Hisob va audit



Download 1,45 Mb.
bet10/18
Sana20.06.2022
Hajmi1,45 Mb.
#682747
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
Kop tarmoqli fermer xojaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilishning oziga xos xususiyatlari Botiraliyev BMI uz 8c980-unlocked

3-jadval

Dehqonchilik tarmog'i sohalarida etishtirilgan mahsulotlarning reja va haqiqiy tannarxlari
8


Mahsulot

Miqdori,

1 birlik tannarxi, so'm

Summa,

Korr. schyotlar




ts.

Reja

haqiqat

Farq (+,-)

so'm

Dt

Kt

Paxta

1500

38000

37000

-1000

-1500000

9110

2010

Don

2250

15500

14000

-500

-1125000

9110

2010

Don chiqiti

1000

7725

8000

+275

+275000







a) sotilgan

800










+220000

9110

2010

b) chorvaga

200










+55000

2020

2010

Somon

2300

150

155

+5

+11500







a) sotilgan

300










+1500

9110

2010

b) chorvaga

2000










+10000

2020

2010

Pomidor

350

10000

11000

+1000

+350000

9110

2010

Piyoz

200

20000

20600

+600

+120000







a) sotilgan

150










+90000

9110

2010

b) qoldiq

50










+30000

2810

2010

Karam

250

5000

6000

+1000

+250000

9110

2010

Kartoshka

200

32000

33500

+1500

+300000







a) sotilgan

150










+225000

9110

2010

b) qoldiq

50










+75000

2810

2010

Sabzi

320

8000

8500

+500

+160000

9110

2010

Dehqonchilik bilan shug'ullunuvchi fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari to'g'risidagi ma'lumotlar maxsus «Ishlab chiqarish xarajatlari to'g'risida hisobot»da (18-shakl) jamlanadi. Buxgalteriya hisobining kombinatsiyalashgan shaklida ishlab chiqarish xarajatlari hisobi quyidagi maxsus reestrlarda yuritiladi:



  • «Hisobot davri xarajat (sarf)larini hisobga olish qaydnomasi»;

  • «Dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olish qaydnomasi».

Hozirgi kundagi amaliyotdan kelib chiqib dehqonchilik bilan shug'ullunuvchi fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari hisobida qizil yozuvlar yoki qo'shimcha yozuvlarni qaysi korrespondentsiyalanadigan schyotlarga berilishini aniqlashda etishtirilgan mahsulotlarning to'liq sotib yuborilganligi, ishlatilganligi hamda omborda tayyor mahsulot sifatidasaqlanayotganligi e'tiborga olinishi kerak. Chunonchi, to'liq sotib yuborilgan mahsulotlar bo'yicha reja tannarx va haqiqiy tannarx o'rtasidagi farq summalari bevosita 9130 «Sotish tannarxi» schyotiga, qisman sotilgan mahsulotlar bo'yicha ushbu farq ularning sotilgan va omborda saqlanayotgan qismlarini aks ettiruvchi schyotlar o'rtasida taqsimlanishi lozim. O'z maqsadlarida ishlatilgan mahsulotlar (masalan, em-xashaklarni chorva mollariga berilishi) bo'yicha reja tannarxi va haqiqiy tannarx o'rtasidagi farq mos ravishdagi ishlab chiqarish schyotlariga olib borilishi kerak.
Chorvachilik bilan shug'ullunuvchi fermer xo'jaliklarida chorvachilik ishlab chiqarish xarajatlarining sintetik hisobi 2020 «Asosiy ishlab chiqarish schyotlari» tizimida olib boriladi. Ushbu schyotlar tizimida chorvachilik sohalariga qarab turli schyotlarni ishchi schyotlar rejasida ochish mumkin, masalan:

    1. «Qoramolchilik»;

    2. «Qo'ychilik»;

    3. «Parrandachilik» va boshqalar.

Chorvachilik bilan shug'ullunuvchi fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarining analitik hisobi chorvachilik sohalarining yo'nalishlariga qarab yuritiladi. Masalan, 2023 «Parrandachilik» schyoti bo'yicha quyidagi analitik schyotlarni ochish mumkin: tuxum; go'sht va boshqalar.
Chorvachilik bilan shug'ullunuvchi fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari schyotlarining (2021, 2022, 2023) debetida haqiqatda qilingan xarajatlar aks ettiriladi. Hozirgi kunda chorvachilik bilan shug'ullunuvchi fermer xo'jaliklarida buxgalteriyasida qizil yozuvlar yoki qo'shimcha yozuvlarni qaysi korrespondentsiyalanadigan schyotlarga berilishini aniqlashda olingan mahsulotlarning to'liq sotib yuborilganligi, ishlatilganligi hamda omborda tayyor mahsulot sifatida saqlanayotganligi e'tiborga olinishi kerak. Chunonchi, olingan naslning reja tannarxi va haqiqiy tannarxi o'rtasidagi farq summalari bevosita 1110 «O'stirishdagi va boquvdagi mollar» schyotiga, to'liq sotib yuborilgan mahsulotlar bo'yicha reja tannarx va haqiqiy tannarx o'rtasidagi farq summalari bevosita 9130 «Sotish tannarxi» schyotiga, qisman sotilgan mahsulotlar bo'yicha ushbu farq ularning sotilgan va omborda saqlanayotgan qismlarini aks ettiruvchi schyotlar o'rtasida taqsimlanishi lozim.
Buxgalteriya hisobining kombinatsiyalashgan shaklida chorvachilik ishlab chiqarish xarajatlari hisobi quyidagi maxsus reestrlarda yuritiladi:

  • «Hisobot davri xarajat (sarf)larini hisobga olish qaydnomasi»;

  • «Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olish qaydnomasi».

Ushbu schyotlarda asosiy podaga o'tkaziladigan xo'jalikdagi yosh mahsuldor va ish hayvonlarini o'stirish bo'yicha xarajatlar, asosiy poda uchun harid qilingan katta yoshdagi va ish hayvonlarining qiymati, hayvonlarni etkazib berish bilan bog'liq sarflarni ham qo'shgan holda, boshqa korxonalardan tekinga olingan katta yoshdagi hayvonlarni xo'jalikka olib kelish bilan bog'liq sarflar hisobga olinadi.
Chorvachilik bilan shug'ullunuvchi fermer xo'jaliklarida yil oxirida hisobot kalulyatsiya tuzilgandan keyin yil davomida o'tkazilgan yosh hayvonlarning ko'rsatilgan qiymati bilan uning haqiqiy tannarxi o'rtasida farq 1110- "O'stirishdagi va boquvdagi hayvonlar schyotidan 0840-"Asosiy podani tashkil qilish" schyotiga, hayvonning bahosini bir vaqtning o'zida aniqlashda 0170- "Ishchi va mahsuldor hayvonlar" schyotiga qo'shimcha yozuv yoki storno qilish yo'li bilan hisobdan chiqariladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqan holda ta'kidlash joizki, fermer xo'jaligining chorvachilik va dehqonchilik tarmoqlari bo'yicha ishlab chiqarish xarajatlari hisobining xususiyatlariga muvofiq holda ular hisobi ham bir biridan farq qilishini sezish mumkin. Shunday ekan chorvachilik va dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari sintetik va analitik hisobini aniqlik va ehtiyotkorlik bilan olib borish buguni zamon talabi hisoblanadi.
2.2. Ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarida mahsulot tannarxini
shakllantirish va uni kalkulyatsiya qilish tartibi
Fermer xo'jaliklarida dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish ob'ekti - ekinlarning alohida turlari, tugallanmagan ishlab chiqarish turlari va ayrim ishlardir. Masalan, kuzgi boshoqli ekinlar guruhi, bahorgi bug'doy va boshqa bahorgi ekinlar guruhi, texnik ekinlar, kartoshka, sabzavot, poliz, ozuqa ekinlari, bog'dorchilik va uzumchilik xarajatlari hisobga olishning mustaqil ob'ektlari hisoblanadi.
Kelgusi yil hosili uchun qilingan xarajatlar hisoblanmish tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari hisobga olishning alohida ob'ektiga ajratiladi. Bu xarajatlar alohida ekinlar bo'yicha bajariladigan ish turlari yuzasidan hisobga olinadi. Keyingi, boshlangan hisobot yilida aytib o'tilgan xarajatlar alohida ekin turlari tannarxiga taqsimlash yo'li bilan o'tkaziladi.
Fermer xo'jaliklarida dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotning chiqishi bo'linma, brigada va shu kabilar bo'yicha hisobga olinishi kerak. Fermer xo'jaliklarida bundan tashqari ekin turlari bo'yicha xarajatlar quyidagi kalkulyatsiya moddalari bo'yicha hisobga olinadi:

  1. Ijtimoiy sug'urta ajratmalari bilan birgalikda mehnatga haq to'lash xarajatlari;

  2. Urug'lik va ekish materiallari uchun xarajatlar;

  3. Mineral o'g'it xarajatlari;

  4. O'simliklarni himoya qilish vositalari;

  5. Bajarilgan ish va xizmatlar uchun to'lovlar;

  6. Asosiy vositalarni asrash xarajatlari;

  7. Ishlab chiqarishni tashkil etish xarajatlari;

  8. Sug'urta to'lovlari;

  9. Boshqa xarajatlar.

Mahsulot tannarxini hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Asosiy vositalarni saqlash xarajatlari taqsimlanadi;

    1. Asosiy ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi yordamchi va qo'shimcha mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish mahsulot tannarxi hisoblanadi;

    2. Suv chiqarish va erni quritish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar taqsimlanadi;

    3. Brigada, tsex va umumxo'jalik xarajatlari taqsimlanadi;

    4. Rejalashtirilgan va hisobga olingan ob'ektlar bo'yicha umumxo'jalik xarajatlari summasi taqsimlanadi;

    5. O'simlik mahsulotlari tannarxi hisoblab chiqiladi;

    6. Em-xashak tsexlarini saqlash xarajatlari taqsimlanadi;

    7. Chorvachilik mahsulotlari hisoblab chikiladi;

    8. Boquvdagi qora mollar boshi tannarxi hisoblanadi;

    9. Qishloq xo'jaligi mahsulotini qayta ishlash bilan bog'liq bo'lgan qo'shimcha ishlab chiqarish mahsulotlari tannarxi hisob-kitob qilinadi;

11.O'simlik va chorva mahsulotlarini ishlab chiqarish tannarxi tarkibiga ularni sotish bilan bog'liq xarajatlar qo'shilib, to'liq tannarx hisoblanadi.
Tannarxni rejalashtirish va hisob-kitob qilish quyidagi ko'rsatkichlarda o'z aksini topadi:

  • hamma mahsulotning tannarxi;

  • bir birlik mahsulot tannarxi;

  • bir so'mlik tovar mahsuloti ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlar;

Ishlab chiqarishga qilinadigan xarajatning muhim jihati sifatida, yangi ishlab chiqarish tsikli oldidan o'ziga tegishli bo'lmay mahsulot bir qismi urug'liklar, em- xashak, o'g'itlarni ishlatish bo'lib hisoblanadi. Shunda o'zining ishlab chiqarishga tegishli bo'lgan urug'liklar em-xashak va yosh mollar xarajatlar tarkibida o'zining o'tgan yilgi haqikiy tannarxida hisobga olib boriladi. Natijada rejalashtirilayotgan yilning tannarxi miqdoriga xo'jalik faoliyatining o'tgan yilgi natijalari muhim ta'sir etadi.
Bir yillik mahsulotning reja tannarxi rejadagi xarajatlarni shu turdagi barcha ishlab chiqarish mahsulotlariga uning haqikiy holatdagi reja hajmini bo'lish orqali, bir so'mlik mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlarni esa barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxini uning sotilish narxi hajmiga bo'lish orqali topiladi.
Mahsulot tannarxini belgilashda tannarxni tuzilishi mumkin bo'lgan quyidagi muhim texnik-iqtisodiy omillar ta'sirini hisobga olish kerak:

  • o'simlik parvarishida hosilning ko'payishi va chorva mollarining mahsuldorligini usishi;

  • ishlab chiqarishning texnik va kompleks mexanizatsiyasi darajasining oshishi;

  • ishlab chiqarishga yangi progressiv texnologiyalarni jalb etish, tatbiq etish;

  • erning unumdorlik darajasini oshirishiga xizmat qiluvchi tadbirlar o'tkazish;

  • ishlab chiqarish resurslarining sifatini oshishi (mashinalar, asbob-uskunalar, mollar, urug'lar, em-xashaklar, o'g'itlar va boshqalar);

  • hosildorlikka ega bo'lgan yangi qishloq xo'jalik ekinlari navlarini, chatishmalarini (gibrid) va mol turlarini jalb etish;

  • moddiy va mehnat resurlaridan oqilona foydalanish;

  • ilg'or mehnat shakli va ish haqi shaklining tashqillashtirilishi. Sotilayotgan mahsulot uchun rejadagi xarajatlarni kelasi yilga rejalashtirilayotgan mahsulot hajmi, har bir mahsulot turi va bir birlik mahsulot reja tannarxini hisobga olgan holda aniqlanadi.

Qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish tarmoqlaridan farqli 1 yillik hosildorlik bo'yicha xarajatlar 1 Ga maydonga qilinadigan xarajatlarni aniqlab har bir tur qishloq xo'jaligi mahsulotlari bo'yicha alohida ekiladigan umumiy Ga maydonga ko'paytirish orqali aniqlanadi.
Qishloq xo'jaligida 1 yillik yalpi mahsulot hosildorligi bo'yicha xarajat va tushumi hisoblanishining o'ziga xos xususiyatiga ega. Fermer xo'jaligida etishtiriladigan mahsulot xarajatlarining tarkibi shu xo'jalikda ekilayotgan ekinlarning turlari bo'yicha alohida tannarx xarajati 1 Ga maydonga hisoblanadi. Bunkerdan olinadigan asosiy hosil (yiyoshtirib olinadigan) tsentnerda hisoblanadi va 1Ts bahosiga ko'paytiriladi.
Jumladan:
1. 1 Ga yer uchun qilinadigan xarajat;

  1. 1 Ga yerga ketadigan urug'likni xarajatni hajmi;

  2. GSM xarajatlari;

  3. Mineral o'g'itlar xarajatlari;

  4. Avtotransport xarajatlari;

  5. Asosiy vositalarni amortizatsiyasi;

  6. Asosiy vositalarni joriy remont xarajatlari;

  7. Ish haqi xarajatlari.

Qishloq xo'jaligida 1 yillik umumiy Ga maydonga hosildorlik bo'yicha xarajatlarni hisoblash uchun yuqoridagi hisoblangan 1 Ga maydonga uchun qilinadigan xarajatlarni umumiy Ga maydonga ko'paytiriladi. Har bir assortiment etishtirilgan hosildorlikdan turlari bo'yicha alohida-alohida xarajatlar hisoblanadi va umumiy summa hisoblanadi.
Fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarini alohida moddalar bo'yicha hisobga olish tartibini ko'rib chiqamiz. "Ijtimoiy sug'urta ajratmalari va mehnatga haq to'lash xarajatlari" moddasida bevosita ekin o'stirish bilan band bo'lgan ishchilar mehnatiga haq to'lash, navbatdagi va ko'shimcha ta'tillarga haq to'lash hamda bu summalarga nisbatan hisoblangan tegishli ijtimoiy sug'urta ajratmalari hisobga olinadi. Bu xarajatlar boshlang'ich hujjatlar asosida bevosita tegishli ekinlar va ish turlariga o'tkaziladi. Bunda umumlashgan ma'lumotlar bo'yicha 2010-"Asosiy ishlab chiqarish" schyoti (2010 - «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti("Dehqonchilik" subschyoti))ning debetiga hamda 6710 - "Mehnatga haq to'lash bo'yicha hisoblashishlar" va 6510 - "Ijtimoiy sug'urta bo'yicha hisoblashishlar" schyotlarining kreditiga qayd qilinadi.
Fermer xo'jaliklarida yaqin yillar ichida davlat va jamoa xo'jaliklarining barcha ishlab chiqarish bo'linmalari mehnatini tashkil etishning pudrat usuliga, shu jumladan, oila va yakka tartibdagi pudrat usuliga o'tkazilganligini unutmaslik kerak. Bu usulda ishlab chiqarishda qatnashuvchilarning barchasi, shu jumladan, rahbarlar va mutaxassislarning ham mehnatiga haq to'lash yalpi daromadga bevosita bog'liq qilib qo'yildi, qishloq xo'jalik xodimlari mehnatiga natural haq to'lashning salmog'i ortdi, uni to'lash hajmi pirovard natijalarga qa'tiy bog'liq qilib qo'yildi. Bunda xo'jalik ichidagi bo'linmalar o'rtasida o'zaro hisoblashishning chek shakli joriy etilib, bo'linmalar rahbarlar mahsulot uchun ham, xizmatlar uchun ham chek bilan hisoblashishni amalga oshiradilar.
Fermer xo'jaliklarida urug'larni ekishga tayyorlash, ularni ekish joyiga tashib keltirish xarajatlari urug'lar qiymatiga kiritilmaydi, balki ekinlarga tegishli xarajatlar moddalari bo'yicha o'tkaziladi. Fermer xo'jaliklarida "o'g'it" moddasida qishloq xo'jalik ekinlari uchun tuproqqa solinadigan o'g'itlar, shu jumladan, sanoatda ishlab chiqiladigan mineral, bakterial va boshqa o'g'itlar hamda organik o'g'itlar xarajatlari hisobga olinadi. Xarajatlar analitik hisobga olishda mineral va organik o'g'itlar bo'yicha alohida aks ettiriladi. o'g'itlarni tayyorlash va erga solish xarajatlari bevosita muayyan qishloq xo'jalik ekiniga tegishli xarajatlar moddalari bo'yicha o'tkazilib, bu moddaga kiritilmaydi. "o'simliklarni himoya qilish vositalari" moddasida begona o'tlar, qishloq xo'jalik ekinlari zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashda ishlatiladigan pestitsid, kimyoviy dorilar, gerbitsid va boshqa kimyoviy, shuningdek, biologik vositalarni xarid qilish va asrash xarajatlari kiritiladi. Xo'jalikning o'zi bu vositalar bilan ko'chatlar, ekinlarga ishlov bergandagi xarajatlar moddalari bo'yicha ekinning tannarxiga o'tkaziladi.
Fermer xo'jaliklarida "ish va xizmatlar" moddasi o'z korxonasining ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondiruvchi yordamchi ishlab chiqarishlarning xizmatlari hamda shu korxonaga boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan ko'rsatiladigan ishlab chiqarish xarakteridagi xizmatlarga haq to'lash xarajatlari aks ettiriladi. Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga olish va ularni xarajatlarini mahsulot tannarxiga qo'shish tartibi mazkur bobning alohida moddasida yoritilgan.
Fermer xo'jaliklarida "asosiy vositalarni asrash xarajatlari" moddasida bevosita ishlab chiqarishda foydalaniladigan asosiy vositalarni asrash va ulardan foydalanish bilan bog'liq xarajatlar kiritiladi. Ularga bu asosiy vositalarga xizmat ko'rsatish va ulardan foydalanish xarajatlari, amortizatsiya ajratmalari va tuzatish xarajatlari kiritiladi. Inventar va xo'jalik ashyolari, asbob-uskuna hamda moslamalarning eskirishi va ularni tiklash xarajatlari ham shu moddada aks ettiriladi.
Fermer xo'jaliklarida asosiy vositalarni asrash va ulardan foydalanish xarajatlariga asosiy vositalarga xizmat ko'rsatuvchi xodimlarning mehnat haqlari, ijtimoiy sug'urtaga ajratmalari bilan, yonilgi va moylash materiallari, yordamchi ishlab chiqarish, shuningdek, chet tashkilotlar xizmatlari va boshqa xarajatlari kiritiladi. Tuzatish xarajatlariga eng avvalo o'zining ta'mirlash ustaxonalarining xarajatlari kiritiladi. "Sug'urta to'lovlari" moddasida qishloq xo'jalik ekinlarining hosili va ko'p yillik ekinlar, qishloq xo'jalik hayvonlari, quyon, asalari oilalari va shu kabilar bo'yicha davlat majburiy sug'urta to'lovlariga oid xarajatlar hisobga olinadi. Bu to'lovlar tegishli ekinlarning tannarxiga bevosita olib boriladi. Bu moddada mahsulotni ishlab chiqarishda bevosita foydalaniladigan bino, inshoot, mashina, uskuna, inventar va boshqa assiy vositalarning sug'urta to'lovlari ham hisobga olib boriladi. Sug'urta to'lovlari mahsulotni ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatlarga mutanosib ravishda ekin va mahsulot turlari bo'yicha taqsimlanadi.
Fermer xo'jaliklarida "boshqa xarajatlar" moddasida mahsulotni ishlab chiqarishga bevosita dahldor, ammo yuqorida ko'rib chiqilgan moddalardan birortasi ham kiritilmaydigan xarajatlar aks ettiriladi. Fermer xo'jaliklarida o'tgan yilning kuzida qilingan tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari hisobot yili xarajatlariga qo'shiladi. Ular ekin turlari bo'yicha ekin maydoniga mutanosib taqsimlanadi. Aniqlangan summaga analitik schyotlar bo'yicha 2010 - «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti ("Dehqonchilik" schyoti)ning debet va kreditida yozuvlar qilinadi.
Qishloq xo'jalik mahsulotini ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va tannarxini kalkulyatsiya qilish «Qishloq xo'jalik korxonalari mahsulotini rejalashtirish, hisobga olish va tannarxini hisoblash» ko'rsatmasi bilan belgilangan. 2010 - «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti ("Dehqonchilik" schyoti)ning analitik subschyotlari ekin turlari bo'yicha aks ettirilgan xarajat ma'lumotlariga asoslanuvchi haqiqiy tannarxining hisobot kalkulyatsiyalari yil oxirida asosiy qishloq xo'jalik ishlarining doirasi tugab, joriy yil hosili yig'ib olingandan keyin tuziladi. Bunda asosiy, yondosh va yordamchi mahsulot tushunchalari farqlanadi, ya'ni asosiy mahsulot mazkur ishlab chiqarish shu mahsulotni olish maqsadlarida tashkil etilgan yondosh mahsulot-asosiy ekinlardan asosiy mahsulotlar bilan bir vaqtda olinadi va iste'mol xususiyatlariga ko'ra asosiy mahsulotga o'xshash yordamchi mahsulot - bu ham asosiy mahsulot bilan bir vaqtda olinadi, ammo xususiyatiga ko'ra ikkinchi darajali mahsulot hisoblanadi.
Fermer xo'jaliklarida dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha har bir alohida qishloq xo'jalik ekinidan olinadigan mahsulot turi kalkulyatsiya ob'ekti hisoblanadi. Bir ekindan ayni bir vaqtda har xil xususiyatdagi mahsulot olish tufayli dehqonchilik mahsuloti tannarxni kalkulyatsiya qilishda turli usuldan foydalaniladi. Masalan, xarajatlarni bevosita o'tkazish usulidan bir ekindan faqat bitta mahsulot turi olinadigan hollarda foydalaniladi. Bu eng oddiysi: mazkur ekinga sarflangan xarajatlar summasi olingan mahsulot miqdoriga bo'linadi. Ayrim qishloq xo'jalik ekinlari o'rtasida olinayotgan mahsulot turlari uchun umumiy bo'lgan belgilaridan birining miqdoriy qiymatiga mutanosib taqsimlash metodi ham qo'llaniladi.
Fermer xo'jaliklarida dehqonchilik mahsulotlarining tannarxini hisoblashda qishloq xo'jalik ekiniga sarflangan ishlab chiqarish xarajatlaridan noqulay ob-havo sharoitlari tufayli olingan mahsulotga taalluqli bo'lgan va belgilangan tartibda zararga o'tkaziladigan sug'urta tovonlari summasi istisno (faqat hisobga olishda) qilinadi.
Fermer xo'jaliklarida ekinlar (ekin turlari) bo'yicha dehqonchilik mahsulotining tannarxi quyidagilardan tarkib topadi:

  1. don, paxta, kungaboqar urug'i-franko-dala (xirmon yoki dastlabki ishlov beriladigan joy);

  2. somon, xashak-franko-saqlash joyi;

V)qand lavlagi, kartoshka, poliz ekinlari, sabzavot, qand lavlagi tugunchali, ildiz mevalar-franko-dala (saqlash joyi);
G)mevalar, rezavor, uzum, tamaki, maxorka va choy bargi dorivor efir moy ekinlari va gulchilik mahsulotlari, himoya qilingan er sabzavotlari-franko-qabul (asrash) joylari;

    1. zig'ir-poxol, ivitilgan zig'ir poya qayta ishlash (xo'jalikda) joyi;

    2. o't, zig'ir, sabzavot va boshqa ekinlar urug'lari-franko-asrash joyi;

J) ozuqa uchun ko'k massa-franko-iste'mol joyi;
Z) silos, o't uni, senaj, granula uchun ko'k massa, franko-silos bosish, senaj qilish (minora, zovur, o'ra) joyi, o't uni, granula tayyorlash joyi.
Fermer xo'jaliklarida joriy yildagi dehqonchilik mahsulotining tannarxiga yig'ilgan, ammo yanchilmagan yoki yig'ilmagan ekinlar bo'yicha xarajatlar kiritilmaydi. Agarda yil oxirida dehqonchilikda yanchilmagan ekinlar bo'lsa, haqiqiy xarajatlar quyidagicha taqsimlanadi. Fermer xo'jaliklarida yig'ishtirib yanchilgan va yig'ilgan, ammo yanchilmagan ekin bo'yicha sarflangan haqiqiy xarajatlarning umumiy summasidan mahsulotni yanchish va daladan olib kelish xarajatlari chegiriladi. Ana shundan keyin qolgan xarajatlar summasi yig'ishtirib yanchilmagan ekin o'rtasida gektarlar miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Yig'ishtirib yanchilgan ekinlar mahsulotining haqiqiy tannarxini aniqlash maqsadlarida yig'ishtirilgan ekinlarga sarflangan xarajatlar summasiga ularni yanchish, tashish bo'yicha xarajatlar qo'shiladi. Kelgusi yilda tannarxni hisoblashda yanchilmagan ekinlar va yig'ishtirish bo'yicha xarajatlar mahsulotni yanchish, tozalash va tashish xarajatlariga qo'shiladi.
Fermer xo'jaliklarida somon (chori), jo'xoripoya bargi va g'o'zapoya kungaboqar tupguli, karam bargi, shox-shabba (tut) va shu kabilarning tannarxi ushbu mahsulotni yig'ishtirish, presslash, tashish,g'aramlash va tayyorlashga oid boshqa ishlar xarajatlari asosida belgilangan me'yorlar bo'yicha ularga sarflangan xarajatlardan kelib chiqib aniqlanadi.
Fermer xo'jaliklarida don ekinlarini ekish va yig'ishtirish xarajatlari (donni xirmonda tozalash va quritish xarajatlari qo'shilib) don, don chiqitlari va somonning tannarxini tashkil qiladi. Fermer xo'jaliklarida don va don chiqitlarning tannarxini aniqlash uchun, avvalo unga tegishli jami xarajatlarda somonning belgilangan qiymati chegirib tashlanadi, qolgan xarajatlar don va don chiqitlarining tannarxini tashkil etadi. Donning tannarxini aniqlash uchun don chiqitlari (laboratoriyada aniqlangan donning miqdoriga qarab) sof donga aylantiriladi.
So'ngra ularga tegishli jami xarajatlar shartli don miqdoriga bo'linib 1ts donning tannarxi aniqlanadi. Masalan, kuzgi bug'doy hosili yig'ishtirib va tozalab olingandan keyin 50000ts don, 3000ts don chiqiti va 40000ts somon olingan. Ushbu hosilni etishtirish va xirmonda tozalash uchun 2550000 so'm sarflangan. Somonning me'yoriy xarajatlar qiymati 50000 so'mni tashkil etgan. 1ts somonning tannarxi esa - (50000:40000) 1,25 so'mni tashkil etdi. U holda don va don chiqitiga tegishli xarajatlar (2550000-50000) 2500000 so'mga teng. Don chiqiti (chori)ning tarkibi 50 foizdan bo'lganligi uchun uni donga aylantirilganda (3000X50:100) 1500ts, jami shartli don miqdori esa (50000+1500) 51500ts ga teng. Demak yuqoridagi hisob-kitoblarga ko'ra 1ts donning tannarxi (2500000:51500) 40 so'm 54 tiyinni, 1ts chorining tannarxi esa (40,54x50) 20 sum 27tiyinni tashkil etdi.
Fermer xo'jaliklarida urug'chilik ekinlari bo'yicha umumiy xarajatlar tegishli reproduktsiyadagi (super-elita, I va II reproduktsiya) urug'lik donni olishga aloqador qo'shimcha xarajatlarni ham qo'shib, urug'lar tannarxiga yuqoridagi tartibda o'tkaziladi. 1ts urug' (super-elita, elita, 1 repproduktsiya, qolgan repproduktsiyalar)ning tannarxi tegishli urug'ga o'tkazilgan xarajatlarning umumiy summasi tozalangan va quritilgan urug' massasiga realizatsiya baholariga nisbatan mutanosib taqsimlanadi.
Fermer xo'jaliklarida 1ts makkajo'hori donining tannarxini hisoblashda don qabul qilish punktlarida sutkalik o'rtacha namunalarni sutkadagi donning bazis namligini (makkajo'xori so'tasidagi donning bazis namligi 22 foiz ko'lamida qabul qilingan) hisobga olib yanchish natijasida aniqlangan sutalardan quruq donga o'tkazish xo'jalikning davlatga sotgan makkajo'hori so'talaridan bazis namlikdagi don chiqishining o'rtacha foizidan aniqlanadi. Bu foiz qabul qilingan don nakladnoylari registrlarining ma'lumotlaridan olinadi. 1ts makkajo'xori donining tannarxi ishlab chiqarish xarajatlarini jo'xoripoyalarni yig'ishtirish sarflari va qiymatini istisno qilib, don massasiga taqsimlab aniqlanadi. 1ts moyli o'simliklar (kungaboqar, zig'ir, kunjut, raps va boshqalar) urug'ining tannarxi donli ekinlar uchun belgilangan tartibda aniqlanadi. 1ts paxtaning tannarxi uni etishtirish va yig'ishtirish (g'o'zapoya bundan mustasno) xarajatlari summasini uning hisobga olingan (konditsiya) miqdoriga taqsimlab aniqlanadi. Paxtaning tannarxi alohida navlar bo'yicha aniqlanganda xarajatlarning umumiy summasi uning xarid narxlarining qiymatiga mutanosib taqsimlanadi.
Fermer xo'jaliklarida tola beruvchi zig'ir mahsulotining tannarxini hisoblashda o'stirish va yig'ishtirishga oid ishlab chiqarish xarajatlari urug' va tola miqdoriga ularning ularning xarid baholaridagi qiymatiga mutanosib o'tkaziladi. Fermer xo'jaliklarida ivigan zig'ir poyasining tannarxi pohol qiymati va g'yish, ag'darish va ivigan poyani ko'tarib olish xarajatlarini qamrab oladi. Boshqa yig'iladigan ekinlar (nasha, o'rta Rossiya nashasi, janubiy nasha, kanaf, dag'al kanop va boshqalar) tannarxi tola beruvchi zig'ir mahsuloti singari hisoblanadi.
Fermer xo'jaliklarida 1ts lavlagi ildiz mevasining ishlab chiqarish tannarxi (fabrikada ishlatiladigan va tuganagi) ularni qand lavlagining (foydalaniladigan bargining qiymati xarajatlardan chegirib tashlangach) fizik massasiga bo'lib aniqlanadi. Tamaki va moxorka xom ashyosining tannarxi ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy summasi va xom ashyoning hisobga olingan massasidan kelib chiqib, xarajatlarni mahsulotning alohida turlariga ularning xarid baholaridagi qiymatiga mutanosib taqsimlab aniqlanadi. Urug'chilikda 1ts tamaki, moxorka xom ashyosi, uruyoning tannarxi muayyan mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli summasi va xom ashyo, uruyoning hisobga olingan massasidan kelib chiqib aniqlanadi.
Fermer xo'jaliklarida chorvachilik mahsulotlari dehqonchilik bilan bir qatorda qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining asosiy tarmoqlaridan biri bo'lib hisoblanadi. U ixtisoslashuvidan qat'iy nazar, odatda, har bir xo'jalikda bo'ladi. Bu tarmoqqa qoramol, cho'chqachilik, qo'ychilik, parrandachilik, baliqchilik va shu kabilar taalluqlidir. Fermer xo'jaliklarida chorvachilik bo'yicha xarajatlarni hisobga olish ob'ekti - chorvaning alohida turlari va guruhlaridir. Masalan, sutchilik yo'nalishidagi chorvachilikda xarajat ob'ektlari - asosiy poda, yosh qoramol, bo'rdoqiga boqilayotgan katta yoshli mol, go'sht yo'nalishida - asosiy poda, yosh qoramol, sakkiz oylikdan katta yosh qoramol va bo'rdoqiga boqilayotgan katta mol guruhlari bo'lib hisoblanadi. Cho'chqachilikda - asosiy, 2 oylikdan 4 oylikgacha bo'lgan cho'chqa bolalari, 4 oylikdan katta cho'chqa bolalari va bo'rdoqiga boqilayotgan cho'chqalar hisobga olish ob'ekti hisoblanadi.
Fermer xo'jaliklarida chorvachilik bo'yicha ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotning chiqishini hisobga olish bo'linmalari, fermalar, brigadalar va shu kabilar bo'yicha amalga oshirilishi kerak. Chorvaning turi va guruhlari bo'yicha xarajatlar quyidagi kalkulyatsiya moddalari bo'ycha aks ettiriladi:

  1. Ijtimoiy sug'urta ajratmalari va mehnatga haq to'lash xarajatlari;

  2. Hayvonlarni himoya qilish vositalari;

  3. Ozuqa;

  4. Ish va xizmatlar;

  5. Asosiy vositalarni asrash xarajatlari;

  6. Ishlab chiqarishni tashkil etish xarajatlari;

  7. Sug'urta to'lovlari;

  8. Boshqa xarajatlar;

  9. Chorvaning nobud bo'lishidan yo'qotishlar.

Fermer xo'jaliklarida chorvachilik bo'yicha ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishga oid buxgalteriya yozuvlari ozuqani taqsimlash yuzasidan boshlang'ich hujjatlar - vedomostlar, tabellar, tug'ilgan naslni kirim qilish dalolatnomalari, hayvonlarni tortib ko'rish qaydnomalari va shu kabilar asosida amalga oshiriladi. Fermer xo'jaliklarida "hayvonlarni himoya qilish vositalari" moddasida korxona mablag'lariga olinadigan biopreparatlar, dori-darmonlar, dezinfektsiya qilish vositalari va shu kabilarni xarid qilish va asrash sarflari, shuningdek, ulardan chorvachilikda foydalanishga aloqador xarajatlar aks ettiriladi. Bu moddaga yuqoridagi vositalarni ana shu maqsadlarda byudjet mablag'lari hisobiga xarid etilgan qiymati kiritilmaydi.
Fermer xo'jaliklarida "ozuqa" moddasida sarflangan ozuqaning qiymati chorva turi va guruhlari bo'yicha ozuqani taqsimlash vedomostlari asosida keltiriladi. Bu vedomostlarda har yili chorva soni, ozuqa nomi va miqdori qayd etiladi. Oy yakunida ana shu vedomostlardan hayvonlar ozuqa-kunlari soni va naturada hamda ozuqa birligiga aylantirilgan sarflangan ozuqa miqdori, shuningdek ozuqa qiymati aniqlanadi. Bu ma'lumotlar keyinchalik ozuqalar sarfini hisobga olish jurnalida yil boshidan o'suvchi yakunida hisobga olinadi.
Fermer xo'jaliklarida "ish va xizmatlar" moddasi bo'yicha o'z yordamchi ishlab chiqarishlari tomonidan chorvachilikka ko'rsatiladigan ish va xizmatlar xarajatlari hamda chet korxona va tashkilotlar ko'rsatadigan ana shunday xizmatlar uchun to'lov xarajatlari aks ettiriladi. Fermer xo'jaliklarida "asosiy vositalarni asrash xarajatlari" moddasida bevosita ishlab chiqarishda foydalaniladigan asosiy vositalarni asrashga aloqador xarajatlar kiritiladi. Bu xarajatlarning tarkibi va hisobga olinishi dehqonchilikdagi ana shunday xarajatlarning tarkibi va hisobga olinishi bilan bir xildir.
Fermer xo'jaliklarida hayvonlar podasining o'ziga kelsak, amortizatsiya ajratmalari faqat ish hayvonlari bo'yichagina hisoblanadi. Mahsuldor hayvonlar ishlab chiqarilganda ularning qiymati realizatsiyadan tushgan puldan qoplanadi. Chorvachilikda amortizatsiya va asosiy vositalarni tuzatish xarajatlarini hisobga olish dehqonchilikdagi kabi yuritiladi, farqi faqat 2010 schyotining debet qilinishidadir. Chorvachilikda ishlatiladigan asosiy vositalarni asrash xarajatlari odatda to'g'ridan-to'g'ri tegishli chorva turi, guruhiga o'tkaziladi. Chorvachilik binolarida hayvonlarning bir necha guruhi saqlanganda bu xarajatlar ular o'rtasida band qilingan bino maydoniga mutanosib taqsimlanadi.
Fermer xo'jaliklarida boshqa xarajatlar moddasida fermalar atrofini to'sish, veterinariya-santariya tadbirlarini o'tkazishga dahldor bo'lgan dezinfektsiya to'siqlari, sanitariya ko'rigidan o'tkazish joylari va shu kabi ob'ektlarni to'shama qiymati, sut sog'uvchi, cho'chqaboqar, chorva va parrandalarga qarovchi boshqa xodimlarga beriluvchi jomakorning eskirishi, hayvonlar uchun yozgi molxonalar, shu kabilar xarajatlari qayd etiladi. Bu xarajatlar bevosita hayvonlarning tegishli turlariga o'tkaziladi.
Fermer xo'jaliklarida yil oxirida mahsulotning haqiqiy tannarxi aniqlanadi va haqiqiy hamda rejadagi tannarxi o'rtasidagi aniqlangan farq qo'shimcha buxgalteriya yozuvi orqali to'g'rilanadi, agarda haqiqiy tannarx rejadagi tannarxdan past bo'lsa, teskari (qizil) yozuv yoki rejadagi tannarxi haqiqiy tannarxdan past bo'lsa, oddiy qo'shimcha yozuv qilinadi. Fermer xo'jaliklarida chorvachilik mahsulotlari bo'yicha kalkulyatsiya ob'ektlari alohida mahsulot turlari, chorva bolasi, tirik vaznning ortgan (o'sgan) og'irligi hisoblanadi. Chorvachilikda xarajatlarining analitik hisobi mahsulot turlari bo'yicha emas, balki chorva turi va guruhlari bo'yicha yuritiladi. Chorvaning bir turi yoki guruhidan ikki va undan ko'prok mahsulot turi olinganda ularning tannarxi belgilangan tartibda aniqlanadi. Xo'jaliklarda chorva va parrandalarni boqish uchun yil davomida sarf qilingan xarajatlarga yil boshidagi ularga tegishli tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini ko'shib, yil oxiridagi tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini chegirib chorva mahsulotlarining tanarxi aniqlanadi. Tirik vaznining tannarxi-hisobot yili boshidagi boquvda va o'stirishdagi hayvonlar va parrandalar qiymatiga yil davomidagi ularni boqish va o'stirish xarajatlari, chetdan, asosiy podadan boquvga o'tkazilgan hamda hisobot yilida tug'ilgan hayvon bolalari qiymatlarini qo'shib, ularning tirik vazniga bo'lishi asosida aniqlanadi. Bunda nobud bo'lgan chorva va parrandalarning qo'shilgan vazni (moddiy javobgar shaxslar aybi bilan nobud bo'lganlar mustasno) hamda boquvga qo'yilmasdan so'yilgan yoki sotilgan, brakka chiqarilgan katta yoshli hayvonlar vazni hisobga olinmaydi. Xo'jaliklarda bo'rdoqiga boqilayotganda o'lgan (moddiy javobgar shaxslar aybi bilan o'lgan va ulardan undirib olinishi lozim bo'lganlardan tashqari) yosh va katta yoshli mol, parranda, quyon, g'vvoyi hayvon va asalari oilalarini hisobga olishda 2610 "Ishlab chiqarishdagi brak" schyotida hayvon, parranda va asalari oilalari tur va guruhlarga ko'ra aks ettiriladi. Tabiiy ofatlar tufayli o'lgan yosh chorva, parranda, asalari oilalari, quyon va bo'rdoqiga boqilayotgan katta yoshli hayvon qiymati moliyaviy natijalarga kiritiladi.
Fermer xo'jaliklarida cho'chqachilik mahsulotining tannarxi ona cho'chqani bolalari bilan nasldor erkak cho'chqalar, o'stirishda va burdoqiga boqilayotgan cho'chqalarni boqish xarajatlarini qamrab oladi. Bu xarajatlar cho'chqachilik mahsulotining alohida: yaroqli nasl boshi, tirik vaznning ortishi va go'ngga o'tkaziladi. Tirik vaznining ortishi va 1 bosh naslning ajratish vaktidagi tannarxi asosiy podani boqish sarflarining umumiy summasini (qo'shimcha mahsulot qiymatini chegirib) ajratilgan nasllar, bunga tug'ilgandagi tirik vaznini ham kiritib, tirik vaznining o'sgan miqdoriga taqsimlab aniqlanadi. Ajratilgan cho'chqa bolalari 1ts tirik vaznning ortish tannarxi yil boshida onasi bilan bo'lgan cho'chqa bolalari qiymati summasi va joriy yilda ajratilgan bolalar tirik vazniga (o'lganlarini ham qo'shib) asosiy poda bo'yicha xarajatlarni bo'lib aniqlanadi.

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish