3-jadval
Dunyoning ayrim davlatlarida soliq yukining o‘rtacha darajasi (foizda)
Давлатлар ва uyushmalar nomi
|
Soliq yukining o‘rtacha darjasi (%)
|
|
O‘zbekistondagi soliq yukining boshqa davlatlardagi holat bilan qiyosiy darajasi
|
|
|
|
|
AQSH
|
32,3
|
|
1,5 marta past
|
YI davlatlari
|
42,6
|
|
2,0 marta past
|
Lotin Amerikasi davlatlari
|
47,2
|
|
2,2 marta past
|
|
|
|
|
Islom Hamkorlik Tashkilotiga a`zo davlatlar
|
35,9
|
|
1,7 marta past
|
Janubiy Osiyo davlatlari
|
40,2
|
|
1,9 marta past
|
Sharqiy Osiyo davlatlari
|
34,5
|
|
1,6 marta past
|
|
|
|
|
Markaziy Osiyo davlatlari
|
40,5
|
|
1,9 marta past
|
Rossiya Federatsiyasi
|
34,1
|
|
1,6 marta past
|
MDHga a`zo davlatlar
|
25,2
|
|
1,2 marta past
|
Dunyo bo‘yicha o‘rtacha
|
44,7
|
|
2,1 marta past
|
O‘zbekiston
|
22,8
|
|
х
|
3-jadval ma`lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, jahonda mamlakatlar va uyushmalarda yuritilayotgan soliq yukini Respublikamiz bilan taqqoslama ko‘rsatkichlar keltirilgan. Agar, e`tibor qaratadigan bo‘lsak, o‘zbekistondagi soliq yuki AQSHga nisbatan 1,5 marta, YIga a`zo mamlakatlarga va Lotin Amerikasi davlatlariga qaraganda esa 2 va 2,2 marta past ekanligini guvohi bo‘lib turibmiz. Albatta, bunday siyosatning yuritilishi iqtisodiyotning sub`yektlariga berilayotgan imkoniyat va imtiyoz sifatida qarashimiz mumkin. Hamda, bu imtiyoz orqali raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilishiga shuningdek, ularning modernizatsiyalashuviga olib keladi. Jahonning rivojlangan va boshqa bir qator davlatlarida shu borada erishilgan natijalariga e`tibor qaratadigan bo‘lsak, yurtimizda olib borilayotgan soliq siyosati har tomonlama ma`qul va qulay siyosat ekanligini anglash mumkin.
Yuqorida qilingan tahlillarning natijalariga tayangan holda shuni xulosa qilishimiz mumkinki, umumdavlatning fiskal siyosatini tahlil qilishda uning milliy iqtisodiyotda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta`minlashga hamda iqtisodiy faoliyatning barqarorligiga yo‘naltirilgan quyidagi nazariy metodologik va amaliy ustuvor yo‘nalishlarni e`tiborga olishimiz lozim bo‘ladi:
1) Iqtisodiy fanda yoki xorijdagi rivojlanayotgan mamlakatlarning real amaliyotidan kelib chiqqan holda, davlat fiskal siyosatining iqtisodiy faoliyatning samaradorligining oshirishni ko‘rsatuvchi iqtisodiy o‘sish, investitsion faolllik va bandlikni rag`batlantiruvchi nazariy metodologik, ilmiy asoslangan yondoshuvini ishlab chiqish. Bu mamlakat taraqqiyot darajasi, hududiy mutanosibliklar, bandlik, aholi iste`mol darajasini rag`batlantiruvchi dastak va vositalarini hisobga olishni taqozo qiladi.
2) Istiqbolda davlat fiskal siyosati moliyaviy dastak va vositalaridan oqilona foydalanishning ta`sir doirasini aniqlash, ularning iqtisodiy faollikni ta`minlaydigan ustuvor yo‘nalishlarini belgilash lozim bo‘ladi. Chunki, so‘nggi yillarda mamlakatimiz yalpi ishlab chiqarish hajmining o‘tgan yillarga nisbatan keskin sur`atlarda pasayishi davlat fiskal siyosatining aynan iqtisodiy faollikni rag`batlantiradigan mexanizmlarini ishlab chiqish ko‘zda tutadi.
3) Uchinchidan, davlat fiskal siyosatining tarkibiy qismlaridan sanalgan soliq siyosatidan samarali foydalanishda milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoq va sohalarini rivojlantirish dasturiga muvofiq hamda tarmoq korxonalari mutanosibligini ta`minlash maqsadida ma`lum davrgacha soliq imtiyozlarini berish. Bu bevosita mamlakat ishlab chiqarish patensial darajasining oshishiga, hududlarga bozor infratuzilmasining jadal rivojlanishiga dasturiga muvofiq hamda tarmoq korxonalari mutanosibligini ta`minlash maqsadida ma`lum davrgacha soliq imtiyozlarini berish. Bu bevosita mamlakat ishlab chiqarish potensial darajasining o‘sishiga, hududlarda bozor infratuzilmasining jadal rivojlanishiga hamda samarali bandlikni ta`minlashga olib keladi va o‘z navbatida band bo‘lganlar hisobiga talabni oshiradi.
4) Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitidan kelib chiqib, davlat fiskal siyosati milliy iqtisodiyotda faoliyat ko‘rsatayotgan milliy xo‘jaliklarni samarali faoliyat ko‘rsatishlari va yuqori samaradorlikka erishishlari uchun qulay muhit sharoitini yaratish hamda qo‘llab-quvvatlash tasnifiga ega bo‘lishi kerak.
5) Davlat inflatsiyaga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqish lozim bo‘ladi.
Bunda korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan chakana savdoga qo‘yilayotgan qo‘shilgan qiymat solig`idan ozod qilish hamda mazkur sohada barcha xo‘jalik yurituvchi sub`yektlarga yagona soliq stavkasini joriy etish.
Albatta, bunday siyosatning yuritilishi iqtisodiyot sub`yektlariga berilayotgan imkoniyat va ularning raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishiga hamda modernizatsiyalashuviga olib keladi. Dunyoning rivojlangan va boshqa bir qator davlatlarida shu borada erishilgan natijalarga e`tibor beradigan bo‘lsak, yurtimizda olib borilayotgan soliq siyosati har tomonlama ma`qul va qulay siyosat ekanini anglash qiyin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |