KIRISH…………………………………………………………...
|
3-6
|
I BOB
|
Fiskal siyosatning mazmuni va uning barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni………………………………………………
|
|
1.1.
|
Fiskal siyosatning mazmuni………………………………………
|
7-11
|
1.2.
|
Fiskal siyosatning nazariy asoslari …………………………………
|
11-15
|
1.3.
|
Davlatning fiskal siyosati va uning barqarorlikni ta`minlashga ta’siri……………………………………………………………….
|
15-21
|
II BOB.
|
Yaponiyaning budjet-soliq siyosati va uning xususiyatlari …..
|
|
2.1.
|
Yaponiyada davlat budjeti daromadlarini shakllantirish holati….
|
22-29
|
2.2.
|
Yaponiyada fiskal siyosatning barqarorlikni ta`minlashdagi ahamiyati………………………………………………………….
|
29-37
|
III BOB.
|
Fiskal siyosatni takomillashtirishda jahon tajribasining asoslari
|
|
3.1.
|
Fiskal siyosatni takomilshtirishda Yaponiya tajribasidan foydalanish yo‘nalishlari …………………………………………
|
37-42
|
3.2.
|
Barqaror iqtisodiy o‘sishni mustahkamlashda fiskal siyosatning rolini oshirish yo‘llari …………………………………………….
|
42-52
|
|
Xulosa………………………………………………………………
|
53-56
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati …………………………….
|
57-60
|
KIRISH
Bitiruv malakaviya ishining dolzarbligi. Bugungi kunda barqaror iqtisodiy o‘sishni mustahkamlash sharoitida davlat tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning samaradorligi har jihatdan davlat budjetini barqaror daromad manbai bilan ta`minlashga qaratilgan. Soliqlar esa davlat budjetini shakllantirishning asoslari hisoblanadi, ular bo‘yicha tushum samaradorligini oshirish, budjet intizomini mustahkamlash davlat budjeti vazifalarini samarali ijrosini ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Samarali fiskal siyosatini yuritish barqaror iqtisodiy o‘sishni mustahkamlash bilan bir qatorda davlat budjetida daromadlarning barqarorligini ham ta`minlashi zarurdir. Shu nuqtai nazardan, fiskal siyosatida islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya qilish va iqtisodiy o‘sishni mustahkamlashda yangi strategik yo‘nalishlarni ishlab chiqishda ushbu ikki vazifa ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Fuqarolarimiz soliqdan qochish emas, uni vaqtida to‘lashdan manfaatdor bolishi kerak1” deb ta`kidlagan edi. Haqiqatda ham, keyingi yillarda olib borilayotgan budjet-soliq siyosatida soliq yukini izchil kamaytirish ustuvor ahamiyatga ega bo‘lib kelmoqda, bundan bosh maqsad esa soliq tizimining iqtisodiy o‘sish mustahkamlashdagi ijobiy ta`sirini oshirishdan iboratdir. Shuningdek, bu xususida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 25-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham soliq siyosatidagi amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish masalasi lozimligi aytib o‘tilgan. Bular jumlasiga, avvalo, soliq islohotini barqaror davom ettirish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi qoshida Fiskal institut tashkil etilishi, unda soliqchilar malakasini oshirilishi va yangi bilimlar berilishi, bo‘sh turgan yer maydonlari va binolari haqida aniq ma`lumot beruvchi onlayn platforma ishga tushirilishi hamda to‘lovga qobiliyatsiz korxonalarni sog`lomlashtirish bo‘yicha yangi tizim ishga tushirilishi kabi bir qator tashabbuslar ko‘zda tutilgan2.
Ammo, shu bilan bir qatorda budjet-soliq tizimiga oid muammolarning mavjudligi soliqlarning yig’iluvchanlik darajasini oshirish va soliqlar bo‘yicha qarzdorlikni kamaytirish borasidagi chora-tadbirlarni yanada chuqurlashtirishni taqozo etmoqda. Shu sababli ham, kelajakda budjet-soliq tizimidagi islohotlarda soliqlarning davlatning barqaror iqtisodiy o‘sishini mustahkamlashdagi o‘rni, budjet-soliq siyosati tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan masalalarni hal etish ustuvorlikni kasb etmoqda. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan holatlar o‘z navbatida budjet-soliq siyosati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarini yanada chuqurlashtirishni taqozo etadi va ushbu bitiruv ishi mavzusining dolzarbligini tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |