Jahon tajribasining ko’rsatishicha eng umumiy holda eihlarni tashkil etish



Download 17,63 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi17,63 Kb.
#293692
Bog'liq
bosqish Jahon tajribasi


Jahon tajribasining ko’rsatishicha eng umumiy holda EIHlarni tashkil etish

jarayoni 4 asosiy bosqichda amalga oshiriladi:

1. Investitsiyalashdan oldingi bosqich. Odatda, bir yilgacha davom etib, o’z

navbatida, ikki davrdan iborat bo’ladi:

- birinchi davrda dastlabki ilmiy izlanish, marketing, iqtisodiy-jug’rofiy,

iqtisodiy-moliyaviy va boshqa shunga o’xshash ishlar amalga oshiriladi. Bu davrning

maqsadi – ushbu hududda EIHni tashkil etishning konseptual imkoniyatini aniqlash,

hududning joylashuvi, turi va o’lchamini aniqlashdan iborat. Ushbu davrning alohida

e’tiborga loyiq tomoni shundan iboratki, hududning ixtisoslashuvi va unda

ko’rsatilajak xizmatlarning to’liq tahlili o’tkaziladi. Aynan mana shu davrda

to’plangan ma’lumot asosida u yoki bu EIHni tashkil etish yoki emaslik haqidagi

umumiy qaror qabul qilinadi.

- ikkinchi davr birinchi davrdagi ma’lumotlarni va qarorlarni yanada chuqurroq

iqtisodiy va moliyaviy hisoblar asosida aniqlashtiruvini ko’zda tutadi. Bunda alohida

e’tibor kapital qo’yilmalarning samaradorligini aniq hisoblashga qaratilmog’i lozim.

Investitsiyalarning umumiy hajmini va shu jumladan, qanchasi infratuzilmaga va

qanchasi ishlab chiqarish qurilishiga sarflanishini aniqlash lozim. Shu vaqtning

o’zida ushbu mablag’larning manbalari ham aniqlanishi kerak: markazlashgan davlat

kapital qo’yilmalari, hududlarning o’z mablag’lari, EIHda joylashadigan

korxonalarning mablag’lari, banklarning qarz vositalari, mahalliy qimmatbaho

qog’ozlarni sotishdan keladigan mablag’lar. Ushbu davr mobaynida hech

bo’lmaganda umumiy holda hududning rivojlanishi uchun sarflanadigan valyuta

hajmini ham aniqlash lozim. Bu davr uchun hududiy geografik-iqtisodiy tahlil,

xo’jalik ishlarini ratsional tashiil etish shart-sharoitlarini aniqlash muhim ahamiyatga

ega.

2. Investitsion bosqich. Odatda, bu ham bir yil muddatgacha davom etadi,



avvalgi bosqich bilan bir vaqtda amalga oshirilishi ham mumkin va o’z navbatida,

ikki davrdan iborat bo’ladi:

- birinchi davrni shartli ravishda “muzokaralar” davri deb atash mumkin. Bu

davrda mahalliy hoqimiyat va markaziy hoqimiyatlar bilan hududning rejimi,

joylashuv eri, ixtisoslashuvi, hukumatning loyihani amalga oshirishda ishtiroki

darajasi haqida kelishuvga erishish kerak. Shu bilan bir vaqtda hududda

infratuzilmani yaratishning texnikaviy loyihasi ham ishlab chiqiladi.

- investitsion bosqichning ikkinchi davri aniq infratuzilma obyektlari: issiqlik-

energetika ta’minoti, aeroport, kommunikatsiya tarmoqlari, turli xildagi binolar

(omborlar, ofislar, ishlab chiqarish binolari) qurilishini nazarda tutadi. Bu obyektlar

va binolar butunlay yangidan qurilishi ham mumkin yoki mavjudlari ta’mirlanishi

ham mumkin. Ushbu qurilish ishlari bilan bir vaqtning o’zida potensial investorlarni

jalb etish bo’yicha reklama va marketing ishlari faol olib borilishi kerak. Ular

shunday o’tkazilishi kerakki, operatsion bosqichning boshlanishiga kelib, hududda

o’zining ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatini boshlashga tayyor bo’lgan bir qancha

investorlar shay tursin.

3. Operatsion bosqich. Bu rejalashtirish uchun eng murakkab bo’lgan

bosqichdir. U hududning o’zidan o’zi rivojlanuvchi tizim sifatidagi ichki

dinamikasiga, hudud regionida va mamlakat miqyosida bo’lgan siyosiy barqarorlikka

bog’liq. Shu bilan bir vaqtda hududni rivojlantirish imkoniyatariga bag’ishlangan

marketing izlanishlari natijalaridan keng foydalanish kerak. Bu bosqichda ham ikki

davrni ko’rsatish mumkin:

- boshlang’ich davr;

- hududni o’z-o’zidan rivojlanish davri.

Ikkala davrda ham hududning jismoniy potensiali to’laligicha ishlatilmaydi.

Agar 100% lik darajaga erishilsa bunday hudud yo yirik iqtisodiy tumanga, yoki

yangi sohalar va ishlab chiqarishga o’tishi, yohud o’zining instituttsional statusini

o’zgartirishi lozim.

Qaysi hol bo’lishidan qat’iy nazar, u hudud hayot jarayonining to’rtinchi

bosqichi – rivojlanish bosqichi boshlanganidan dalolat beradi.

Operatsion bosqichning boshlang’ich davri o’z-o’zidan rivojlanish davridan

investorlarning rag’batlantiruv tizimi o’zgarishi bilan farq qiladi. Birinchi davrda

investorlar hududga bevosita berilgan imtiyozlar va xizmatlar mavjud bo’lgani uchun

keladi (shu jumladan, arzon ishchi kuchi, xomashyo, mamlakatning asosiy hududdagi

bozorga kirish imkoniyati, tayyor binolar mavjudligi va hokazo). Ikkinchi bosqichda

esa investorlarni hududda va uning atrofida amalga oshirilayotgan xo’jalik faoliyati

jalb etadi. Bu erda o’zaro ta’sir va o’zaro to’ldirish tamoyiliga asoslangan rivojlanish

effekti o’zini namoyon qiladi.

Yuqorida qayd etilganga muvofiq bir qancha xulosalar chiqarish mumkin:

EIHning maksimal samarali faoiyat yuritishi uchun EIH faoliyati asosida erishilishi

kerak bo’lgan maqsadlar va EIH faoliyati jarayonida hal etilishi zarur bo’lgan

vazifalar aniq ifodalanishi lozim. Va bu narsa boshlang’ich investitsiyadan oldingi

bosqichdayoq bajarilishi kerak. Shuningdek, EIH faoliyatining asosiy tamoyillarini

namoyon etish ham muhimdir, chunki, ularning mavjudligi va ularga amal qilinishi

bir qadar EIH faoliyatining barqarorligi va istiqboli borligini ko’rsatadi. Shuning

uchun ham O’zbekistonda EIHlarni tashkil qilishda, EIH tamoyillari va

bosqichlarning amalga oshirilishiga katta ahamiyat berish lozim. Yuqorida aytib

o’tilgan, Samarqanddagi turistik hududni tashkil qilishda ushbu bosqichlar inobatga

olinganda edi, balki, hozirgi kunga kelib bu hudud o’z faoliyatini samarali olib

borayotgan bo’lar edi.

Hozirgi davrda EIHlarni tashkil qilish siyosatining iqtisodiy nuqtai nazardan

maqsadga muvofiqligi, zaruriy malaka va jahon tajribasidan to’laroq foydalanishni

qayta ko’rib chiqish zarurligida ko’rinadi. Hududlarning oyoqqa turishi va

rivojlanishining asosiy talablaridan biri – bu EIHlar to’g’risidagi qonunning qabul

qilinishi bo’lib, u EIHlarning faoliyatining asosiy shartlarini belgilashi, jumladan,

hududning tashkil etilishi, faoliyati va tugatilishi tartibi, hududlar turlari, infratuzilma

obyektlarini moliyalashtirish tartibi, xo’jalik faoliyati mexanizmi, chet el

investorlariga beriladigan kafolatlar va imtiyozlar, boshqaruv funksiyalari, hududlar

faoliyatini kordinatsiya qiluvchi idoraning tuzilishini qamrab oladi.

Ushbu qonun boshqa mamlakatlarning shunga o’xshash qonunlariga nisbatan

raqobatbardosh bo’lishi lozim, chunki, so’nggi keyingi yillarda yaqin va uzoq

mamlakatlar o’z hududlarida EIHlarni tashkil etishga faol harakat qilayotganliklarini

inobatga olish lozim. Qolaversa, jahon iqtisodiyotida xalqaro kapital harakatida

pasayish tendensiyalari kechayotganligi xorijiy investitsiyalarni jalb etishda EIHlar



jozibadorligini ta’minlashda huquqiy asoslarning ham ahamiyatini yanada oshirish

talab etiladi.
Download 17,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish