq xo'jaligi(dehqonchilik va chorvachilik) mahsulotlarini etishtirishda tannarx xarajatlarini to'g'ri hisoblash va hisobga olish;

  • Fermer xo'jaliklarida(dehqonchilik va chorvachilik) ishlab chiqarish xarajatlari sintetik va analitik hisobini yuritish;

  • Fermer xo'jaliklarida(dehqonchilik va chorvachilik) ishlab chiqarish xarajatlarini hisobot davrida hisoblash tamoyiliga asosan kiritish;

  • Ishlab chiqarish xarajatlari hisob-kitoblarni o'z vaqtida amalga oshirish.

3.Fermer xo'jaliklarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning xususiyatlari
qishloq xo'jalik ishlab chiqarishning o'ziga xosligidan kelib chiqadi. Qishloq xo'jalik korxonalarida buxgalteriya hisobi amaldagi schyotlarning yagona rejalari, ya'ni 21-sonli Buxgalteriya hisobi-ning milliy standarti «Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar moliya-xo'jalik faoliyatining schyotlar rejasi va uni qo'llash bo'yicha yo'riqnoma»ga asoslanadi. Jumladan 2010-"Asosiy ishlab chiqarish" schyotida dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlari bo'yicha ishlab chiqarish jarayonini alohida va maxsus tartibda hisobga olish maqsadida mazkur hujjatga muvofiq korxona buxgalteri tomonidan ixtiyoriy ravishda "Dehqonchilik" va "Chorvachilik" deb nomlangan maxsus subschyotlarni ochgan holda hisobga olish maqsadga muvofiq bo'ladi. Texnologik jarayonga aloqador bo'lgan bevosita xarajatlar sanoatdagi kabi 2010-"Asosiy ishlab chiqarish" kalkulyatsiya schyotini tuzilishi hamda vazifasi bilan bir xil bo'lgan "Dehqonchilik" va "Chorvachilik" schyotlarining debetida hisobga olinadi. Tayyor mahsulotni, shuningdek, ayrim bajarilgan ish va xizmat (operatsiyalar)ni hisobga olishning ham o'ziga xos xususiyatlari ham bor. Korxonalar va tashkilotlarning yordamchi qishloq xo'jaliklarida 2710-"Xizmat qiluvchi ishlab chiqarish va xo'jaliklar" schyotidan foydalaniladi, shunga ko'ra korxona xarajatlari 2010-"Asosiy ishlab chiqarish", 2510-"Umumishlab chiqarish xarajatlari" va shu kabilar schyotlarda aks ettiriladi.
Fermer xo'jaliklarida buxgalteriya hisobini yuritishda boshlang'ich hujjatlarning namunaviy shakllari, buxgalteriya registrlarining yagona shakllari, hisoblash ishlarini bajarishda hisobga olishning kompleks mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan asosiy tashkiliy shakli davlat statistika qo'mitasi tizimining tuman axborot - hisoblash stantsiyalari hisobga olishni mexanizatsiyalash shartnomalari bo'yicha xizmat ko'rsatadilar. Fermer xo'jaliklari buxgalteriya hisobining asosan memorial-order, jurnal-order va jadval-avtomatlashgan shakllaridan foydalaniladi.
4. Fermer xo'jaliklarida dehqonchilikdagi xarajatlar va mahsulotning chiqishini hisobga olishda 2010-"Asosiy ishlab chiqarish" schyotidan foydalaniladi. U ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini hisoblashga ham mo'ljallangan. Schyotning debetida yil davomida bevosita, yil oxirida esa yuqorida keltirilgan sarf moddalari bo'yicha bilvosita xarajatlar, kreditda esa yil davomida mahsulotning chiqishi rejadagi tannarxda aks ettiriladi. Yil yakunida esa rejadagi tannarx aniqlangan haqiqiy tannarxga etkazib to'g'rilanadi. Yil boshida ushbu schyotning debet saldosi o'tgan yil xarajatlari bo'yicha tugallanganmagan ishlab chiqarishni, yil oxirida esa kelgusi yil hosili uchun xarajatlar bo'yicha tugallanmagan ishlab chiqarishni anglatadi. 2010-"Asosiy ishlab chiqarish" schyoti (2010 - «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti("Dehqonchilik" subschyoti)) bo'yicha analitik hisobi ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish ob'ektlari bo'yicha ekin turlari, tugallanmagan ishlab chiqarish, ish turlari va xarajat moddalari bo'yicha yuritiladi.
5.Chorvachilik bilan shug'ullunuvchi fermer xo'jaliklarida chorvachilik ishlab chiqarish xarajatlarining sintetik hisobi 2020 «Asosiy ishlab chiqarish schyotlari» tizimida olib boriladi. Ushbu schyotlar tizimida chorvachilik sohalariga qarab turli schyotlarni ishchi schyotlar rejasida ochish mumkin, masalan:

  1. «Qoramolchilik»;

  2. «Qo'ychilik»;

  3. «Parrandachilik» va boshqalar.

Chorvachilik bilan shug'ullunuvchi fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarining analitik hisobi chorvachilik sohalarining yo'nalishlariga qarab yuritiladi.
6. Dehqonchilik bilan shug'ullunuvchi fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarining sintetik hisobi 2000 «Asosiy ishlab chiqarish schyotlari» tizimida olib boriladi. Ushbu schyotlar tizimida dehqonchilik sohalariga qarab quyidagi analitik schyotlarni ishchi schyotlar rejasida ochish mumkin:

  • 2011 - «Paxtachilik»;

  • 2012 - «G'allachilik»;

  • 2013 - «Sabzavotchilik» va boshqalar.

7.Fermer xo'jaliklarida mahsulot tannarxini hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • Asosiy vositalarni saqlash xarajatlari taqsimlanadi;

  • Asosiy ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi yordamchi va qo'shimcha mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish mahsulot tannarxi hisoblanadi;

  • Suv chiqarish va erni quritish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar taqsimlanadi;

  • Brigada, tsex va umumxo 'j alik xaraj atlari taqsimlanadi;

  • Rejalashtirilgan va hisobga olingan ob'ektlar bo'yicha umumxo'jalik xarajatlari summasi taqsimlanadi;

  • O'simlik mahsulotlari tannarxi hisoblab chiqiladi;

  • Em-xashak tsexlarini saqlash xarajatlari taqsimlanadi;

  • Chorvachilik mahsulotlari hisoblab chikiladi;

  • Boquvdagi qora mollar boshi tannarxi hisoblanadi;

  • Qishloq xo'jaligi mahsulotini qayta ishlash bilan bog'liq bo'lgan qo'shimcha ishlab chiqarish mahsulotlari tannarxi hisob-kitob qilinadi;

  • O'simlik va chorva mahsulotlarini ishlab chiqarish tannarxi tarkibiga ularni sotish bilan bog'liq xarajatlar qo'shilib, to'liq tannarx hisoblanadi.

Fermer xo'jaliklarida tannarxni rejalashtirish va hisob-kitob qilish quyidagi ko'rsatkichlarda o'z aksini topadi:

  • hamma mahsulotning tannarxi;

  • bir birlik mahsulot tannarxi;

  • bir so'mlik tovar mahsuloti ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlar.

8. Fermer xo'jaliklarida ekinlar (ekin turlari) bo'yicha dehqonchilik mahsulotining tannarxi quyidagilardan tarkib topadi:

  • don, paxta, kungaboqar urug'i-franko-dala (xirmon yoki dastlabki ishlov beriladigan joy);

  • somon, xashak-franko-saqlash joyi;

  • qand lavlagi, kartoshka, poliz ekinlari, sabzavot, qand lavlagi tugunchali, ildiz mevalar-franko-dala (saqlash joyi);

  • mevalar, rezavor, uzum, tamaki, maxorka va choy bargi dorivor efir moy ekinlari va gulchilik mahsulotlari, himoya qilingan er sabzavotlari-franko-qabul (asrash) joylari;

  • zig'ir-pohol, ivitilgan zig'irpoya-franko-asrash qayta ishlash (xo'jalikda) joyi;

  • o't, zig'ir, sabzavot va boshqa ekinlar urug'lari-franko-asrash joyi;

  • ozuqa uchun ko'k massa-franko-iste'mol joyi;

  • silos, o't uni, senaj, granula uchun ko'k massa, franko-silos bosish, senaj qilish (minora, zovur, o'ra) joyi, o't uni, granula tayyorlash joyi.

9.Fermer xo'jaliklarida chorvachilik bo'yicha ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotning chiqishini hisobga olish bo'linmalari, fermalar, brigadalar va shu kabilar bo'yicha amalga oshirilishi kerak. Chorvaning turi va guruhlari bo'yicha xarajatlar quyidagi kalkulyatsiya moddalari bo'ycha aks ettiriladi:

  • Ijtimoiy sug'urta ajratmalari va mehnatga haq to'lash xarajatlari;

  • Hayvonlarni himoya qilish vositalari;

  • Ozuqa;

  • Ish va xizmatlar;

  • Asosiy vositalarni asrash xarajatlari;

  • Ishlab chiqarishni tashkil etish xarajatlari;

  • Sug'urta to'lovlari;

  • Boshqa xarajatlar;

  • Chorvaning nobud bo'lishidan yo'qotishlar.

Fermer xo'jaliklarida chorvachilik bo'yicha ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishga oid buxgalteriya yozuvlari ozuqani taqsimlash yuzasidan boshlang'ich hujjatlar - vedomostlar, tabellar, tug'ilgan naslni kirim qilish dalolatnomalari, hayvonlarni tortib ko'rish qaydnomalari va shu kabilar asosida amalga oshiriladi. Fermer xo'jaliklarida "hayvonlarni himoya qilish vositalari" moddasida korxona mablag'lariga olinadigan biopreparatlar, dori-darmonlar, dezinfektsiya qilish vositalari va shu kabilarni xarid qilish va asrash sarflari, shuningdek, ulardan chorvachilikda foydalanishga aloqador xarajatlar aks ettiriladi. Bu moddaga yuqoridagi vositalarni ana shu maqsadlarda byudjet mablag'lari hisobiga xarid etilgan qiymati kiritilmaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI Normativ-huquqiy hujjatlar:

    1. O'zbekiston Respublikasi Konctitutsiyasi. - T.: O'zbekiston, 2014.

    2. O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. - T.: Adolat, 2008.

    3. O'zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi Qonuni - Toshkent 2016 y. 13 aprel.

    4. O'zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to'g'risida»gi Qonuni (yangi tahriri) 2000 y. 26 may.

    5. "Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, 2014 yil 6 may.

    6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 27 sentyabrdagi "Qimmatli qog'ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-475-sonli Qarori;

    7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi "Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular ko'rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to'g'risida"gi PQ-615-sonli Qarori;

    8. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 2 iyuldagi "Auditorlik tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish yuzasidan qo'shimcha chora- tadbirlar to'g'risida"gi PQ-907-sonli Qarori.

    9. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabrdagi «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarning ahamiyatini oshirish to'g'risida»gi 365-sonli qarori.-T.: «Xalq so'zi», 2000 y, 26 sentyabr.

    10. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi "Ustav fondida davlat ulushi bo'lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkini zarur darajada hisobga olinishini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi 215-sonli Qarori;

    11. O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Buxgalteriya hisobining milliy standartlari» 1998-2008 yillar.

    12. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli Qarori bilan tasdiqlangan "Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risida" Nizom.

    13. Karimov I.A. "Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi". -T.: «O'zbekiston», 2011. 56 bet.

    14. Karimov I.A. "2014-yil yuqori o'sish sur'atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o'zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo'ladi" -T.: "O'zbekiston", 2014. 64 b.

    15. Karimov I.A. "2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo'l ochib berish - ustuvor vazifamizdir" T.: "O'zbekiston" 2015 y. 72 bet.

    16. Karimov I.A. "Bosh maqsadimiz - iqtisodiyotimizda olib borayotgan islohotlarni va tarkibiy o'zgarishlarni keskin chuqurlashtirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo'l ochib berishdir" T.: "O'zbekiston" 2016 y., 88 bet.

Darslik va o'quv adabiyotlari:

    1. Bakanov M.I, Sheremet A.D. "Teoriya ekonomicheskogo analiza" M. "Finansi i statistika" 1998.

    2. Basovskiy L.E., Basovkaya E.N. i dr. «Kompleksniy ekonomicheskiy analiz xozyaystvennoy deyatelnosti»: Uchebnoe posobie. - M.: INFRA-M, 2009. - 366s

    3. Bernstain A.A. "Analiz finansovoy otchetnosti". M. "Finansi i statistika". 1999

    4. Abdukarimov I.T. «Moliyaviy hisobotni o'qish va tahlil qilish yo'llari». T.; «Iqtisodiyot va huquq dunyosi». 1999 yil.

    5. Abdullaev Yo.A., Ibragimov A.T., Raximov M.Yu. «Iqtisodiy tahlil: 100 savol va javob». T.; «Mehnat» 2001.

    6. Voxobov A. V., Ibragimov A. T. "Moliyaviy tahlil". T.; "Sharq" 2002.

    7. Vahobov A.V., Ibragimov A.T., Yakubov U.Q. «Boshqa tarmoqlarda iqtisodiy tahlil xususiyatlari». T.; 2004.

    8. Ibragimov A.T., Raximov M.Yu. «Boshqaruv tahlili». T.; 2004.

    9. Axmadjonov X.I., Raximov M.Yu. «Moliyaviy tahlil». T.; 2004.

    10. Vahobov A.V. va boshqalar. «Iqtisodiy tahlil nazariyasi». T.; 2003.

    11. Hakimov B.J. va boshqalar. «Iqtisodiy tahlil nazariyasi». T.; "Iqtisod- moliya" nashriyoti, 2012 y.

    12. Pardaev M.Q., Abdukarimov I.T. «Iqtisodiy tahlil». T.; «Mehnat» 2004.

    13. Buxgalterlar uchun amaliy qo'llanma. (ikki jildlik)T.: "Norma" 2010 y.

    14. Godovoy otchet -2014. Elektronnaya spravochnaya sistema ," Norma".

    15. Moliyaviy hisob-2. KARANA korporatsiyasi - 2008.

    16. Moliyaviy hisob-2. Ochilov I.K., Azlarov D.X., Avloqulov A.Z. O'quv qo'llanma. -T.: TMI, 2003. B.326.

    17. Bochkareva I.I. Buxgalterskiy uchet. Uchebnoe posobie. -M.: Prospekt, 2006. 776 str.

    18. Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari asosida banklarda buxgalteriya hisobi. O'quv qo'llanma. Hammuallif - T.: "MOLIYA", 2010 - 272 b.

    19. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari. Tarjima. A. Rizaqulov, B.Xasanov, A.Usanov, Z.Mamatov. T.: - 2004.

    20. Do'smuratov R.D, Mamadiyarov D.U. Boshqaruv hisobi./Darslik. -T.: Sharq 2008. -174 b.

    21. Ibrohimov A.K., Ochilov I.K., Qo'ziev I.N., Rizaev N.Q. Moliyaviy va boshqaruv hisobi. - T.: "IQTISOD -MOLIYa", 2008. - B. 444.

    22. Karimov A.A. va boshqalar. Buxgalteriya hisobi./Darslik. -T.: Sharq 2004. - 592 b.

    23. Pardaev A.X, Pardaev B.X. Boshqaruv hisobi. O'quv qo'llanma. T.: G'.G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2008. - 251 b.

    24. Sotivoldiev A.A. Zamonaviy buxgalteriya hisobi. 3t. / Darslik.- T. 2004. - 505 b.

    25. Ibragimov A., Ochilov I., Qo'ziev I., Rizaev N. Moliyaviy va boshqaruv hisobi. T.: Iqtisod-moliya nashriyoti, 2008.-444 b

    26. Karimov A.A. va boshqalar. Buxgalteriya hisobi. /Darslik -T.: Sharq, 2004.­592 b.

    27. G'ulomova F. Buxgalteriya hisobini mustaqil o'rganuvchilar uchun qo'llanma. -T.: "Norma" nashriyoti, 2012. -496 b.

    28. Do'stmurodov R., Masharipov O. Fermer ho'jaligida buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish. O'quv qo'llanma-Toshkent, 2007.- 94 b.

    29. Kamishanov P.I. Sovremennaya buxgalteriya i audit na predpriyatiyax i v bankax-M.: 2000.-380 s.

Internet saytlari:
http://www.mf.uz (O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi).
www.ziyonet.uz
www.tfi.uz
www.lex.uz
http: //www.mf. uz
http: //www.norma.uz
http: //www.buh.ru/
http: //www.soliq.uz
www.gaap.ru




Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish