2019-yil Yaponiya soliq strukturasini Jahon soliq siyosati va boshqaruvi markazi (OECD) ko‘rsatgichlari bilan taqqoslangan holati45
Quyida biz rivojlangan mamlakat hisoblangan Yaponiya tajribasidan foydalanish yo‘nalishlarini ko‘rib chiqishimiz mumkin46:
-Yaponiyadagi oqilona bujet-soliq siyosati ushbu davlat uchun ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishiga yordam beradi, tadbirkorlikni rivojlantirishni rag`batlantiradi hamda iqtisodiyotga faol investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. Buning natijasida esa, qulay investitsiya muhiti, tadbirkorlik sub`yektlari uchun teng mehnat sharoitlari ijtimoiy reishlab chiqarish jarayonini sezilarli darajada jonlantirishi hamda jamiyat ehtiyojlarini to‘la qondirilishini ta`minlaydi.
-Yaponiyada fiskal siyosati, shuningdek, tegishli mablag`lardagi mablag`larning konsentratsiyasiga va ularni iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishga, noishlab chiqarish sohasini rivojlantirishga hamda ijtimoiy muammo va masalalarni hal qilishga yordam beradi. Shuning uchun Yaponiyada olib borilayotgan fiskal siyosatidagi tendensiyalar va istiqbollarni o‘rganish hamda o‘rnak olish bugungi kunda muhim tavsiya hisoblanadi.
-Hozirgi davrda amaldagi fiskal siyosati tajriba almashinishga juda qo‘l keladi. Sababi bu siyosat davlat budjetini manipulatsiya qilishdir. Ya`ni bunda iqtisodiy o‘sishni rag`batlantirish, bandlikni oshirish, inflatsiya yukini kamaytirish va iqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida davlat chiqimlari, daromadlar va soliqqa tortish kabi unsurlar kiradi. Bu narsa esa budjet-soliq siyosatining barcha shakllarini-budjet, soliq, daromad, xarajatlat siyosatini birlashtiradi.
-Yaponiya davlati budjeti ishlashining maxsus shakllari- daromadlar va xarajatlar orqali amalga oshirsa bo‘ladi hamda ularning davlat qo‘lida joylashgan ijtimoiy mahsulot qiymatini qayta taqsimlashning navbatdagi bosqichlarini ifodalaydi.
- Daromadlar hozirgi davrda Yaponiya iqtisodiyatida eng ko‘p qismi soliqdan tushumlar orqali keladi hamda bu uning moliyaviy bazasi hisoblanadi. Yaponiyadagi defiysitga sabab bo‘layotgan xarajatlarning en katta ulushi esa bu ijtimoiy himoyaga sarflanayotganligidir hamda ijtimoiy ehtijoylarni qondirishga xizmat qilayotganligidir. Budjet daromadlari yaponiya davlatini budjet jamg`armasini shakllantirish jarayonida davlatning korxonalar, tashkilotlar va fuqarolar bilan iqtisodiy munosabatlarini anglatadi.
- Fiskal siyosati Yaponiya hukumatining davlat budjeti daromadlari yoki xarajatlari hajmini o‘zgartirish orqali iqtisodiyotni borqarorlashtirishga ta`sirini ko‘rish chorasidir. shuning uchun ham Yaponiyada budjet-soliq siyosati ya`ni fiskal siyosati bandlikni ta`minlashga va inflatsiyasiz YaIM ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini, soliqlar va davlat budjetini o‘zgartirish bo‘yicha davlat chora-tadbirlari hamdir.
-Yaponiyada hizrgi kunda olib borilayotgan fiskal siyosatining madsaqlari47:
1) Fuqaolarning daromadlarini tenglashtirishni ta`minlash;
2) Ijimoi ahamiyatli sektorlarni subsidiyalar va investitsiyalar bilan ta`minlash;
3) Kichik biznesni rag`batlantirish;
4) Aniq eksport;
5) Iqtisodiyotni barqarolashtirish;
6) Ichki bozorga kirishni cheklash;
7) Bandlikni oshirish;
8) Inflatsiyani pasaytirish;
9) Aholi farovonligini oshirishdan iboratdir.
- Yaponiyada budjet-soliq siyosati davlat xarajatlari va soliqlar miqdorini, ya`ni yalpi talab va yalpi takliflarining davlat budjetini manipulatsiya qilish yo‘li bilan istalmagan siljishlarini tartibga solishga va oldini olishga qaratilgan. Yalpi shakldagi talabning ma’lum vaqt davomida mamlakat miqyosida jami sotib olingan tovarlar va xizmatlar qiymatidir. Iqtisodiy muvozanat yalpi talab va yalpi taklifning tengligini taqozo qilsa ham, amaliyotda ularning nisbati o‘rtasidagi o‘zgarishning mumkin bo‘lgan turli xil muqobil variantlari mavjud bo‘ladi. Xususan48:
· Yalpi shakldagi talabning o‘sishi. Ishlab chiqarish hajmi, milliy daromad va baholarning ortishi bilan birga boradi;
· Yalpi shakldagi talabning kamayishi. Ishlab chiqarish hajmi, milliy daromad va baholarning tushishi bilan;
· Yalpi shakldagi taklifning o‘sishi. Ishlab chiqarish hajmining ortishi bilan birga boradi va baholarning kamayishini keltirib chiqaradi;
· Yalpi shaklfdagi takliflarning tushishi va shunga mos ravishda ishlab chiqarishningkamayishi, baholarning ortishiga olib keladi.
-Yaponiyada fiskal soliq siyosati strategic va taktik maqsadlar uchun ko‘zlangan.
Bu maqsadlar qaysi davrni qamrab olsa ya`ni uzoq yoki qisqaligi jihatdan, o‘sha davrning natijasi aynan shu maqsadga bog`lanadi. Uzoq vaqt davomida budjet-soliq siyosatining strategik maqsadlari amalda o‘z tastig`ini topadi.quyida strategic maqsadlarga misollar: barqaror iqtisodiy o‘sishni ta`minlash, tarkibiy o‘zgarishlarni rag`batlantirish, ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlantirish, eksport hajmini oshirish va boshqalar. Qisqa vaqtlik taktik maqsadlar esa, qoida sifatida, strategik vazifalarni hal qilishga xizmat qiladi va fiskal siyosati qamrab olgan vaqt mobaynida yoki cheklangan sohalardagi jarayonlarga ta`sirini ko‘rsatadi. Masalan, aholi daromadlarini tenglashtirishga erishish uchun ijtimoiy to‘lovlar kompleksini amalga oshirish, past daromadlarga soliq stavkalarini yanada pasaytirish va ular uchun soliq imtiyozlarini mavjudligi. Iqtisodiy rivojlanishning fiskal siyosati davomida strategik va taktik madsadlarini inobatga olgan holda, hukumat ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni rivojlantirmoqchi va yangi texnalogiyalarni joriy etish maqsadida bo‘lgan korxonalar uchun, masalan, kichik biznes sub`yektlari, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarning ijtimoiy maqsadi bo‘lgan sohalar uchun qulay bo‘lgan soliq tartibini amalga oshiradi. Aksincha, soliqlarning sezilarli darajada ko‘tarilishi nafaqat cheklash, balki har qanday tadbirkorlik faoliyatini ham inqirozga yuzlashtirishi va bema`no qilib qo‘yishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |