Hisob va audit



Download 1,45 Mb.
bet13/18
Sana20.06.2022
Hajmi1,45 Mb.
#682747
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Kop tarmoqli fermer xojaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilishning oziga xos xususiyatlari Botiraliyev BMI uz 8c980-unlocked

5-jadval

Fermer xo'jaliklari uchun tavsiya etiladigan buxgalteriya hisobi


t.




Schyotning

n.

Schyotning nomi

nomeri (kodi)

1.

Asosiy vositalar

0100-0199

2.

Asosiy vositalar eskirishi

0200-0299

3.

Materiallar

1000-1090

4.

Asosiy ishlab chiqarish

2000

5.

Kapital kuyilmalar

0810

6.

Tayyor maxsulotlar

2800

7.

Realizatsiya

9000

8.

Sotilgan mahsulot tannnarxi

9110

9.

Kassa

5010

10.

Hisob-kitob schyoti

5110

11.

Valyuta schyoti

5210

12.

Bankdagi boshka schyotlar

5500

13.

Moliyaviy kuyilmalar

5810

14.

Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar

6010

15.

Byudjet bilan hisob-kitoblar

6410

16.

Ijtimoiy sugurta buyicha hisob-kitoblar

6510

17.

Mexnatga xak tulash buyicha hisob-kitoblar

6710

18.

Turli kreditorlar bilan hisob-kitoblar

6810

19.

Yakuniy moliyaviy natijalarni aniqlash

9900

20.

Ustav kapitali

8310

21.

Taqsimlanmagan foyda(qoplanmagan zarar)

8710

22.

Bank kreditlari

6910

Bu schyotlar rejasiga asosan ishlab chiqarish zahira (materiallar, yokilgi, kurilish materiallari, inventar jihozlar) va transport-tayyorlash xarajatlari 1000­1090 "Materiallar" schyotida hisobga olinadi. Bunda inventar jihozlar ishlab chiqarish xarajatlariga materiallardek ekspluatatsiyaga bergandan sung qo'shiladi. Kup hisob ob'ekti (maxsulot turlari, ishlab chiqarish ob'ektlari va xokazo) va ishlab chiqarish jarayoni davri uzoq bo'lmagan fermer xo'jaliklari umumxo'jalik xarajatlarini bevosita xarajatlariridan alohida hisobga olib, xar oyda tuligicha realizatsiya kilingan maxsulotlar xarajatlariga qo'shiladi. Asosiy ishlab chiqarish vositalarining barcha ta'mirlashlari maxsulot (ish, xizmat) lar tannarxi kerakli moddasiga qo'shiladi.


Mahsulotni jo'natish va realizatsiyasini hisobga olish xamda moliya natijalarini aniklash 9010 "realizatsiya " va 9110 "Sotilgan mahsulot tannnarxi" schyotlarida amalga oshiriladi. Fermer xo'jaliklari moliya natijalarini va ulardan foydalanishni 9900 "Yakuniy moliyaviy natija" schyotida hisobga oladilar.
3.2. Ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulot tannarxini kal'kulyatsiya qilishni takomillashtirish
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida qishloq xo'jaligi korxonalarida yangi texnika va texnologiyalarni olib kelinishi ishlab chiqarish xarajatlarni minimallashtirish hamda maksimal daraja daromad olishga qaratiladi. Bu esa, fermer xo'jaliklari faoliyatini eng asosiy bo'lgan ikki tarmoqqa bo'lgan holda, ularda ishlab chiqarish xarajatlari hisobini yuritish va mahsulot kalkulyatsiyasi jarayonining xususiyatlarini to'liq hisobga olgan holda o'rganishimiz lozimligini bildiradi.
Bugungi kunda fermer xo'jaliklarida dehqonchilik va chorvachilik sohalarining buxgalteriya hisobi ob'ektlari sifatidagi xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Birinchidan, dehqonchilik va chorvachilik faoliyatlari turli jarayonlardan tashkil topadi. Chunonchi, dehqonchilik o'z ichiga erni shudgorlash va ekishga tayyorlash, uruyoni ekishga tayyorlash, urug'lik qadash, ekinni parvarishlash (sug'orish, yaganalash, chilpish, defoliatsiya qilish), hosilni terib olish va topshirish kabi xo'jalik ishlarini bajarishni talab qiladi. Chorvachilik mollarning tug'ilganligidan (sotib olinganligidan) boshlab, to ularni xo'jalik balansida turgan davri ichida parvarishlash, mahsulot (nasl) olish, mahsulotni topshirishgacha bo'lgan juda ham xilma-xil bo'lgan xo'jalik jarayonlarini bajarishni taqozo etadi. Qishloq xo'jaligi korxonalarida yuz berayotgan ushbu jarayonlar son va sifat jihatdan turli o'lchov birliklarida o'z aksini buxgalteriya hisobida topadi.
Ikkinchidan, dehqonchilik va chorvachilik boshqa ishlab chiqarish turlaridan o'zlarining davomiyligi, shuningdek mavsumiyligi bilan farq qiladi.Demak, dehqonchilik va chorvachilikning davomiylik xarakteriga ega bo'lishligi ularga qilinayotgan sarflarni va olinadigan mahsulotlar davrlarini bir- biriga mos emasligini ko'rsatadi. Chunonchi, mahsulotni etishtirishga ketadigan jonli va buyumlashgan mehnat sarflari to'xtovsiz, butun yil mobaynida davom etadi, hosilni yig'ishtirib olish esa yilning ma'lum davriga to'g'ri keladi. Bu o'z navbatida dehqonchilik va chorvachilikda tugallanmagan ishlab chiqarish jarayonini hisobot yili oylari bo'yicha, shuningdek kelgusi davr uchun uzluksiz hisobga olib borish zaruratini tug'diradi.
Uchinchidan, fermer xo'jaliklarida etishtirilgan mahsulotlar asosiy va qo'shimcha mahsulotlarga bo'linadi. Tannarxni kalkulyatsiya qilish ob'ekti bo'lib asosiy mahsulot hisoblanadi. Lekin qilingan xarajatlar ham asosiy, ham qo'shimcha mahsulotga tegishli bo'ladi. Shu bois ham, xarajatlarni asosiy va qo'shimcha mahsulotlar o'rtasida taqsimlash, ular har birining reja va haqiqiy tannarxlarini, kirim qiymatini va sotish baholarini to'g'ri aniqlash zarurati tug'iladi.
To'rtinchidan, fermer xo'jaliklarida etishtirilgan mahsulotlar mavsum davomida faqat reja tannarxida kirim qilib boriladi. Ularning haqiqiy tannarxi, erishilgan moliyaviy natijalar faqat qishloq xo'jalik taqvim yili tugagandan keyingina, buxgalteriya hisobida barcha turdagi daromad va xarajatlar to'liq aks ettirilgandan so'ng aniqlanadi.
Beshinchidan, etishtirilgan mahsulotlarning tez buzilishga moyilligi, maxsus saqlash joylarini talab etishi, ishlatilish maqsadi va boshqa jihatlari ularni turli usullarda kirim qilishni va xaridorlarga jo'natishni taqozo etadi. Masalan, tez buziladigan meva-sabzavotlar, poliz ekinlari, chorvachilik mahsulotlari ularni qayta ishlash korxonalariga bevosita daladan (fermalardan) yuklatiladi. Tez buzilmaydigan mevalar, poliz ekinlari, chorvachilik maxsulotlari qishloq xo'jalik korxonalarining maxsus saqlash joylariga kirim qilinadi.
Oltinchidan, qishloq xo'jalik mahsulotlarini etishtirish fermer xo'jaliklarida bu soha bo'yicha ixtisoslikka ega bo'lgan mutaxassislardan iborat bo'lgan mehnat jamoalarini shakllantirishni shuningdek ular mehnatiga haq to'lashni turli shakllarda hamda tizimlarda tashkil etishni taqozo etadi. Shu bois ham bu tarmoq korxonalarida mehnat va unga haq to'lashning brigada shakli keng qo'llaniladi.
Hozirgi kunda dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi fermer xo'jaliklari erni
ekishga tayyorlash va ekish hamda parvarishlash, shuningdek hosilni yig'ib olish kabi ishlar asosida o'z faoliyatini amalga oshiradi. Bunga mos ravishda dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi fermer xo'jaliklari ishlab chiqarish xarajatlarini amalga oshiradi va buxgalteriya hisobi hujjatlarida rasmiylashtirib boradi(5- chizma).



Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish